2-казус Ўзбекистон Республикаси Президенти ваколати муддати тугаши муносабати билан истеъфога чиқди ҳамда Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 97-моддасига биноан Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенатининг умрбод аъзоси лавозимини эгаллади. Мазкур муносабат бидан Сенат Кенгашининг навбатдаги мажлисида парламент юқори палатаси Раиси Сенат таркиби Конституцияга мувофиқ 100 нафар сенатордан иборат бўлиши кераклигини кўрсатган ҳолда давлат бошлиғи томонидан Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 77-моддаси асосида тайинланган 16 нафар сенатордан бирини Сенат аъзолиги лавозимидан озод этиш таклифи билан Президентга мурожаат қилиш тўғрисидаги масалани кун тартибига киритди. Бироқ Олий Мажлиси Сенати Кенгашининг бошқа аъзолари Кенгаш раисининг таклифига эътироз билдириб, парламентнинг юқори палатаси 100 нафар аъзодан ортиқ таркибда ҳам фаолият юритиши қонунчиликка зид эмаслигини таъкидлаб ўтдилар.
Вазиятга ҳуқуқий баҳо беринг.
Javob. Birinchi muammo – Senat Raisi Senat tarkibi Konstitutsiyaga muvofiq 100 nafar senatordan iborat boʻlishi kerakligini koʻrsatgan holda davlat boshligʻi tomonidan tayinlangan 16 nafar senatordan birini Senat a’zoligi lavozimidan ozod etish taklifi bilan Prezidentga murojaat qilish toʻgʻrisidagi masalani kun tartibiga kiritishi qonuniy asosga egami?
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to'g'risida”gi Qonun, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to'g'risida”gi Qonun.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo'lib, Senat a'zolaridan iboratligi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 16 nafar a'zosi fan, san'at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega obro'li fuqarolar orasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanishi keltirilgan. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to'g'risida”gi Qonunning 4-moddasi 4-qismiga ko'ra, konstitutsiyaviy vakolat muddati tugab yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra iste’foga chiqqan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti (O'zbekiston Respublikasi eks-Prezidenti) umrbod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi lavozimini egallaydi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to'g'risida”gi Qonunning 2-moddasiga binoan, Senatning o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Ko'rinib tuganidek, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham, yuqorida keltirilgan qonunlarda ham senatorlar soni 100 nafar ekanligi va Prezident Senat a'zosi bo'lganida 16 nafar Prezident tayinlaydigan senatorlardan biri lavozimidan ozod etilishi kerakligi haqida hech qanday norma keltirilmagan. Senat a'zolari soni Prezident lavozimidan ozod etilgandan so'ng Senatga qo'shilishi evaziga yuqoridagi normalarda aniq keltirilmagan.
Demak, Senat Raisining bu tartibdagi masalani majlisda kun tartibiga kiritishi o'rinli emas va qonuniy asosga ham ega emas.
Ikkinchi muammo –Senat Kengashining boshqa a’zolari raisning taklifiga e'tiroz bildirib, parlament yuqori palatasi 100 nafar a'zodan ko'p tarkibga ega bo'lishi mumkinligini ta'kidlashi to'g'rimi?
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to'g'risida”gi Qonun.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo'lib, Senat a'zolaridan iboratligi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining16 nafar a'zosi fan, san'at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega obro'li fuqarolar orasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to'g'risida”gi Qonunning 4-moddasi 4-qismiga ko'ra, konstitutsiyaviy vakolat muddati tugab yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra iste’foga chiqqan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti (O'zbekiston Respublikasi eks-Prezidenti) umrbod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi lavozimini egallaydi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida Senat a'zolari soni 100 nafar bo'lishi haqidagi norma mavjud emas. Shu boisdan, Senat a'zolarining Senat Raisining taklifiga e'tiroz bildirishi o'rinli.
Demak, senatorlarning Senat Raisining taklifiga e'tiroz bildirishi va senatorlar soni 100 nafardan oshishi mumkinligini ta'kidlashi qonuniy asosga ega.
Xulosa qilganda, ushbu holatda Senat Raisining senatorlar soni 100 nafar bo'lishi kerakligi va davlat boshligʻi tomonidan tayinlangan 16 nafar senatordan birini Senat a’zoligi lavozimidan ozod etish taklifi bilan Prezidentga murojaat qilish toʻgʻrisidagi masalani kun tartibiga kiritishi noto'g'ri. Bunda, Senat a'zolari e'tirozi va senatorlar soni aniq keltirilmaganini ta'kidlashi qonuniy asosga ega.