Esda qoldirish jarayonida odamning ongli ravishda irodaviy aktivlik ko’rsatish darajasi turlicha bulishi mumkin. Shu jixatdan esda qoldirish ixtiyorsiz va ixtiyoriy xillarga ajratiladi. Ixtiyorsiz esda qoldirishda odam oldindan xech bir maqsadni kuzlamagan xolda va maxsus usullarni kullamasdan esga olib koladi. Ixtiyoriy esda qoldirish maqsadga qaratilgan bo’ladi va esga olishning maxsus usullaridan foydalanishini nazarda tutadi. Esda qoldirish jarayonida o’quvchining irodaviy zur berishi shuningdek fikriy aktivligi o’rganiladigan materiallarning moxiyatini tushunishi katta rol’ uynaydi
|
Esda saqlash fikriy aktivlik darajasiga qarab mexaniq va ma’nosiga tushunib logik esda qoldirish xillariga ajratilishi mumkin. Mexaniq esda qoldirish yondoshlik bo’yicha yakka tartibdagi vaqtli bog’lanishlarga asoslangan bo’lib bunda esda qoldirish kishidan kup vaqt sarflashni talab etadi va uncha mustaxkam bo’lmaydi. Ta’lim jarayonida shubxasiz ma’nosiga tushunib esda qoldirishiga suyanib ish ko’rish kerak. Bunda esda qoldirish o’rganiladigan xodisalarning moxiyatini tushunishga va bu xodisalar urtasidagi sabab natija bog’lanishlarini aniqlashga asoslangan bo’ladi. Ma’nosiga tushunish va sabab natija bog’lanishlarini topishgina esda qoldirishning yuksak darajada samarali va puxta bo’lishini ta’minlaydi. Darsda esga olingan materialni xotirada mustaxkam saqlab kolishda takrorlash muxim rol o’ynaydi. Takrorlash esda olib kolish lozim bo’lgan materialni boyitish binobarin yuzaga keluvchi muvaqqat nerv bog’lanishlarini mustaxkamlash demakdir.
|
Materialning muvafokiyatli esga tushushi avvalo uning puxta to’la aniq esga olingan bulishiga bog’liqdir. Esga olish jarayonida yuzaga kelgan muvvaqqat nerv bog’lanishlarining keyinchalik muayyyan qo’zg’atuvchilar ta’sirida qayta jonlanishi esga tushurishning fiziologik asosi xisoblanadi. Esga tushuirishning eng soda kurinishi tanishdir. Bunday xol ilgari idrok etilgan ob’yektning yana yangidan idrok etishiga kelgan paytda ruy beradi. Ilgari bir marta idrok etilgan odam joy vam usika kuyiga oradan ma’lum vaqt utgandan keyin yana tuknash kelgan paytimizda biz ularni taniymiz. Esga tushurish ikki xilga ixtiyorsiz va ixtiyoriy esga tushurishga ajraladi.
Ilgari idrok qilingan materialning odamda xech bir maqsadsiz esiga tushub qolishi ixtiyorsiz esga tushirish bo’lib bunda ilgari idrok qilingan narsa va xodisalarning obrazlari odamda uning xoxishiga bog’liq bo’lmagan xolda ongida gavdalanadi. Ta’lim jarayonida xam ko’pincha ixtiyoriy esga tushirishga tayanib ish ko’rishga tugri keladi. Esga tushirishda kishidan irodaviy zur berishni talab etuvchi aktiv fikrlash jarayoni eslash deb ataladi. Eslash ixtiyoriy esga tushirish va tanishning eng murakkab kurinishidir.
|
Unitish esda saklashning teskarisi bo’lgan jarayondir. Unitish ilgari esda qoldirilgan materialni to’liq yoki qisman esga tushira olmaslikdan, uni eslay yoki taniy olmaslikdan iboratdir.
|