Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti kurs ishi mavzu: umum ta’lim maktablarda futbol bo’yicha musobaqalarni tashkil va o‘tkazish hamda hamkorlik qilsh. Topshirdi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
KURS ISHI MAVZU:UMUM TA’LIM MAKTABLARDA FUTBOL BO’YICHA MUSOBAQALARNI TASHKIL VA O‘TKAZISH HAMDA HAMKORLIK QILSH.
TOPSHIRDI:_______________________________________________
QABUL QILDI:______________________________________________
TOSHKENT-2022
MAVZU:UMUM TA’LIM MAKTABLARDA FUTBOL BO’YICHA MUSOBAQALARNI TASHKIL VA O‘TKAZISH HAMDA HAMKORLIK QILSH.
KIRISH. Asosiy qisim. 1. Futbolni o‘quvchilarga o‘rgatish qonuniyatlari.
2.Fudbol o’ynash texnikasini o’rgatish.
3.Maktab bolalari bilan fudbol musobaqa o’tkazish nizomini tushuntirish.
4.Maktab o’quvchilarni bo’lajak musobaqalarga tayorlash va xakamlik qilsih.
5.Xulosa .
6.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
MUNDARIJA: KIRISH……………………………………………………………………..
Asosiy qisim………………………………………………………………………..
1.Futbolni o‘quvchilarga o‘rgatish qonuniyatlari.……………………………
2.Fudbol o‘ynash texnikasini o‘rgatish……………………………………………
3.Maktab bolalari bilan fudbol musobaqa o’tkazish nizomini tushuntirish…..........................................................................................................
4.Maktab o’quvchilarni bo‘lajak musobaqalarga tayorlash va xakamlik qilsih………………………………………………………………………………..
5.Xulosa …………………………………………………………………………….
6.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………………
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi XXI asr avlodi har jihatdan bilimdon, aqlli, qobiliyatli, har qanday murakkab vazifani bajarishga qodir bo‘la oladigan inson bo‘lib, etishishi davr talabi bo‘lib qoldi.Mustaqillikdan so‘ng futbol sport turining ommaviyligini keng targ‘ib qilishiga hamda futbolni rivojlantirish uchun qarorlar qabul qildi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov yoshlarga ishonch bildirib, “Kelajagimiz egalari yoshlar har jihatdan bilimli, axloqiy etuk, shaxs sifatida mukammal zamonaviy texnika va texnologiyani chuqur egallagan mutaxassis bo‘lish uchun hamma imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab, faqat chinakkam ma’rifatli odam mustaqil davlatimizni jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib, obruli o‘rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurashishi mumkin”, deb aytgan edilar. Mamlakatimizda futbol sport turini rivojlantirish haqida ko‘plab Prezident Farmonlari va Hukumat Qarorlari qabul qilindi. Bu qabul qilingan qarorlari aholi salomatligini yaxshilash, o‘quvchi-yoshlar va talabalarning jismoniy barkamolligini tarbiyalash, futbol o‘yining ommaviyligini oshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan muhim muammolarni hal etishga qaratilgan. 1993 yil 18 martdagi 144 – sonli ”O‘zbekiston Respublikasida futbolni keyingi istiqbollarini belgilash to‘g‘risida”gi qarori, 1996 yil 17 yanvardagi 27–sonli “O‘zbekistonda futbolning rivojlantirsh tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 1998 yil 16 iyul 238 – sonli “O‘zbekistonida futbol taraqiyoti jamg‘armasini faoliyatini yaxshilash va uni qo‘llab quvatlash to‘g‘risida”gi qarori, 2006 yil 1 mayda “O‘zbekiston futbolni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 3 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2011 yil 19 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida 2011-2013 yillarda futbolni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2018 yil 16 martdagi PQ- 3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-sonli “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutloq yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari va Hukumat Qarorlari qabul qilindi. Bu qabul qilingan qarorlari aholi salomatligini yaxshilash, o‘quvchi-yoshlar va talabalarning jismoniy barkamolligini tarbiyalash, futbol o‘yining ommaviyligini oshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan muhim muammolarni hal etishga qaratilgan.
O‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat hayotida faol ishtirok etadigan, har tomonlama etuk va yuksak ma’naviyatli, komil insonlar etib tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Milliy istiqlol g‘oyasini amalga oshirish yo‘lida ishlab chiqilgan har qanday o‘quv qo‘llanma uzviyligi bilan davlat ta’lim standarti talablariga javob berish kerak. Jumladan, ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash bosh maqsad bo‘lishi kerak. Futbol sport turi jismoniy tarbiya va sport tizimida asosiy o‘rinni egallaydi. Futbol sport turi umumta’lim, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fan dasturlariga kiritilgan. Futbolning ommaviyligini oshirish maqsadida 2000-yillardan boshlab mamlakatimizda “kichik Olimpiada” maqomida o‘tkaziluvchi “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va“Universiada” kabi ko‘p bosqichli ommaviy sport musobaqalari joriy etildi va borgan sari nufuzli mavqega ega bo‘lib, iste’dodli sportchilarni halqaro va Olimpiya musobaqalariga olib chiqishda “ko‘prik” vazifasini o‘tab kelmoqda