O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTET “IQTISODIYOT, BOSHQARUV, SOLIQLAR VA SUG’URTA” KAFEDRASI ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI BO‘YICHA TayyorladiМС- 60 guruhtalabasi Rahimova Madina Sheripbayevna Amaliyotrahbari: X.Shodmonov
H I S O B O T Hisobothimoyagatavsiyaqilindi(qilinmadi) Sana “”2022 y.Rahbarimzosi:
HisobotbahosiballKomissiyaa’zolari:
TOSHKENT-2022
REJA: KIRISH
«Agrobank» ATB QQR To’rtko’l fililalining iqtisodiy tansifi, hamda tashkiliy tuzulmasi bilan tanishish.
«Agrobank» ATB QQR To’rtko’l fililalining faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarini o’rganish.
«Agrobank» ATB QQR To’rtko’filiali xodimlari tarkibi, soni…
«Agrobank» ATB QQR To’rtko’l filialining ish faolyatida qo’llanilayotgan dasturiy ta’minotlar bilan tanishish, ularning funksiyalari va afzalliklarini o’rganish.
XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Men, “Sirtqi ” fakultet menejment yo’nalishi 4 kurs MS-60 guruh talabasi Rahimova Madina Sheripboyevna 2022 yilning 14 fevralidan 12 martigacha “Agrobank” ATB QQR To’rtko’l filialida amaliyot o`tadim. Ushbu amaliyot davri mobaynida bankning ichki tartib qoidalarini, nizomi, tashkiliy tuzilmasi, iqtisodiy tasnifi hamda bo`linmalarning funksiyalarini o`rgandim.Tanishuv amaliyot davomida o‘quv jarayonida olgan nazariy bilimlarimni chuqurlashtirish va mustahkamlash, hamda tanishuv amaliyoti hisobotini sifatli tayyorlash uchun zaruriy ma’lumotlarni to’pladim va tizimlashtirdim.Amaliyot davomida institut tomonidan berilgan dastur asosida har bir mavzuga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni va amaliy ma’lumotlarni o’rganib, ularning asosiylarini hisobotimga ilova qilmoqdaman. Tijorat banklarilining kapitali yetarligiga qo’yilgan talab bank kapitali hajmiga nisbatan yana zaxira kapitalning tashkil etilishi banklar ahvolini yanaga mushkul holatga solib qo’yadi. Bu holat jahon moliyaviy inqirozi natijasida yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib belgilanishi ko’zda tutilgan, lekin rivojlanayotgan banklar amaliyotining bu holatga tayyor emasligi ayrim muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, kreditlar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi. Bo‘sh mablag‘larni jalb qilib, ularni kredit sifatida tadbirkor va investorlarga taqdim etadigan tijorat banklarining iqtisodiy jarayonlardagi roli juda katta. Banklar oldiga mamlakatimiz kompaniyalarining tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha xalqaro andozalar darajasida xizmat ko‘rsata oladigan, O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni jalb etishga qodir bo‘lgan moliya muassasasi yaratish vazifasi qo‘yilgan. Bank bozor o‘zgartishlarini amalga oshirishda faol yetakchilik qilib kelmoqda. Loyihalarni moliyalash, universal tijorat, investitsiya va jamg‘arma banklari funksiyalarini eng maqbul tarzda uyg‘unlashtirib ishlayotgan O‘zmilliybank O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli kirib borishiga yordam bermoqda.Bank xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va eksport-import agentliklari ajratayotgan kredit yo‘nalishlaridan foydalanish maqsadida korporativ xizmatlar ko‘rstib, ular bilan aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash borasida aniq maqsadli siyosat yuritmoqda.Hozirgi kunda mamlakatlarda bank tizimi muhim ro’l o’ynamoqda.Albatta, bank tizimi rivojlangan mamlakatning o’zi ham rivojlangan bo’ladi.Bank tizimi mamlakatning iqtisodiyotini rivojlantirishga asosiy turtkilardan biri bo’ladi desak adashmagan bo’lamiz. Hozirgi kunda mamlakatimizda tadbirkorlikka katta e’tibor qaratilmoqda va tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bunda bank tizimi ham katta ro’l o’ynaydi ya’ni bank tizimini isloh qilish, rivojlantirish natijasida tadbirkorlarga keng imkoniyatlar beriladi.