topshiruq: Miya fiziologiyasi bo’yicha tadqiqotlari bilan nom chiqargan nemis olimi Oskar Foxtning o’ylashicha, “Safro jigarga yoki siydik buyrakka qanday munosabatda bo’lsa, fikr ham bosh miyaga deyarlik shunday munosabatda”. “O’zi o’qib faylasuf bo’lib etishgan, o’tgan asrning oltmishinchi yillarida Peterburgda istiqomat qilgan, millati nemis bo’lib, asl kasbi konchi bo’lgan Iosf Ditsten (1828—1838) ham ayni shu xilda o’ylagan” (K. K. Platonov). Aytingchi, yshby matnda psixologiya tarixidagi qaysi oqim haqida gap boradi?
A. G. Kovalevning fikricha, shaxs - bu ijtimoiy munosabatlarning ham ob’yekti, ham sub’yektidir. A.N.Leontьyev ushbu masalaga boshqacharoq yondashib, unga shunday ta’rif beradi: shaxs - bu faoliyat sub’yektidir. K.K.Platonovning talqiniga binoan: jamiyatda o’z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli a’zosi shaxs deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S.L.Rubinshteyn ta’rificha, shaxs bu tashqi ta’sirlar yo’nalishini o’zgartiruvchi ichki shart-sharoitlar majmuasidir.
Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin ayniyat bo’lmagan tushunchalar qo’llanilib kelinadi, chunonchi: odam, shaxs, individuallik. Ularning mohiyatini aniqroq izohlab berish uchun har birining psixologik tabiatini tahlil qilish maqsadga muvofiq.
1. Odam: sut emizuvchilar sinfiga daxldorlik, biologik jonzod ekanligi odamning o’ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo’llarning mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga kirishi uning o’ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzod sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o’z qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o’zgartirish imkoniyatiga ham egadir.
2. Shaxs. Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda rivojlanuvchi, til yordami bilan, boshqa kishilar bilan muloqot (muomala)ga kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi hisoblanadi.
3. Individuallik. Har qaysi inson betakror o’ziga xos xususiyatlarga ega. Shaxsning o’ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individual shaxsning intellektual, emotsional va irodaviy sohalarida namoyon bo’ladi.
Sobiq sovet psixologiyasida eng ko’p tarqalgan shaxsning tuzilishiga oid materiallar bilan qisqacha tanishib o’tamiz. S.L.Rubinshteyn bo’yicha shaxs quyidagi tuzilishga ega:
1. Yo’nalganlik - extiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.
2. Bilimlar, ko’nikmalar, malakalar, hayot va faoliyat jarayonida egallanadi.
3. Individual tipologik xususiyatlar temperament, xarakter, qobiliyatlarda aks etadi.
K. K. Platonov ta’limotiga ko’ra, shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega:
I. Yo’nalganlik osttuzilishi shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini birlashtiradi, Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko’lam (hajm) darajalarini farqlash lozim.
II. Ijtimoiy tajriba osttuzilishi - ta’lim vositasida, shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, ko’nikmalar va odatlarni qamrab oladi.
III. Psixologik aks ettirish shakllari osttuzilishi - ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari.
IV. Biologik shartlangan osttuzilish - miya morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog’liq bo’lgan patologik o’zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik xosiyatlarini birlashtiradi.
A. G. Kovalev talqiniga binoan, shaxs mana bunday tuzilishga ega:
1. Yo’nalganlik - voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga o’zaro ta’sir etuvchi har xil xususiyatli g’oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi.
Ustuvor yo’nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi.
2. Imkoniyatlar - faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini ta’minlovchi tizim. O’zaro ta’sir etuvchi va o’zaro bog’liq bo’lgan turlicha qobiliyatlar.
3. Xarakter. Ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo’ladi. Xarakter tizimidan irodaviy va ma’naviy sifatlar ajratiladi.
4. Mashqlar tizimi. Hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish (korreksiyalash), o’zini o’zi nazorat qilish, o’zini o’zi boshqarishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |