Pedagogik kengash va uning vazifalari.
Ta’lim muassasalarda o‘quv-tarbiya ishlarini va o‘qituvchilarning bilim darajasini takomillashtiradigan vosita bu- pedagogik kengash hisoblanadi. Direktor pedagoglar kengashining raisidir. Uning a’zolari esa jamoa hisobida faol hodimlarni nazarga olib tashkil qilinadi. Muassasalar pedagogik kengashi muassasa hayotining jamoa orasida muhokama etish va hal qilish eng muhim organidir. Direktor pedagoglar kengashi a’zolarining tashabbus ko‘rsatishlari uchun sharoit yaratish va kengashni kamida har oyda bir marta chaqirib turishini talab qiladi.
Pedagogik kengash rahbarlarining muassasa oldida turgan vazifalarni amalga oshirishiga yordam beradigan tashkilotdir.
Pedagogik kengash kotibi o‘qituvchilardan biri butun o‘quv yiliga saylab qo‘yiladi. Pedagogik kengashning qarori a’zolarning uchdan ikki qismi qatnashgandagina qonuniy hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lgan holda raisning ovozi hal hiluvchi kuchga ega bo‘ladi.
Pedagogik kengashning ish mazmuni: Nizomga muvofiq kengashning faoliyatida taaluqli ko‘p masalalar bilan shug‘ullanadi. Majlisning kun tartibiga kengash a’zolarining hammasini qiziqtiradigan, muassasalar hayotining barcha sohalari uchun ayniqsa, ta’lim-tarbiya ishlari sifatini yuksaltirish va har tomonlama yaxshilash uchun, prinsipial axamyatga ega bo‘lgan muhim masalalar kiritilishi lozim. Shunday qilib kengashda eng muhim masalalardan:
- hukumat tomonidan tavsiyalangan direktivalar;
-xalq maorif vazirlikdan yuborgan buyruq va farmoyishlar;
- yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik;
- pedagogik kadrlar bilan ta’minlash;
- O‘quv-tarbiya ishlariga oid reja va hisobotlar kurib chiqiladi;
- O‘qituvchilar, rahbarlar va boshqa xizmatchilarining hisobotlari;
- O‘quv tarbiya dasturlarini bajarilishi, O‘quvchilarni O‘zlashtirish darajalari;
- talabalar odob-ahloqi kabilar ko‘rib chiqiladi.
Undan tashqari ta’lim-tarbiya sohasidagi aktual muassasalar:
- eng yaxshi O‘qituvchilar tajribalari;
- Ota-onalar bilan hamkorlik ishlari;
- sinfdan-sinfga kO‘chirish muommolari;
- yakuniy nazoratlar natijalari;
- talabalarni attestatsiyalash va xujjat berish va hakozolarni muhokama qilinadi.
Pedagogik kengash maktab va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarda pedagogik kollektivini mustahkamlab maktab ishida qoida-qonunlarni hal qiluvchi organ hisoblanadi. Chunki bularsiz ta’lim-tarbiya bobidagi ishlarida yaxshi natijalarga erishib bO‘lmaydi. Bundan tashqari maktab va O‘rta maxsus ta’lim muassasalarda O‘quv-tarbiya ishini yaxshi yO‘lga qO‘yish uchun otalikka olgan korxonalar va tashkilotlar orqali aloqada bO‘lish kerak.
Pedagogik kengashining ish rejasi bir yoki yarim yilga mO‘ljallab tuziladi. Rejaga asosan quyidagi masalalarni kiritishi mumkin.
Masalan:
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan pedagoglar jamoasining roli.
Ta’limning kabinet sifatida olib borishning ahvoli va uning yanada yaxshilash yO‘llari.
Ta’lim va tarbiya asosiy tashkiliy shakli dars, dars samaradorligini oshirishning holati.
Ta’lim-tarbiya jarayonida xalq pedagogikasidan foydalaniladi.
Maktab va o‘rta maxsus ta’lim muassasa faoliyatida umumiy majburiy tayanch ta’limining amalga oshirilish ahvoli va uni yanada yaxshilash choralari.
Maktab va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarda hamma predmetlarning O‘qitilish holati va O‘quvchilarni bilim olish holati qandayligi.
Maktab va o‘rta maxsus ta’lim muassasalardan tashqari tarbiyaviy ishlarning holatini ko‘rish.
O‘quvchilarni kompyuter kabinetlarining jihozlanishi.
Pedagogik kengash ish jarayonida:
A) Maktabni rivojlantirish rejasini tasdiqlaydi;
B) Kollektiv konferensiyasi qarorlarini bajarilishini tashkil qiladi;
V)Davlat va jamoat tashkilotlarida O‘quv-tarbiya manfaatlarini ximoya qiladi;
S) Metodik kengashning tavsiyasiga kO‘ra O‘qitish va tarbiyalashning mazmunini, metodlarini, vositalarini aniqlaydi, davlat ta’lim standartlari talablariga mos ta’lim darajasiga erishilishini ta’minlaydi;
D) Jamoani tartibini belgilaydi;
G) Pedagog va boshqa kadrlarni taminlashga asos bo‘ladi;
J)Ta’limni boshqaruv organlari huzuridagi malaka komissiyasiga malaka toifalarini berish hakida taklif kiritiladi;
Z) O‘kitish va tarbiyalashni takomillashtirish bo‘yicha jamoat tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi;
I) Muassasaga ajratilgan mablag‘larning o‘rinli ishlatilishini nazorat qiladi.
Kengash ma’muriyati va jamoat tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikda ishlaydi.
Uning barcha qarorlarini jamoa, ota-onalar e’tiboriga o‘z vaqtida yetkazadi. Uning qarorlari ma’muriyati va kollektivning barcha a’zolari uchun majburiydir. Ayrim muassasalarda, odatda o‘quv yili oxirida direktor va o‘rinbosarlar o‘quv yili yakunlarini sinchiklab tahlil qilib, pedagoglar kollektivining kelgusi o‘quv yilidagi muxim vazifalarini belgilab oladi. Ayrim muassasalarda pedagoglar kengashining yangi o‘quv yili uchun joriy ish rejani yozgi imtihonlarning natijalarini muhokama qilish bilan bir vaqtda tuziladi, bu esa pedagoglar kengashining hamma a’zolariga reja tuzishda qatnashish imkonini beradi.
Pedagoglar kengashi majlisi bir oyda bir marta yoki bir yilda to‘rt marta O‘tkazilishi sababli pedagogik kengashning ish rejasiga eng muhim va asosiy masalalarni kiritish to‘g‘ri keladi. Bu esa majlislarda masalalarning ko‘payib ketmasligi uchun nihoyatda muhimdir.
Pedagoglar kengashi o‘quv muassasa ishdagi yutuq va kamchiliklarni hisobga olish va qayd etish bilangina chegaraldanib qolmasligi lozim.
Pedagogik kengash ta’lim-tarbiyaga oid masalalarni tezroq va muvaffakiyatli hal qilishga kollektivni safarbar qilishi kerak. Biroq bir tematikaning o‘zini hech qanday o‘zgarishsiz nohiya va viloyat xalq ta’limi bo‘limiga tavsiya etish noto‘g‘ri bo‘ladi. Bu tematikaning pedagogik kengashda muhokama qilib qaror qilishi kerak. Masalan: Muassasa rahbarlari o‘z muassasalardagi hodimlarning ish faoliyatini qoniqarli emasligini nazarga olib, pedagoglar jamoa oldiga faoliyatlarini har tomonlama yaxshilash masalasini quyishlari mumkin. Shu munosabat bilan pedagoglar kengashi muhokamasiga quyidagi dokaladlarni kiritish mumkin:
- «Dars sifatini yaxshilash choralari»;
- «Bolalar bilimini har kuni hisobga olib borish – ularni darslarini o‘zlashtirishini yaxshilash vositalaridan biridir».
Darslarni o‘zlashtirishni yaxshilash vazifasiga aloqador bo‘lgan bir qancha boshqa masalalarni pedagogik kengashda muhokama qilinadi.
Qayd qilib o‘tganidek, pedagogik kengashiga masalalarni to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Ba’zi holatlarda ikkinchi darajali masalalarni yoki kengashning vazifasiga butunlay taalluqli bo‘lmagan masalalarni muhokama qiladilar. Pedagogik kengash ishini uning yig‘ilishini 3-4 soatdan oshib ketmaydigan qilib rejalashtirish kerak. Shuning uchun rejani bir yig‘ilishda bir-ikkitadan ortiq masala muhokama etilmaydigan qilib tuzish kerak.
Keraksiz paralelizm bo‘lmasligi uchun qaysi masalalarni metodik birlashmalarida, qaysilarini ishlab chiqarish yig‘ilishlarida va qaysi masalani pedogogik kengashda muhokama qilish kerakligini ham aniq belgilab olish zarur.
Shu bilan birga, belgilangan masalalarni qanday muhokama qilishni, bu muhokama oldindan qanday ishlar qilinishi kerakligini puxta O‘ylab olish kerak. Boshqaruvchi o‘quv yilining boshida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib beruvchi doklad, o‘quv yilining oxirida esa hisobot dokladi qiladi.
Pedagogik kengashi majlisi muhokamasiga qo‘yilgan masalalar bilan kengash a’zolari yozma dokladlar yoki ularning tezislarini ko‘rib oldindan tanishib chiqishlari lozim.
Har bir kengash a’zosi kun taritibidagi masalani muhokama qilishda faol qatnashibgina qolmay, yil davomida biron aktual ta’lim-tarbiyaviy masalaga ma’ruza yoki qo‘shimcha ma’ruza qilishi lozim.
Yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan pedagoglar kengash majlislari jonli, qiziqarli va natijali o‘tadi.
Pedagoglar kengashida, biron yaxshi tajribani ko‘rsatish maqsadida qO‘lga kiritilgan yutuqlarni muhokama va tahlil qilish lozim. Bu holat jamoa o‘rtasidagi psixologik iqlimning yaxshi bo‘lishga va ularning g‘oyaviy-siyosiy va dunyoviy bilimlarini shakllantirishga asos bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |