O`qituvchi mavzuni xulosalab, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi
MMIBDO’:________________
Sana__________
33-Mavzu: Sinf o’quvchilari ikki guruhga ajralib “Yo’l qoidai-umur foydasi” nomli musobaqa o’tkazishni tashkillashtirish (1 soat amaliy mashg’ulot)
Kun shiori: “Yo’l qoidasi umur foydasi”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ta’tilni maroqli o`tkazish uchun tavsiyalar berish, ta’til o`quvchilar uchun keng imkoniyatlar davri ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:Shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
O`qituvchi:
Musobaqa shartlari:
Sinf o’quvchilari ikki guruhga bo’linib o’zlariga nom tanlashadi.
Guruhlardan bir kishidan yo’l qoidasiga bag’ishlangan devoriy gazeta chizadi.
O’qituvchi tomonidan tarqatilgan savol kartochkalariga guruhlar tayyorlanib javob berishadi.
O’qituvchi tomonidan tarqatilgan yo’l qoidasi rasmlariga guruhlardan bittadan ishtirokchi chiqib ta’rif berishadi.
Guruhlar bir birlariga savollar berishadi har bir guruh 5 tadan.
Ballar jamlanib g’olib guruh rag’batlantiriladi. Faol o’quvchilar rag’batlantiriladi.
O`qituvchi mavzuni xulosalab, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi
MMIBDO’:________________
Sana__________
34-Mavzu: Yozgi ta’tildagi rejalarim.
Kun shiori: “Yaxshi dam, mehnatga hamdam”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ta’tilni maroqli o`tkazish uchun tavsiyalar berish, ta’til o`quvchilar uchun keng imkoniyatlar davri ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Ta’tilni kitoblar olamiga sayohat bilan boyitaman!”.
O`qituvchi:
Mana, hademay imtihonlar tugab, yozgi ta’tilga chiqasizlar. Lekin bu ta’tilda siz ko`proq, o`z maqsadlaringiz sari qadam tashlaysizlar. Yangi o`quv yilidan siz bitiruvchi hisoblanasiz va qanday kasb egasi bo`lasiz-u, qaysi akademik-litseyga yoki kasb-hunar kollejiga hujjatlaringizni topshirasiz. Shuning uchun ta’tilda imkon darajada mana shu masalalarga oydinlik kiritsangiz, ertaga qiynalmaysiz.
Ta’til asosan aqliy mehnat qiluvchilar uchun miyani dam oldirish.
Albatta, dam olish maskanlariga borasiz. Bundan tashqari kimlardir ota-onasiga yordam berish uchun ishlaydilar. Imkoni bo`lsa, qizlarimiz, o`g`il bolalarimiz ham ta’tilda birorta o`quv markazlarida til o`rgansa, hunar o`rgansa, bo`sh vaqtlarini foydali ish bilan o`tkazsa maqsadga muvofiq bo`lardi.
Aziz o`quvchilar, har bir kuningizni baddiy kitoblar, gazeta, jurnallar bilan o`tkazsangiz bu dunyoqarashingiz kengayshiga va mustaqil fikrlashingiz va nutqingizga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.
Hammangizga ta’tilni maroqli o`tkazishingizga omadlar tilab, quyidagi topshiriqni bajarishni boshlang.
O`qituvchi tomonidan har bir o`quvchiga oq qog`oz tarqatiladi.
O`quvchilar “Mening ta’til uchun rejalarim” mavzusida o`z rejalarini yozib beradilar.
Dars yakunida faol o’quvchilarni rag’batlantirish.
MMIBDO’:________________
Do'stlaringiz bilan baham: |