Toshkent shahar statistika boshqarmasining huquqlari va javobgarligi
Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar, funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hududdagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, banklardan, boshqa yuridik shaxslardan (zarur hollarda – ularning vakolatxonalari va filiallaridan) davlat statistika hisobotini belgilangan tartibda olish hamda undan statistika maqsadlarida foydalanish;
Hududdagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, davlat tashkilotlaridan davlat statistika ishlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni (ularni ishlab chiqishning istalgan bosqichida), shuningdek ularga ilova qilinadigan tushuntirishlarni so‘rash va olish;
Hududdagi yuridik shaxslarni va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlardan, shuningdek yuridik shaxslar to‘g'risidagi ma'lumotlarning registrlari va axborot bazalarini shakllantiruvchi va yurituvchi davlat organlari va ularning idoraviy mansub tashkilotlaridan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va faollashtirish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni olish;
Hududdagi yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining davlat statistika kuzatuvlarini Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shakllar va metodologiya bo‘yicha olib borish va olingan ma’lumotlardan statistika maqsadlarida foydalanish;
davlat statistika kuzatuvlarining metodologiyasi va tashkil etilishi, shuningdek rasmiy statistika axborotlari bilan bog'liq masalalar bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlarini olib borish;
rasmiy statistik ma'lumotlardan noto‘g'ri foydalanish va talqin qilish holatlarini ko‘rib chiqish, ular bo‘yicha tushuntirishlar berish;
barcha yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan rasmiy statistika sohasidagi qonun hujjatlarining bajarilishini qonun hujjatlariga muvofiq nazorat qilish;
olinayotgan statistika ma'lumotlarining to‘liqligi, ishonchliligi va xolisonaligini ekspertizadan o‘tkazish;
davlat statistika ma'lumotlarida buzilishlar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish va Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan holda hudud bo‘yicha yig'ma davlat statistika ma'lumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish;
davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq ma'muriy jazo choralari ko‘rish;
davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga qo‘llaniladigan ma'muriy jarimalardan tushumlar hisobiga Davlat statistika qo‘mitasining maxsus jamg'armasini shakllantirishda ishtirok etish va undan belgilangan tartibda foydalanish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Boshqarma tarkibiy bo‘linmalari hamda tuman (shahar) statistika bo‘limlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish ishlarini amalga oshirish, ular to‘g'risidagi nizomlarni tasdiqlash;
Davlat statistika qo‘mitasi topshirig‘iga ko‘ra davlat statistika kuzatuvlarini olib borish uchun shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslarni jalb etish;
- o‘z vakolati doirasida kengash va ekspert organlari (kengashlar, komissiyalar, guruhlar) tuzish;
- Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan holda statistika masalalari bo‘yicha xalqaro seminarlar va kengashlar ishida qatnashish;
- shartnoma asosida statistik, tahliliy, axborot xizmatlari va Davlat statistika ishlari dasturidan tashqari boshqa xizmatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rsatish;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hududdagi statistika organlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, rag'batlantirish, mukofotlash va rag'batlantirishning boshqa turlarini amalga oshirish;
- Davlat statistika qo‘mitasi topshirig'iga ko‘ra alohida vazifalarni bajarish uchun funktsional bo‘linmalar tashkil qilish.
Boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Boshqarma, zarurat bo‘lganda, boshqa davlat organlari va idoralar bilan birga qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilishi mumkin.
Boshqarma va uning mansabdor shaxslari ularga yuklangan vazifalar va funktsiyalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Boshqarmaning mansabdor shaxslari harakatlari ustidan shikoyat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Boshqarma rahbarlari va xodimlari rasmiy statistika sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik, tarqatilishi cheklangan statistik ma'lumotlar, statistik axborotlar va (yoki) ma’lumotlar bazasini yo‘qotganlik, sotganlik, berganlik va boshqa noqonuniy oshkor etganlik uchun, shuningdek statistika ma'lumotlarini yashirganlik va buzib ko‘rsatganlik uchun, yoxud ko‘rsatib o‘tilgan huquqqa zid qilmishlarga ko‘maklashganlik uchun qonunga muvofiq javob beradi.Toshkent shahar statistika boshqarmasi quyidagi vakolatlarga ega:
- Davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil qilishning samarali tizimini ta’minlash, davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirish va funksional tartibga solishni amalga oshirish;
- xalqaro standartlarga mos yagona statistik metodologiyani va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish;
- ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi statistik axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nashr qilish;
- davlat organlari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholini statistika axborotlari bilan belgilangan tartibda ta’minlash;
- korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri va statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalarni yuritish;
- Davlat statistikasi tizimining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarga respublikaning rivojlanishini to‘liq tavsiflovchi va iqtisodiyotning tarmoq va sohalari rivojlanishidagi, shuningdek aholi turmush darajasidagi sifatiy o‘zgarishlarni ochib beruvchi ko‘rsatkichlardan erkin foydalanish imkonini ta’minlash;
- Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati va uning tarkibiy bo‘linmalari ishining shakli va usullarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob qaytarilishini ta’minlash, xodimlarning yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun mas’uliyatini oshirish;
- boshqa rasmiy statistika ishlab chiqaruvchilarning statistika metodologiyalarini xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan auditdan o‘tkazish va audit natijalariga ko‘ra, vazirlik va idoralarga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
- kuzatuvlarni o‘tkazish, rasmiy statistika materiallarini shakllantirish va tahlillarni amalga oshirish maqsadida vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan o‘zaro elektron bog‘lanish.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, statistikaning umumiy nazariyasi ommaviy hodisalarni statistik o’rganishning umumiy tamoyillarini va metodlarini yaratish bilan shug’ullanadi. Ijtimoiy statistika aholining turmush tarzini va boshqa sotsial munosabatlarni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimini shakllantirish bilan shug’ullanadi. Statistika ma’lum sohalardagi ishlarning holati to‘g‘risida ma’lumot berish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun zarur bo‘lgan katta miqdordagi ma'lumotlarni tuzishga imkon beradi. Shunday qilib, u investorlar uchun muhim rol o‘ynaydi, chunki bu davlatlar iqtisodiyotining o‘sish dinamikasini kuzatish imkonini beradi. Statistik ma’lumotlar ham fuqarolar va hokimiyatni qiziqtiradi, ularga mamlakatdagi jarayonlar: demografik o‘sish yoki inqiroz, farovonlikning oshishi yoki uning pasayishida muhim ahamiyatga ega.
Statistika bu hodisa va jarayonlarning miqdoriy oʻzgarishlarini yigʻish, oʻlchash va bu maʼlumotlarni tahlil qilish boʻyicha turli ilmiy fanlar – matematika, fizika, iqtisod boʻyicha bilimlarni oʻz ichiga olgan keng bilim sohasi. Ushbu bog‘liq fanlarning barchasida statistika rivojlanish naqshlarini ochib beradi jarayonlar, to'plangan statistik tahlilga asoslangan ob’ektlarning xatti-harakati ma’lumotlar.
Ma’lumki, har bir davrda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda ta’limning mazmuni va unga qo‘yiladigan talablar tubdan o‘zgarib boradi, o‘z navbatida bozor iqtisodiyoti hayotimizda tobora keng ko‘lam olayotgan sharoitda kelajakda iqtisodchi kadrlar ko‘p qirrali bilimga ega, chuqur mushohada va mulohaza asosida qarorlar, farmonlari va qonunlari qabul qilishga qodir yuqori malakali mutaxassis bo‘lishi shart. Negaki, mavjud resurslardan maqbul darajada foydalanish hamda iqtisodiy o’sishga zarur shart-sharoitlar yaratish uchun iqtisodchi kadrlar, avvalo, bozor iqtisodiyoti jarayonlarini tahlil etishni, iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilishi, iqtisodiy jihatdan turli xulosalar chiqarib, ularning to‘g‘ri va asosli ekanligini isbotlab bera olishi uchun ushbu amaliyotda olgan bilim va ko‘nikmalar muhim ahamiyatga ega deb hisoblayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |