Sinf:
Sana:
Mavzu: “D” tovushi va “D d” harfi.
Darsning maqsadlari: Ta`limiy: O’quvchilarni d tovushi va D d harflari bilan tanishtirish,d tovushi va d tovushli so’zlarni o’qishga o’rgatish.TK1:turli axborot manbalaridan o‘ziga kerakli ma’lumotlarni topa olish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni daftar-kitobni sevishga, uni yirtmasdan, varaqlariga chizmasdan avaylab foydalanishga o’rgatish.TK2: kun tartibiga rioya qilish;o‘zlashtirgan bilimlarini boyita olish.
Rivojlantiruvchi: “D” tovushini to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatib, fikrlash qobiliyati, og’zaki nutqini rivojlantirish.“Do’’stlik” haqidagi tushunchalarni mustahkamlash. FK1 - adabiy-nutqiy kompetensiya
Dars turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi.
Dars metodi: Analiz-sintez, suhbat, tushuntirish, ko’rgazmalilik, “Pufak” , “Ikki yonli kundalik”,”Quvnoq alifbo” didaktik o’yinlari,”Kapalak”,”Yelpig’ich”texnologiyalari, AKT dan foydalanish.
Dars jihozi: Texnik vositalar, kesma harflar, d harfiga oid rasmlar,bo’g’inlar yozilgan tarqatmalar.
D a r s n i n g b o r i s h i :
Tashkiliy qism:
Dars alifbe qo’shig’i bilan boshlanadi
O’qituvchi:Qani do’mboqlarim,bugun hamma sog’lommi?
Yangi darsga tayyormi?
O’quvchilar:Ustoz bizlar sog’lommiz
Yangi darsga tayyormiz!
O’qituvchi:Har narsadan xabarchi
Sinfda kim navbatchi?
Navbatchilar:Menman bugun navbatchi
Doskani ham artuvchi
Gullarga suv quyuvchi
Sanani ham aytuvchi
Sinfda 35 nafar oq’uvchi bo’ishi kerak,shundan hamma darsga tayyor.
O’qituvchi:Barakalla aziz bolajonlar.Bugungi alifbe sabog’imizni musobaqa tarzida olib boramiz.Har bir to’g’ri javob uchun rag’bat kartochkasi berib boraman.Dars so’ngida eng ko’p rag’bat yig’gan o’quvchi “Oltin toj” sohibi bo’ladi.
1-qator:Kuz fasli haqida davomli matn tuzadi.
2-qator:Kuz faslida nishonlanadigan muhim sana va bayramlarni aytadi.
Til bayrami haqidagi she’rlar aytiladi va monitordan Muhammad Yusufning “Ona tilim”she’ri o’qib eshittiriladi.
O‘zbek tili – ona tiling,
O‘zbekiston –Vataning.
Tiling uchun, eling uchun
Fido bo‘lsin jon-taning.
Ona tilim, omon bo‘l mangu,
Sen borsan-ki men ham o‘lmayman,
Tildan qolsam, seni Oybekday
Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman
3-qator:”Sehrli so’zlar”ni aytadi.
O’qituvchi:Alifbe sabog’i bizga nimani o’rgatadi?
II.O’tgan mavzuni so’rash
O’tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishgan edik?
O’ harfi va tovushi bilan tanishgan edik.
Harf nima?Tovush nima?
qator:o’ harfli so’zlar
qator:o’ harfli qizlar ismi
qator:o’ harfli o’gillar ismi
3 qatordan 3 o’quvchi chiqadi.
1-qator:”Yelpig’ich” metodi,bunda u harfli so’zlar yozadi.
2-qator:“Alifbo bilag’oni” metodi,bunda MATONAT so’zining harflariga so’zlar yozadi.
3-qator:”Havo shari” metodi
Alifbo bilag’oni
______ ________________________
_____ _______________________
__ _______________________
______________________
________________________
_______________________
_______________________
“Ikki yonli kundalik” metodi “ Pufak” metodi
Hikoya Qahramon
Bular bajargunga qadar o’tilgan mavzu qolgan o’quvchilar bilan o’qiladi.
“Unli,undosh”didaktik o’yin.Bunda kesma harflar teskari qilib qo’yiladi,bir o’quvchi unli harflarni,ikkinchi o’quvchi undosh harflarni olishi kerak.
O’tilgan mavzu mustahkamlanadi.
III.Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzuni boshlashdan oldin dengiz shovulashi ovozi eshittiriladi va bu nimaning ovozi ekanligi so’raladi.
Dengiz,delfin rasmi ko’rsatiladi va u haqida ma’lumot beriladi.
Yangi mavzu slayd yordamida tushuntirib boriladi.D harfi va tovushi haqida ma’lumot beriladi.
-D harfi alifboda nechanchi o’rinda?
-3-o’rinda.
Harf kassadan d harfi ochiladi.
-d harfi unli harfmi,undosh harfmi?
-Nima uchun undosh harf?
-Chunki o’pkadan chiqayotgan havo og’zimizda to’siqqa uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |