Sinf rahbari ishni rejalashtirish va xisobga olishda pedagogik jamoaning o’rni



Download 0,49 Mb.
bet4/16
Sana07.01.2022
Hajmi0,49 Mb.
#326459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
sinf rahbari ishini rejalashtirish va xisobga olishda pedagogik jamoaning orni

O’quvchilarni o’rganish.Sinfga rahbarlik qilsh, odatda, sinfni va alohida-alohida har qaysi o’quvchini o’rganishdan boshlanadi. Buning natijasida, sinfda tarbiyaviy ishlar­ni to’g’ri, ratsional tarzda yo’lga qo’yish uchun, o’quvchilarga individual yondashishni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan sharoit yuzaga keladi. o’quvchilarni o’rganish, ularni butun o’qitish muddati mobaynida davom etib boradi. Sinf o’quvchilar jamosini tashkil etish va tarbiya­lash.

Sinf o’quvchilar jamosini uyushtirish va tarbiyalash sinf rahbari ishining asosiy qismlaridan biridir. Sinf rahbari o’quvchilarni inoq va ma`lum maqsadni ko’zlagan jamoga jipslashtirar ekan, o’quv-tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish uchun zamin yaratadi. U ayrim o’quvchilarga va butun sinfga o’z obro’-e`tibori kuchi bilangina emas» balki sinf jamosining jamoat fikrini tarkib toptirish yo’li bilan ham ta`sir etadi. Sinf birdaniga jamo bo’lib shakllanib qo’ya qolmaydi. Sinfda sinf rahbari, kamolot va sinf faollari birgalikda faoliyat ko’rsatish tajribasi to’plangan taqdirda, aktiv o’sib chiqqan, ijobiy traditsiyalar barpo etilgan takdirda, o’rtoqlik aloqalari rivojlanib mustahkamlangan, umummaktab jamosi bilan to’g’ri munosabatlar o’rnatilgandan keyingina, sinf jamosi bo’lib shakllanadi.

O’quvchilar bilimi sifatini oshirish hamda ularning tartib-intizomini mustaxkamlash.

Bilimlarning yuksak darajada bo’lishi va ongli intizom sinfda ta`lim-tarbiya ishlarini to’rri yo’lga qo’yshning eng muhim ko’rsatkichlaridir. Sinf rahbari o’quvchilar bilimi sifatini oshirish to’g’risida g’amho’rlik qiladi, ayrim o’quvchilarning keyinda qolishini va o’z sinfida ikki yil o’tirib qolishining oldini olishga harakat qiladi. o’quvchilarni ongli intizomlilik ruhida tarbiyalash, ularni mustaqqilik jamiyati, turmush qoidalarini ixtiyoriy bajarishga o’rgatish sinf rahbari faoliyatida katta o’rin tutadi.

Darsdan (sinfdan) tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va ularni o’tkazish. Maktablarda darsdan (sinfdan) tashqari tarbiyaviy ishlarning turli-tuman shakllari tarkib topib, muvaffaqiyatli qo’llanib kelmoqda. Darslarda, talim berish pjarayonida beriladigan tarbiya darsdan tashqari turli-tuman tarbiyaviy ishlar bilan to’ldiriladi. Bu ishni sinf doirasida sinf rahbari sinf faollari yoki kamolot tashkilotlari bilan birgalikda o’tkazadi. Bunda boshqa o’qituvchilar, ba`zan esa ota-onalar ham muhim yordam ko’rsatadilar. Sinf­dan tashqari tarbiyaviy ishda fuqoralik tarbiyasi o’quvchilarda barqapop hayotiy yo’lni tarkib toptirish, ularni ijtimoiy hayotga va xalq xo’jaligi hamda madaniyatning turli sohalarida mexnat faoliyatiga aktiv ishtirok etishga tayyorlash markaziy o’rinni egallaydi.

O’quvchilarning ota-onalari bilan ish olib borish. Har bir o’qituvchi o’quvchilarning ota-onalari bilan mustahkam aloqada bo’ladi. Maktabning oila bilan yanada mustahkam aloqasi sinf rahbarlari orqali amalga oshiriladi. Ular o’quvchilarning ota-onalari bilan ko’proq muomalada bo’ladilar, ularga o’quv ishlari va bolalar xulq-atvori to’g’risida axborot berib turadilar, bolalarni tarbiyalash borasida hamkorlikda qilinadigan ishlarni belgilab oladilar. Hozirgi sharoitda oilaning tarbiya berish vazifasi birmuncha ortdi, bolalar tarbiyasi uchun ota-onalar mas`uliyati oshib bormokda. SHuning uchun xam sinf rahbarining o’quvchilar oilalari bilan hamkorligi katta ahamiyat kasb etib bormok­da.

Sinf rahbari tarbiyaviy ishining asosiy qismlari mana shulardan iborat. Bu qismlarning hammasi bir-biri bilan uzviy bog’langan. Masalan, sinf rahbari faoliyatn doirasidan o’quvchilarni o’rganishning olib tashlanishi o’quvchilar jamosini tashkil etishni muvaffakiyatsizlikka olib keladi, o’quvchilar bilimining sifati va sinfda tartib-intizom uchun kurash olib borishnn "birmuncha qiyinlashtirib qo’yadi. Ota-onalar bilan ishlashga etarlicha baho bermaslik sinf rahbari barcha tarbiyaviy ishlarining pasayib ketshiga olib kelgan bo’lur edi.

O’quvchilarni tarbiyalashda tizimliilikka erishish oson emas, lekin shunday qilish kerak. Aks holda sinf rahbari­ning tarbiyaviy ish faoliyati muvaffaqiyatli bo’lmaydi. Ayrim tarqoq tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishga ko’pgina kuch va g’ayrat sarflashi mumkin, lekin baribir tarbiyada kerakli natijaga erisha olmaydi. Ko’pincha sinf rahbarlari o’quvchilar bilan foydali ishlarni boshlab qo’yib, uni hamma vaqt ham oxiriga etkazavermaydilar. Masalan, o’quvchilar yiqqan ko’pgina temir-tersak maktab hovlisida oylab to’planib yotadi. O’qituvchilar rahbarligida o’quvchilar maktab hovlispga ko’chat va butalar o’tqazadilar, lekin ular parvarisiz qoladi. Ekinzorlarni yovvoyi o’t bosib ketadi. Bunday hollar ham bo’ladi. Sinf rahbari qiziqarli suhbat yoki kitobxonlar konferentsiyasi o’tkazadi. Ularning natijalari o’quvchilar faoliyagida mustaxkamlanmaydi. Og’zaki ta`sir ko’rsatish konkret ishlar bilan mustahkamlanmaydi. O’quvchilarni tarbiyalashdagi tizim, o’z-o’zidan ma`lumki, sinf rahbarlari tashabbusiga salbiy ta`sir ko’rsatmasligi, ularni tarbiyaviy ta`sir ko’rsatish mazmuni, shakl hamda metodlarini mustaqil tanlab olishlaridan mahrum etmasligi darkor. Bu tizimni bir qolipga solib qo’yish mutlaqo yaramaydi. Tarbiya berish bu ijodiy jarayondir. Bunda fikr dadilligi, ijodiy izlanish, tashabbuskorlik va har qaysi o’quvchi shaxsiga aniq ravshan, e`tiborli munosabatda bo’lish kerak.

Sinf rahbari ishining barcha turli-tumanligi uning butun o’quvchilar kollektiviga va alohida har qaisi o’quvchiga qiladigan ta`sirini o’z ichiga oladi. Ilg’or tajriba shuni ko’rsatadiki, tarbiyaviy ishning muvaffaqiyatli bo’lishi ayrim qulay metodlar va usullardan emas, balki o’quvchilarga milliy tarbiya berishning asosiy mazmunini aks ettiruvchi puxta o’ylangan shakl, metod va usullar kompleksidan iboratdir.


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish