Sirtqi fakultet “iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar va sug’urta” kafedrasi ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha


«Agrobank» ATB QQR To’rtko’l fililalining iqtisodiy tansifi, hamda tashkiliy tuzulmasi bilan tanishish



Download 98,88 Kb.
bet2/5
Sana11.07.2022
Hajmi98,88 Kb.
#776262
1   2   3   4   5
Bog'liq
Rahimova Madina xisobot

«Agrobank» ATB QQR To’rtko’l fililalining iqtisodiy tansifi, hamda tashkiliy tuzulmasi bilan tanishish.

O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligida iqtisodiy o`zgarishlarni chuqurlashtirish, paxtachilik va u bilan bog`liq bo`lgan tarmoqlariga bank xizmatlarini yaxshilash, ushbu sohada hisob-kitoblarning yangi shakllarni takomillashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 27 iyul 1995 yildagi 294 sonli qaroriga binoan Respublikaning AT “O`zagrosanoatbanki” asosida ixtisoslashgan AT “Paxtabank” tashkil qilindi. 30 mart 2009 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1084 sonli qarori bilan “Paxtabank” aktsiyadorlik tijorat banki “Agrobank” aktsiyadorlik tijorat banki etib qayta tashkil qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, “Agrobank” ATB ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati shaklida tashkil qilindi hamda mulkiy, moliyaviy va boshqa majburiyatlar bo`yicha, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag`lari saqlanishi va o`z vaqtida qaytarilishini kafolatlovchi talablar bo`yicha “Paxtabank” ATBning huquqiy vorisi hisoblanadi.Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o`zining muassasalariga ega bo`lib, Qoraqalpog`iston Respublikasi va 12 ta viloyat boshqarmasi, 183 ta tuman va shahar filiali, 271 ta minibanki, 198 ta maxsus kassasi, 187 ta shoxobchalari orqali 200 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,5 millionga yaqin jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko`rsatib kelmoqda. Agrobank o`z faoliyati davomida asosiy urg`uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo`sh pul mablag`larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog`i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko`paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan. 2010 yilda kichik biznesni qo`llab-quvvatlash uchun Islom hususiy sektorni rivojlantirish assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochildi va loyihalarni moliyalashtirish boshlandi.Agrobank va Osiyo Taraqqiyot Banki o`rtasida «Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich» loyihasi bo`yicha kredit shartnomasi imzolandi. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qo`llab-quvvatlash dasturiga kiritildi.«VISA International» xalqaro to`lov tizimiga a`zolikka o`tish bo`yicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsessing markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yo`lga qo`yildi.Agrobank Osiyo Tinch okeani qishloq va qishloq xo`jaligini kreditlash Assotsiatsiyasi hamda Qishloq xo`jaligi krediti Xalqaro Konfederatsiyasining teng huquqli a`zosi hisoblanadi. 2010 yilning iyun oyida Toshkentda Agrobank ishtirokida Osiyo - Tinch okeani mintaqasi Qishloq va qishloq xo`jaligini kreditlash assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining 17-yig`ilishi va Ijroiya qo`mitasining 58majlisi o`tkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xo`jaligini kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish bo`yicha konferensiya bo`lib o`tdi. Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010–2012 yillar davomida Osiyo Tinch okeani Qishloq va qishloq xo`jaligini kreditlash Assotsiatsiyasiga raislik qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirilgan edi.Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida Xitoy Xalq RespublikasiningEksimbanki, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish bankining kredit yo`nalishlarini jalb etgan.Agrobankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, Agrobank SWIFT jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga a`zodir.O`zR ATB “Agrobank”ning tarkibiy tuzilmalaridan biri bo`lib, ATB “Agrobank” To’rtko’l filiali o`z faoliyatini olib boradi. “Agrobank” ATB To’rtko’l filiali 1000 dan ortiq mijozlarga o`z xizmatlarini ko`rsatib kelmoqda. Bank mijozlarini fermer va dexqonchilik xo`jaliklari, byudjet tashkilotlari, sanoat korxonalari, kichik biznes sub`ektlari va boshqa tashkilotlari tashkil qiladi.ATB “Agrobank” To’rtko’l filiali O`zbekiston Respublikasi qonunlariga, «Banklar va bank faoliyati haqida» qonuniga, tijorat banklarga ta`luqli bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki meyyoriy hujjatlariga va bank Nizomiga asoslanib o`z faoliyatini olib boradi.Bankning iqtisodiy ahamiyati uning faoliyat doirasiga bog`lik. Bank quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
vaqtincha bo`sh turgan pul mablag`larni omonat va ularni kapitalga
aylantirish;
korxona, tashkilotlar, davlat idoralari va aholini kreditlash;
muomalaga kredit pullarni chiqarish;
xalq xo`jaligiga yuridik shaxslararo hisob-kitoblar va naqd pulsiz to`lovlarni amalga oshirish;
moliya-valyuta bozorida faoliyat ko`rsatish;
iktisodiy-moliyaviy axborotlarni taqdim etish va maslaxat xizmatlarini ko`rsatish.
AT “Agrobank” To’rtko’l filialining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
paxta ekuvchi xo`jaliklar va paxtani ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan tashkilotlarning rivojlanishiga ko`maklashish maqsadlarida moliya mablag`larni jamlash;
paxta ekuvchi xo`jaliklar, paxta zavodlari va paxtachilikka xizmat ko`rsatuvchi o`zaro bog`langan tarmoqlarning boshqa korxona va tashkilitlariga kompleksli bank va valyuta-investitsiya xizmatlarni ko`rsatish;
–paxtaning kelgusi xosilini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va sotish bilan bog`liq bo`lgan tashkilotlarni avanslar bilan ta`minlash;
mablag`larni maqsadli foydalanishi ustidan nazoratini ta`minlash;
kredit kartochkalarni amalga kiritish va elektron bank xizmatlarini ko`rsatish.Bank bo`limini boshqaruvchi boshqaradi. Boshqaruvchiga bank oldida turgan masalalarning bajarilishiga shaxsiy ma`suliyati yuklanadi. Unga bo`lim tarkibiga kirgan barcha filiallar bo`ysinadi. Bank boshqaruvchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:bank ta`sischilar majlisi va bank boshqaruvining qarorlari asosida va ularni ijro etishiga yo`naltirigan faoliyatni yuritilishiga tegishli buyruq va farmoyishlarni chiqarish;
bank xodimlar mexnatini rag`batlantirish shartlariga muvoffiq filiallarning shtat tarkibi va xodimlar sonini, hamda ish xaqiga ajratilgan mablag` xajmini aniqlash;
filiallarning tarkibiy tuzilmalar bo`yicha yo`riknomalarni tasdiqlash;
bank bo`limiga va filiallarga xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo`shatish, xodimlarni rag`batlantirish va jazolash;
bank boshqaruviga tasdiqlash uchun filiallar bo`yicha daromad va xarajatlar hamda foydalar bo`yicha rejalarni namoyon etish.Kadrlar bo`limi oldida filiallarni kadrlar bilan ta`minlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash vazifalari kiradi.Pul muomilasi bo`limi mijozlardan bankka naqd pullar tushumi hisobidan arizalar kelishiga muvoffiq bank mijozlarini naqd pullar bilan ta`minlash va omonatlar bo`yicha o`z vaqtda foizlar to`lovlarni nazoratini yuritadi.Qisqa muddatli kreditlash bo`limi savdo va qishloq xo`jalik tashkilotlariga qisqa muddatga berilgan kreditlar bo`yicha nazoratini olib boradi.Kichik biznes sub`ektlarni kreditlash bo`limi kichik biznesni qo`llabquvvatlash uchun kredit resurslarni jalb qilish va mulkdor sinfini shakllantirish uchun kichik biznes sub`ektlariga ushbu kredit resurslarni berish vazifasini bajaradi.Loyhalarni moliyalash bo`limi ichki hamda xorijiy kapital qo`yilmalari bilan investitsiya loyihalarni ekspertizadan o`tkazish va baholash bilan shug`ullanadi.

Download 98,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish