AT “Agrobank” To’rtko’l filialining tashkiliy tuzilmasi
Bankning yuksak vazifasi - o'z mijozlariga ularning bizneslari talablariga javob beruvchi keng qamrovli bank xizmatlarini professional darajada taqdim etib, respublikada tadbirkorlikning mustahkamlanishiga ko'maklashish.Valyuta bo`limi eksport va import shartnomalar bo`yicha hisobini yuritadi va O`zbekiston Respublikasi Markaziy bank tomonidan belgilagan kurs bo`yicha ayirboshlash shahobchalarida valyutani sotish va sotib olishni nazoratini olib boradi.Aktiv va passivlarni boshqarish bo`limi biznes-rejani asosiy ko`rsatkichlarni tuzish va ularni bajarilishi nazoratini olib boradi.Iqtisodiy tahlil bo`limi bankning tahliliy qismi bilan shug`ullanadi. Bu bo`limda muommali kreditlar bo`yicha tashkil qilingan rezervlari monitoringini tuzadi, har bir berilgan kredit bo`yicha taxlilni olib boradi va tavakkalchilik darajasi bo`yicha xulosalarni beradi. Berilgan kreditni muammoli turiga aylanib ketishini oldini olish maqsadida kreditni turkumlashini, zayomchi va kafolat bergan tashkilotni moliya hisobotini tahlil qiladi. Shuningdek, mijozni bank oldida qarzdorligini pasaytirish maqsadida iqtisodiy samaradorligini aniqlash uchun bir marta berilgan kredit va faktoring operatsiyalar hisobini yuritadi. Qarzdorlikni bartaraf etish muammolari bo`yicha ishni yuritadi.Moliya bo`linmasi buxgalteriya tarkibiga kiradi. Bo`linmaning asosiy vazifalariga bankning xo`jalik mablag`lar holatini nazorati va tahlili kiradi. Tahlil natijasida yaxshilashga bo`lgan chora tadbirlarni o`tkazish, bankning rentabellikni va daromadini ko`tarish uchun metodik qo`llanma va tavsiyalarni berish, hamda muvoffiq balans raqamlarida amallarni to`g`ri aks ettirilish nazoratini olib borish bajariladi. Bank faoliyatining moliyaviy natijalari bo`yicha hisobotlarni shakllantirish xam kiradi.
«Agrobank» ATB QQR To’rtko’l fililalining faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarini o’rganish.
Respublikamiz bank tizimida korporativ boshqaruvning isloh etish borasida bir qator qonun hujjatlari qabul qilingan bo’lib, dastlab mamlakatimizda aktsiyadorlik jamiyatlariga asoslangan barcha tashkilot va korxonalarda korporativ boshqaruv munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan muhim hujjatlaridan biri sifatida O’zbekiston Respublikasida 1996 yil 26 apreldagi «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida» qonuni keltirish mumkin.Aynan shu qonun bilan bir paytda mamlakatimizda 1996 yil 25 aprelda «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonun ham qabul qilingan. Mazkur qonunda ilk bor banklarning korporativ boshqaruvga bag’ishlangan modda o’rin olgan. Ushbu qonunning 22-moddasiga ko’ra bankning boshqaruv organlari bo’lib, aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi, bank kengashi va boshqaruvi bankning boshqaruv organlari hisoblanadi. O’zbekiston Respblikasi Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini isloh qilishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi2000 yil 24 martdagi 104-sonli Qarorida tijorat banklarining Kengashlari va boshqaruvlariga:
-korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish, aktsiyadorlarning manfaatlarini himoya qilish uchun ta’sirchan shart-sharoitlar yaratish va banklarning kapitallashuvini mustahkamlash uchun banklarning ijro etuvchi organlari va ichki audit xizmatlari rahbarlarining kredit, investitsiya va operatsiya siyosatini amalga oshirishga doir hisobotlarini yilning har choragida eshitish;
- iqtisodiyotning real sektoriga kredit qo’yilmalari o’sishini, tavakkalchiliklarning oqilona diversifikatsiyasini, qisqa muddatli kredit resurslari bozorida operatsiyalardan yuqori daromadlar olinishini rag’batlantiruvchi bank kredit siyosatining asosiy yo’nalishlarini har yili ishlab chiqish va tasdiqlash;
Banklarda korporativ boshqaruv tashkil etish va uning asoslarini belgilab bergan alohida hujjat sifatida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000 yil 5 iyulda 943-son bilan ro’yxatga olingan «Tijorat banklarida korporativ boshqaruvi to’g’risida»gi Nizomi hisoblanadi. Ushbu nizomda «Korporativ boshqaruv» tushunchasiga ta’rif berilgan bo’lib, unga ko’ra tijorat banklarda korporativ boshqaruv deb, tijorat banki faoliyatini boshqarishda Kengash a’zolari va boshqa rahbar xodimlar tomonidan amalga oshiriladigan asosiy faoliyat hamda qoidalar majmuasi tushuniladi
Strategiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasi” hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi PQ-4071-sonli “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq holda bank-moliya sohasidagi islohotlarning yoʻnalishlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |