*
129-mashq.
Arslon izidan qaytmas, yigit – so
‘
zidan.
Siz o‘z so‘zingiz-
ning ustidan chiqa olasizmi? Bu haqda o‘ylab ko‘rganmisiz? Berilgan gapning
egasini toping.
130-mashq.
Inson
so‘zini gapning egasi qilib eng ko‘p gap tuzuvchilar
musobaqasini uyushtiring.
N a m u n a: Inson (Kim?) – koinot gultoji.
131-mashq
.
Gaplarning egalarini toping. Ularning gapdagi o‘rnini aniqlang.
Gaplarda ilgari surilgan g‘oya haqida o‘ylab ko‘ring.
1. Aqlli qariya – oqib turgan daryo. 2. Ota-onasini ulug‘lagan insonni
bir kuni kelib bolalari ham boshiga ko‘taradi. 3. Qarisi bor uyning
barakasi bo‘ladi. 4. Ko‘pni ko‘rgan chol – jonli tarixning o‘zi. 5. Qadr
ko‘raman desang, qarilarni e’zozla. 6. Duo olgan omondir, qarg‘ish
olgan yomondir.
(Sharq hikmatlaridan)
Do'stlaringiz bilan baham: |