Sinf rahbari ishni rejalashtirish va xisobga olishda pedagogik jamoaning o’rni



Download 0,49 Mb.
bet3/16
Sana07.01.2022
Hajmi0,49 Mb.
#326459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
sinf rahbari ishini rejalashtirish va xisobga olishda pedagogik jamoaning orni

Kurs ishining tarkibi: Kirish, Asosiy qism, xulosa va adabiyotlar ro‘xatidan iborat.


Asosiy qism

1.Sinf rahbari ishining asosiy qismlari.

O’quvchilarga tarbiya berishning umumiy rejasida sinf rahbarining shu sinfda dars beradigan barcha o’qituvchilar bilan hamkorlikda olib boradigan tarbiyaviy ishlari markaziy o’rinni egallaydi. Xar bir o’qituvchisi o’quvchilarni o’qitibgina qolmasdan, balki ularga ta`lim ham beradi, ularning ilmiy-ma`naviy dunyoqarashini va ma`naviy qiyofasini shakllantiradi. U tarbiya berish vazifasini asosan ta`lim berish jarayonida, darsda xal etadi. Shu bilan birga, u darsdan (sinfdan) tashqari tarbiyaviy ishlarni yulga quyishda ham ishtirok etadi. Masalan, o’qituvchilar o’quvchilarga ma`naviy-siyosiy tarbiya berishda sinf rahbarlariga yordam beradi-lar, o’quvchilar madaniy dunyoqarashini boyitishda, ularga estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasi berishda ko’maklashadilar.

Sinfda tarbiyaviy ishlarni asosiy yo’lga qo’yuvchi, o’quvchilarning birinchi tarbiyachisi va murabbiysi sinf rahbaridir. Maktab direktori tajribali va obro’yli o’qituvchilardan sinf rahbari tayinlaydi. Unga bolalar hayotini yo’lga qo’yish, jamoni uyushtirish va uni tarbiyalash mas`uliyati, sinfdagi o’quv-tarbiya ishlariga javobgarlik yuklanadi. U tarbiyachi sifatida o’quvchilarni xar tomonlama kamol topishi to’rrisida, ularni mxnatsevarlik, axl jamo, milliy mafkuraviy ruhida tarbiyalash to’g’risida, o’quvchilar bilimini oshirish va sinfda tartib-intizomni mustaxkamlash to’g’risida g’amxo’rlik qiladi. Sinf rahbari bu ishlarning hammasini xavaskor kishi sifatida emas, balki rasmiy, mas`ul shaxs sifatida bajaradi. U maktab rahbarlari oldida, xalq maorifi organlari oldida o’ziga topshirilgan sinfda g’oyaviy-siyosiy ishlarning ahvoli uchun, tarbiyaviy ishlarning mazmuni va yo’lga qo’yilishi uchun javobgardir.

Sinf rahbarining asosiy vazifasi o’quvchilarga tarbiya berish va ularni do’stona bir jamo qilib jipslashtirishdan iborat. Albatta, o’z sinfidagi o’quv ishlari, o’quvchilar bilim darajasini oshirish masalalari ham uning e`tiborini jalb etadi. Ammo bu masalalarni xal etishga u avva­lo tarbiyachi sifatida yondashadi.U eng asosan tarbiya berish vositalari orqali (o’quvchilarda o’quv vazifasiga nisbatan ongli va mas`uliyat bilan munosabatda bo’lishni tarbiyalash, hamda o’quvchilarning o’zapo yordamini yo’lga qo’yish, ularni maktab kundalik rejimiga rioya qilishga o’rgatish va shu kabilar) ta`lim berish sifatini oshirishda shu sinfda dars beradigan barcha o’qituvchilarga yordam beradi. Har qaysi sinfda muayyan o’qituvchilar jamosi ish olib boradiki, bu jamo o’quvchilarga qo’yiladigan yagona talabga amal qilishi, ular bilan individual ish olib borishni amalga oshirishi kerak. Odatda, bu jamoning tashkilotchisi va etakchisi sinf rahbari bo’ladi. U sinfida dars beradigan o’qituvchilar olib boradigan o’quv-tarbiya ishlarining xususiyatlarini o’rganadi, ularning o’quvchilarga qo’yadigan talablari hamda o’quvchilar bilan o’zaro aloqalarini o’rganadi, ayrim o’quvchilar xulq-atvori haqida, ularga ta`sir ko’rsatish metodlari haqida o’qituvchilar bilan fikrlashib turadi. Uning muhim vazifasi o’qituvchilarning tarbiya­viy ish faoliyatlarini birlashtirib, yo’naltirib borishdan iborat.

Sinf rahbari maktab pedagogik jamosi va pedagogik kengashning a`zosidir. U barcha tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlarni faqat yolg’iz o’zi emas, balki maktab direktori va uning yordamchilari rahbarligida, o’z sinfida dars beradigan fan o’qituvchilar bilan mustahkam hamkorlikda olib boradi. O’qituvchilar, o’quvchilar va ota-onalar majlislarini o’tkazishda, sinfda ijtimoiy-foydali ishlarni tashkil etishda, ekskursiya hamda sayyohatlarga tayyorlanish va ularni o’tkazishda, kitobxonlar konferentsiyalari, disputlar, fan va texnikaga bag’ishlangan kechalar o’tkazishda yordam beradilar. Sinf rahbari ish rejani tuzib chiqib, direktorga tasdiqlatadi, o’quvchilarga beriladigan ta`lim va tarbiya birligini ta`minlashning konkret yo’llarini belgilab chiqadi. o’qituvchilarning sinflar bo’yicha bo’ladigan kengashlarida sinfda va sinfdan tashqarida o’tkaziladigan tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yish masalalari kelishib olinadi.

Sinf rahbari o’z sinfidagi o’quvchilar bilan boshqa o’qituvchilarga qaraganda ko’proq muomala qiladi. Uning o’quv­chilar bilan muomalasini tanaffus qo’ng’iroqlari cheklab qo’ymaydi. U darsdan keyin ham tarbiyachi, sinf jamosi hayoti va faoliyatini yo’lga quyuvchi sifatida ish olib boradi.

Direktor va uning o’rinbosarlari sinf rahbari ish faoliyatini boshqarib turadi. Sinf rahbarining burch va vazifalari «Sinf rahbari to’g’risida nizom» da va «umumiy o’rta talim maktabi ustavi» da yoritib berilgan. Sinf rahbarining burchi juda keng va ko’p tomonlamadir. Ammo undan direktor o’rinbosari qilishi kerak bo’lgan ishlarni talab qilmaslik lozim» Afsuski, ba`zi maktablarda bu hol sodir bo’lib turibdi. Ba`zan maktab rahbarlari sinfdagi tarbiya va ta`limning ahvoli uchun barcha mas`uliyatni sinf rahbarlari zimmasiga yuklashga moyil bo’ladilar. Ishga bunday yondashish noto’g’ri. Sinf rahbari ma`muriy shaxs emas, balki tarbiyachidir, u sinfdan va maktabdan tashqari tarbiya­viy ishlar tashkilotchisi bo’la olmaydi. Sinfda o’quv-tarbiya ishlarining ahvoliga uning mas`uliyata juda katta, lekin bu mas`uliyatni boshqa o’qituvchilardan olib qo’ymaslik zarur. Har qaysi o’qituvchi o’z sinfidagi tarbiya hamda ta`lim sifati uchun, tartib-intizom uchun javob beradi, u noshud va intizomsiz bolalarni to’g’ri yo’lga solishga qatnashmay tura ol­maydi.

Sinf rahbarining vazifasi va uning tarbiyaviy ish faoliyatining asosiy mazmuni o’quvchilarga ma`naviy-axloqiy tarbiya berishning umumiy vazifalaridan kelib chiqadi va maktab hamda sinf hayoti va faoliyati konkret sharoitlari bilan bog’liq bo’ladi. Sinf rahbari o’zining kundalik ishida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni tarkib toptirish, ularni ma`naviy-axloqiy, mehnatservarlik va mehnatga ongli munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash ishini amalga oshiradi.

Sinf rahbari olib boradigan asosiy tarbiyaviy ishlarni qismlarga bo’lib ko’rsatib o’tamiz.


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish