Topshiriq: “Bahs-munozara” mashqi.
Nima uchun ba’zi insonlar o`z ona tilisini buzib gapiradilar-
Yana ba’zi yoshlarimiz haddan tashqari qo`pol muomala qilishadi-
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO’:________________
Sana__________
9-Mavzu: Chorrahada harakatlanish qoidalari (Yo`l harakati qoidalari)
Kun shiori: “Yo’l qoidasi umur foydasi.
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, iste’dodli bolalarga havas ruhida tarbiyalash, fan oylikda faol ishtirok etish kerak ekanligini singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Aziz o`quvchi, istaymizki, Sendangi kuch-quvvat, iste'dod, qalbingdagi jo`shqinlik har qanday qiyinchiliklarni yengib o`tib, faqat yaxshiliklarga xizmat qilsin!”
Piyodalar yo’lni kesib o’tayotganlarida qatnov tartibiga solinadigan joylardagi svetaforning hamda harakatni tartibga soluvchining ishoralariga amal qilishlari zarur.
Svetaforning yashil ishorasi harakat uchun ruxsat berilganligini bildiradi. Shuning uchun yashil ishora yonganda piyodalar maxsus ajratilgan joylardan o’tishlari mumkin.
Harakatni tartibga soluvchining o’ng va chap tomonlari svetaforning yashil ishorasiga mos keladi. O’ng qo’lni ko’krak uzra cho’zish harakat boshlanganligini bildiradi.
Svetaforning sariq ishorasi navbatdagi ishoraning yonishini kutib turish kerakligini bildiradi.
Piyoda chorrahada sariq ishorani ko’rsa, yo’lning yarmiga yoki Xavsizlik orolchasiga borib to’xtashi va yashil ishora yonishini kutib turushi kerak. Bordiyu piyoda yo’lning yarmidan o’tib qolgan bo’lsa, u yo’lni davom ettirishi kerak. Sariq ishora yonganda yo’lni kesib o’taboshlash mumkin emas.
Harakatni tartibga soluvchining qo’lini yuqoriga ko’targan holati svetaforning sariq ishorasiga mos keladi.
Svetaforning qizil ishorasi o’tishni taqiqlaydi. Ana shu ishora yonganda piyodalarga yo’ldan o’tishi taqiqlanadi.
Harakatni tartibga soluvchining qo’lini yuqoriga ko’targan holati svetaforning sariq ishorasiga mos keladi.
Svetaforning qizil ishorasi o’tishni taqiqlaydi. Ana shu ishora yonganda piyodalarga yo’ldan o’tish taqiqlanadi.
Harakatni tartibga soluvchi piyodalarga ko’kragi yoki orqa tomoni bilan shuningdek, o’ng tomoni bilan turub o’ng qo’lini oldinga cho’zsa, bu qizil ishora ma’nosini bildiradi.
Shuningdek yo’lning serqatnov qismiga va chorrahalarga piyodalar harakatini tartibga soluvchi svetafor o’rnatiladi.
Dars yakunida o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |