Toshkent shahar statistika boshqarmasining faoliyatini tashkil etish
Toshkent shahar statistika boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining yagona tizimiga kiruvchi hududiy davlat statistika organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida Davlat statistika qo‘mitasiga bo‘ysunadi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 24-dekabrdagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-3183-sonli farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g’risida”gi 8-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi yagona tizimi tarkibidagi hududiy davlat statistika organi hisoblanadi. Boshqarma davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, fuqarolar va tashkilotlarning rasmiy statistik ma’lumotlarga bo‘lgan talabini qondiruvchi, yaxlit progressiv statistik axborot tizimining faoliyatini ta’minlovchi davlat statistikasi sohasidagi yagona siyosatni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tizimining tuzilmasi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika
qo‘mitasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,viloyatlar vaToshkent
shahar statistika boshqarmalari
Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi
Tuman (shahar)lar statistika bo’limlari
O‘zbekistonRespublikasiPrezidentining2002yil24dekabrdagiUP-3183-sonli«O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoniga binoan Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tugatilib, uning negizida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tashkil qilindi. Ushbu farmonga binoan statistika idoralari zimmasiga quyidagi vazifalarni hal qilish yuklatiladi:
statistika sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, zamonaviy xalqaro talablar va andozalarga mos keladigan statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta’minlash;
ilmiyasoslangan, bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillariga javob beradigan, milliy hisoblar tuzishni ta’minlaydigan hamda xalqaro statistika andozalariga muvofiq bo‘lgan yagona statistika metodologiyasi va ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqib, tadbiq etish;
statistika va hisobot ko‘rsatkichlarining tezkorligi, ishonchliligi va xolisligini ta’minlash, statistika axborotini olish bemalolligi, uning ochiqligi va oshkoraligini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
statistika axborotini yig’ish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaydigan statistika ishlarini tashkil qilish tizimini yaratish;
statistika organlarini zamonaviylashtirish hamda ularni statistik axborotlarni tezkor uzatish va qayta ishlashni ta’minlaydigan zamonaviy kompyuter hamdaaxborot-kommunikatsiya tizimlari va texnologiyalari bilan qayta jihozlash,statistika bo‘yicha yagona axborot tizimini yanada rivojlantirish;
korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registrini, iqtisodiy-statistik klassifikatorlar tizimini yuritish.
Ushbu Farmonning 7 bandida statistika idoralariga statistika axborotlarining xaqqoniyligini ta’minlash borasida katta vakolatlar berilgan: «Belgilab qo‘yilsinki, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot (ishlar,xizmatlar) hajmlarining sun’iy ravishda kamaytirilishiga, korxonalar faoliyatiga noxolis baho berilishiga, pul mablag’larining bankdan tashqari noqonuniy aylanishiga olib keladigan noto‘g’ri statistik hisobotni taqdim etishda, statistika ma’lumotlarini yashirishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar qonunga muvofiq qattiq javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar».
2003 yilning 8 yanvarida Vazirlar Mahkamasining 8-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g’risida»gi qarori qabul qilinib, unda respublika Davlat statistika qo‘mitasi tizimining tuzilmasi, markaziy apparatining tashkiliy tuzilmasi, qo‘mita to‘g’risidagi Nizom, maxsus jamg’arma to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlanib, Davlat statistika qo‘mitasi huzurida davlat statistikasini rivojlantirish, uning faoliyat ko‘rsatishi va uni muvofiqlashtirish muammolari bo‘yicha kollegial maslahat organi tashkil etilishi belgilab qo‘yilgan.
Statistika boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarma), shuningdek, tumanlar (shaharlar) statistika bo‘limlari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildirlar va bevosita Davlat statistika qo‘mitasiga bo‘ysunadi.
Boshqarma statistika ishlarini tashkil etishni quyidagi tamoyillar asosida ta’minlaydi:
• ishonchlilik, xolislik, beg‘arazlik;
• dolzarblik, qiyosiylik va barqarorlik;
• qulaylik, ochiq-oydinlik va oshkoralik;
• statistika ma’lumotlarini yig ‘ish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashishni istisno etish.
Hududda joylashgan tuman (shahar) statistika bo‘limlari hududiy boshqarmaning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi.
Hududiy boshqarma mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik shaxslar va fuqarolarning rasmiy statistika axborotiga bo‘lgan ehtiyojini qondiruvchi, yaxlit ilg‘or statistika axboroti tizimining faoliyat ko‘rsatishiga yo‘naltirilgan rasmiy statistika sohasidagi yagona siyosatni amalga oshirishda ishtirok etadi.
Hududiy boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, Davlat statistika qo‘mitasining buyruqlari, qarorlari, topshiriqlari va ko‘rsatmalariga, Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Boshqarma o‘z faoliyatini boshqa mahalliy davlat organlari va yuridik shaxslar bilan o‘zaro hamkorlikda, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda amalga oshiradi.
Ko‘p yillar davomida statistik ma’lumotlarni shakllantirishda asosiy manba-xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar taqdim qiladigan hisobot bo‘lib keldi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa iqtisodiy voqea va jarayonlarni tezkorlik bilan kuzatib boorish maqsadida endi, qonunda aks ettirilganidek, statistika organlari ushbu o‘zgarishlar to‘g’risidagi ma’lumotlarni qay yo‘sinda olish kerakligini mustaqil tarzda hal qiladilar. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda vaqt va moliyaviy resurslarni tejash maqsadida ko‘pgina statistik ma’lumotlar tanlab kuzatish orqaliolindi. Natijada, birinchidan, statistika ishlari uchun davlat byudjetidan ajratiladigan moliyaviy resurslardan samarali foydalanish imkoniyati yaratilib, bajarilayotgan ish hajmini qisqartirish orqali ortiqcha hisobot turlarini bartaraf qilish bilan hisobot turlarini, masalan 10 tadan 3 yoki 4 tagacha qisqartirish imkoniyati tug’iladi. Ikkinchidan tanlab kuzatish dasturini kengaytirish natijasida keng qamrovli va sifatli statistic ma’lumotlar to‘plash mumkin bo‘ladi.
Boshqarma o‘z faoliyatini har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturiga asosan Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturiga muvofiq tashkil qiladi.
Boshqarma va hududdagi tuman (shahar) statistika bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda statistika organlari deb ataladi) qonuniy faoliyatiga davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari va ularning mansabdor shaxslarining har qanday aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi yozilgan blank va muhrga, mustaqil balansga, bankdagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
Boshqarmaning faoliyati O‘zbekiston Respubilkasining “Davlat statistikasi to‘g’risida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturi, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlarini ishlab chiqish dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risida nizom, mazkur Nizom Davlat statistika qo‘mitasi raisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasining ish rejalari, Boshqarmaning ish rejalari va Boshqarma xodimlarining funksional vazifalari asosida tashkil etiladi.
Boshqarmaning ish rejasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat statistika qo‘mitasining ish rejalari asosida shakllantirilladi va raisning ijtimoiy statistika bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Xodimlarning funksoinal vazifalari boshqarma boshlig‘i tomonidan bo‘linmaga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda tayyorlanadi va raisning ijtimoiy statistika bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Boshqarma o‘z ichiga quyidagi bo‘limlarni oladi:
Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlar bo‘limi;
Narx statistikasi bo‘limi;
Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi;
Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi;
Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi;
Sanoat statistikasi bo‘limi;
Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi;
Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi;
Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi.
Boshqarmaning mol-mulkini asosiy vositalar va aylanma mablag‘lar, shuningdek qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklar tashkil etadi.
Boshqarmani moliyalashtirish va uning moddiy-texnika taʼminoti Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan amalga oshirilgan statistika ishlari uchun haq to‘lash, Boshqarma tomonidan Davlat statistika qo‘mitasiga har oyda taqdim etiladigan bajarilgan ishlar dalolatnomalari asosida O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobiga Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan taʼminlanadi.
Davlat statistika ishlari dasturiga kiritilmagan va ularni ishlab chiqishga qo‘shimcha xarajatlar talab qilinadigan qo‘shimcha statistika ishlariga haq to‘lash buyurtmachilar mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Boshqarma tomonidan olingan foyda, amortizatsiya ajratmalari, shuningdek boshqa tushumlar uning ixtiyorida qoladi hamda ulardan hudud statistika organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish, xodimlarning kasb mahoratini, o‘z lavozim vazifalarini sifatli bajarganligini, ijodiy faolligini va tashabbuskorligini rag‘batlantirish uchun belgilangan tartibda foydalaniladi.
Boshqarma Davlat statistika ishlari dasturini bajarish doirasida ajratilgan mablag‘larning va o‘z ishlarining boshqa natijalarining tezkor va buxgalteriya hisobini “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonun va Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq amalga oshiradi, statistika hisobotini yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |