Sirtqi fakultet



Download 101,22 Kb.
bet3/3
Sana04.03.2022
Hajmi101,22 Kb.
#482677
1   2   3
Bog'liq
Мустакил иш. (Эссе)

Ustunliklari

Kamchiliklari

Yuqori daromad olib kelishi mumkinligi

Riskning yuqoriligi

Raqamli iqtisodiyot, sun’iy intel-
lektdan keng foydalanish imkoniyati

Moliyalashtirish manbaini topish
qiyinligi

Safarbarlik yuqori

Natijaning noaniqligi

Kichik korxonalarga xos ustunliklar

Kichik korxonalarga xos kamchiliklar

Dastlabki paytda mahsulotning yagona- ligi uni bozorda о‘ziga xos о‘rin egallashiga yordam beradi.

Keyinchalik monopolist mavqeigaega bо‘lishi raqobatni cheklashga olib kelishi
mumkin.

Ish bilan bandlikni ta’minlash, о‘z-о‘zini band qilish va boshqalar

Hajmining kichikligi va boshqalar

Hozirda startap yaratuvchilarning ham, investorlar, biznesmenlarning ham startapga nisbatan qiziqishlari ortib borayapti. Vaholanki, real hayotda 10% atrofida startaplar rivojlanib, qо‘ygan maqsadlariga erishadilar. Shu bilan birga jahon tajribasi kichik korxonalar katta korxonalarga qaraganda 4 barobar kо‘p innovatsiya, g‘oyalar yaratishi yoki ilmiy tadqiqotga sarflangan har bir dollarga kichik innovatsion korxonalar katta korxonalarga qaraganda 2,5 barobar kо‘p mahsulot yaratishini kо‘rsatmoqda.
Jahon tajribasi startaplar mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotida naqadar katta rol о‘ynashini AQSH, Yevropa, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning qator kompaniyalari misolida kо‘rish mumkin.
Ma’lumki, Amerikalik olim Raymond Vernon tomonidan mahsulotning hayotiy sikli modeli ishlab chiqilgan. Startap tadqiqotchilari ham uni mahsulotning hayotiy sikliga о‘xshash vujudga kelib rivojlanish jarayonini 5 bosqichga bо‘lishadi.
1. Startapning vujudga kelish Pre-Seed stage – bosqichi.
Bu bosqichda qidirib topilgan g‘oya, aniq maqsad va vazifaga aylantiriladi. Bozorni о‘rganish, yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish, g‘oyani amalga oshirishning texnik usullarini ishlab chiqish, biznes-reja tuzish kabilar amalga oshiriladi. Mahsulotning namunaviy nusxasi yaratiladi va sinovdan о‘tkaziladi. Unga talab о‘rganiladi va moliyalatirish manbai qidiriladi. Investor topilmasa u loyihaligicha qoladi. Afsus aksari startaplarda ana shu hodisa yuz beradi.
2. Startapni ishga tushirish Startup Stage – bosqichi.
Investor topilgach, mahsulotni bozor uchun chiqarishni boshlash mumkin. Bunda eng muhimi – analog mahsulotlar orasida u boshqalardan ustunligini namoyish etishi kerak. Raqobatchilarni yengish oson emas. Aynan mana shu bosqichda komanda – startap ishtirokchilari qat’iyat, ijodkorlik, ishbilarmonliklarini namoyish etishlari kerak. Chunki, aynan mana shu bosqichda risk eng yuqori bо‘lib, uning natijasiga kо‘ra startap ish faoliyatini davom ettirishi yoki aksincha, tо‘xtatishi mumkin.
3. О‘sish Growth Stage – bosqichi.
Ikkinchi bosqichni muvaffaqiyatli bosib о‘tgan startaplar uchinchi bosqichga о‘tadi. Mahsulotga talab bor. Loyiha ishtirokchilari bozorning boshqalar egallamagan qismini egallashdi. Mahsulotni ishlab chiqarish miqdori ortib, xarajatlarni qoplash nuqtasini bosib о‘tiladi va u ma’lum darajada foyda keltirishni boshlaydi.
4. Kengayish Expansion Stage – bosqichi.
Nihoyat biznes-rejadagi maqsadlarga erishildi. Uning egallagan pozitsiyalariga hech nima tahdid qilmaydi. U taniqli, uning mahsulotiga barqaror talab bor. Daromadi о‘sib bormoqda. Bu bilan loyihani yaratgan kompaniya о‘z ishini tо‘xtatmaydi. U yangi bozorlarni zabt etish uchun о‘z harakatini davom ettiradi.
5. Chiqish Exit Stage – bosqichi.
Kompaniya rivojlanishining eng yuqori darajasiga yetganda loyihani moliyalashtirgan investorlar о‘z ulushlaridan voz kechib, uni yirik о‘yinchilarga sotadilar. Bu ularga yaxshigina daromad keltiradi. Aytish mumkinki, aynan ana shu maqsadga erishish uchun istiqbolli ishni boshlanishida pul tikishgan. Ammo ayrim investorlar о‘z ulushini saqlab qolib, undan doimiy daromad manbai sifatida foydalanadilar.
Bu jarayonni mana bu misolda kо‘rish mumkin. “Tetris” elektron о‘yinini Rossiya fanlar akademiyasi Hisoblash markazining dasturchisi Pajitnov yaratgan. Bu unga shaxsan 15 ming dollar olib kelgan. Hisoblash markazi о‘yinni tarqatish, foydalanish huquqini "Nimtanda"ga 4 mln. dollarga sotgan. Buni orqasidan firma 1 mlrd. dollardan ortiq pul ishlagan.
Startap g‘oyasining muallifi ham uni amalga oshirish uchun yordam bergan investor ham uning moliyaviy muvaffaqiyatidan manfaatdor.
Startapni ishlab chiquvchilarning manfaati. Startapni ishlab chiqib, о‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq etish orqali muvaffaqiyatga erishish, ularning ishini boshqalar tomonidan tan olinishii, ma’lum bir jamoalar doirasida mashhur bо‘lish, nom qozonish, mehnatlariga muvofiq raishda taqdirlanishiga umid qilishadi. Iqtisodchilarning fikriga kо‘ra, odatda bu startap qiymatining 5-10 %ini tashkil etadi.
Investorning manfaati. U birinchi navbatda kapitalini kо‘paytirishni kо‘zlaydi. Buning uchun ikki yо‘l: rivojlanishiga umid qilinayotgan biznesga pul tikib, u rivojlanib katta qiymatga ega bо‘lgach, uni butunlay sotish yoki udushini saqlab qolib, passiv daromad olish.
G‘alaba qо‘lga kiritilgach har ikkisi ham mukofotlanadi. Albatta bunda investor kо‘proq risk qiladi. Muvofiq ravishda foydadagi ulushi ham yuqori bо‘ladi.
Shunday qilib, startap deganda, bizningcha, о‘zining innovatsion g‘oyasiga ega, uni amalga oshirish tufayli qо‘ygan maqsadiga erishishga umid qilib, bor imkoniyatini ishga solib, faoliyat yuritayotgan “mitti” yoki kichik kompaniya (jamoa (komanda) desa ham bо‘ladi) nazarda tutiladi.
Startaplarni moliyalashtirish manbalari turli-tuman bо‘lib, ularni uch guruhga bо‘lish mumkin:
1. Davlat tomonidan moliyalashtirish. Unga byudjet mablag‘lari, turli moliyaviy institutlar mablag‘lari kiradi.
2. Korporativ (institusional) moliyalashtirish. Ularga venchur investitsion fondlar, sug‘urta kompaniyalari, tijorat banklari va boshqa nobank kredit tashkilotlari kiradi.
3. Xususiy investorlar. Bunga biznes – “farishta”lar (Business angels), norasmiy investorlar, sohada professional bо‘lmagan investorlar va boshqalar.
Professional bо‘lmagan investorlar guruhini ikkiga bо‘lish mumkin:
1) xususiiy investorlar -3 F (Family, Friends, Fools – oila, dо‘stlar, soddadillar (gо‘llar), loyihani yaratishning boshlang‘ich bosqichida о‘z shaxsiy jamg‘armalari, mablag‘larini sarflaydiganlar.
2) kraudinvestorlar – xusuiy investorlar guruhi, jumladan noprofessional, maxsus internet platformalari orqali yangi loyihalarga pul tikishga tayyor erkin jismoniy shaxslar.
Hozirgi kunda moliyalashtirishning yangi manbasi-vositasi kraudfanding (crowd – olomon, omma, funding -moliyalashtirish) vujudga keldi. Ular odamlarni jamoaga birlashib ixtiyoriy ravishda о‘z pullari yoki boshqa resurslarini birlashtirib, odatda kо‘pincha Internet orqali boshqalarni harakatlari, faoliyatlarini qо‘llab quvvatlashi, hamkorlik qilishlarida namoyon bо‘ladi. Ular ayniqsa startapning birinchi bosqichida hamkorlik qilishlari bilan о‘zlarini tо‘laqonli moliyaviy mexanizm ekanliklarini kо‘rsatishdi.
Shuning uchun ham biznss-inkubator, texnopark va akseleratorlar bu muammoni hal etishning asosiy yechimi hisoblanadilar va bu vazifani davlat va universitetlar о‘z zimmalariga olishgan.
Davlat startaplarning rivojlanishi uchun institusional muhit, jumladan, huquqiy-meyoriy asoslarini yaratish bilan birgalikda moliyaviy jihatdan qо‘llab-quvvatlashni tashkil etsa, biznss-inkubator, texnopark va akseleratorlar ularni bevosita amalga oshirishga yordam beradilar.
Bizning fikrimizcha, hozirgi kunda respublikamizda ayniqsa biznes inkubatorlar yaratish muhim axamiyatga ega. Chunki startap yaratuvchilarning aksariyati oliy ta’lim tizimidagi yoshlardir. Universitetlarda tashkil etilgan biznes inkubatorlar iqtidorli talabalarning о‘z g‘oyalarini ustozlar va mentorlar2 yordamida real loyihalarga aylantiradilar. Ularning eng muhim maqsadi faqat ekotizim-startaplarni tushunish, anglab yetish emas, balki о‘z g‘oyalari asosida startap yaratish va ulardan iqtisodiy foyda olish imkoniyatiga ega bо‘lish va kelgusida ham bu faoliyatni davom ettirishga yо‘naltirishdir.
Bugungi kunda bunday markazlar Toshkentdagi Turin politexnika universitetida, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filialida, Tashkent davlat iqtisodiyot universitetida, Toshkentdagi Inxa va Amiti universitetlarida, Toshkent moliya instituti va boshqa oliy о‘quv yurtlarida ish boshladi. Ularda startap-loyihalar qabul qilish boshlandi. Boshqa qator oliy о‘quv yurtlari ham biznes- inkubatorlar ochish taraddudida.



  1. Xulosa

Startaplar jahon iqtisodiyotining rivojdanishiga katta ta’sir kо‘rsatishini tajribada tasdiqlandi. Qaysi mamlakat startaplarni yaratish, qо‘llab-quvvatlash uchun sharoit, institusional muhit yaratsa, shu mamlakat iqtisodiyoti jahonda yetakchi rol о‘ynaydi.
Startaplar qator о‘ziga xos jihatlari bilan kichik biznesdan katta farq qiladi. О‘ziga xos ustunliklari va kamchiliklari bor. О‘tkazilgan sо‘rovnomalar yoshlarimizning kо‘pchiligida startaplar haqida tushuncha yо‘qligini kо‘rsatadi. Ularda startap haqida aniq fikr shakllanishi uchun faqat loyiha tayyorlaganlar orasidagina trening о‘tkazmay, oliy ta’lim tizimida barcha yoshlar uchun startaplar haqida ma’ruzalar о‘qish, ilmiy maqolalar chop etish kerak. Iqtisodyot fani dasturiga maxsus mavzu qо‘shish maqsadga muvofiq.
Startaplar va ularning faoliyatini tо‘laroq о‘rganish, tahlil qilish uchun statistik ma’lumotlar yetishmaydi. Buning uchun umumiy ma’lumotlar hamda muvaffaqiyatga erishgan kompaniyalar, masalan, IMAN kompaniyasiga о‘xshagan startaplar haqida xulosa chiqarish uchun batafsil statistik ma’lumot, iqtisodiy kо‘rsatkichlarni о‘rganish, buning uchun ma’lumotlar bazasini yaratish zarur.
Bozorni va boshqa mamlakatlar tajribasini о‘rganish asosida aynan aholi talabiga mos, ya’ni bozordagi jiddiy muammoni hal etishi zarur uning muammosini yechadigan mahsulot ishlab chiqarish, xizmat kо‘rsatishga, yangi texnik yechimlarga qaratilgan ilmiy-texnik startaplar ustida ishlash kerak.
Download 101,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish