Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti kurs ishi mavzu: umum ta’lim maktablarda futbol bo’yicha musobaqalarni tashkil va o‘tkazish hamda hamkorlik qilsh. Topshirdi



Download 67,5 Kb.
bet2/2
Sana07.07.2022
Hajmi67,5 Kb.
#755576
1   2
Bog'liq
O

Kurs ishning maqsadi. Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rganish.
Kurs ishning vazifalari:
1. Futbol sport turiga oid maxsus adabiyotlarning tahlil qilish.
2. Yosh futbolchilarni taktik tayyorgarlik tomonlarini nazorat qilish.
3. Yosh futbolchilarni musobaqa faoliyatini nazorat qilish orqali, hujumkor taktik tayyorgarliklarini shakllantirish.

Barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib, yakdil va ahil bo‘lib harakat qilsak, halolpok bo‘lib, yaxshi niyat bilan mehnat qilsak, har qanday marralarni egallashga, boshqacha aytganda, tariximizning yangi sahifasini yaratishga qodir xalqmiz. Sh.M.Mirziyoyev.


Kirish.
Jonajon O‘zbekistonimiz yangi o‘n yillikka qadam qo‘ymoqda. Erishgan natijalarimiz tarixga aylanib, oldimizda yangi-yangi o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha ulkan vazifalar va imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Shu bois, bugun Sizlar bilan birgalikda mamlakatimizni 2020-yil va kelgusi 5 yilda rivojlantirish bo‘yicha, ustuvor yo‘nalish va vazifalarni belgilab olishimiz lozim - deb ta`kidlab oʻtdi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev.1 Darhaqiqat bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida ta`lim tizimini rivojlantirish, ta`lim sifatini oshirish, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasi davlat siyosatining eng muhim ustuvor masalalariga aylangan. Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko‘tarish maqsadida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yurtimizda 2020-yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berish taklif etildi va bu Oliy Majlis deputatlari hamda senatorlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. 2020-yil nomida belgilangan sohalarni ustuvor darajada rivojlantirish va isloh etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Xususan, bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini joriy yilda 60 foizga yetkazishimiz zarur. Ushbu maqsadlarga shu yilning o‘zida byudjetdan qariyb 1,8 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi. Bu yildan boshlab, tariximizda ilk bora 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimi joriy qilinadi. Bunga byudjetdan 130 milliard so‘m ajratilib, bu jarayonda xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari ham bevosita ishtirok etadi. 2020-yilda byudjetdan ajratiladigan 1,7 trillion so‘m mablag‘ hisobidan 36 ta yangi maktab qurilib, 211 tasi kapital ta’mirlanadi. Shuningdek, 55 ta xususiy maktab tashkil etilib, ularning soni 141 taga yetkaziladi. Pedagogik mahorat va malaka darajasiga ega bo‘lgan, o‘z ishida aniq natijalarga erishgan o‘qituvchilarga yuqori maosh to‘lash tizimini joriy etamiz. Maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 24.01.2020 yil. 4 2021-yilgi xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish uchun 348 ta tayanch maktab belgilanib, 6 mingdan ortiq o‘qituvchining malakasi oshiriladi. Joriy o‘quv yilidan boshlab mutlaqo yangi professional ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilib, 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil etiladi. Kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida milliy malaka tizimi ishlab chiqiladi. Ushbu tizim 9 mingga yaqin kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash imkonini beradi. Oliy ma’lumot olaman, o‘z ustimda ishlab, ilmli bo‘laman, degan, yuragida o‘ti bor, jo‘shqin yoshlarimizning tahsil olishi uchun hamma qulayliklarni yaratishimiz shart. Shuning uchun maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2020-yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkazish rejalashtiriladi. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlanishi ayniqsa Respublikamizning mustaqilligidan keyingi davrda jadal sur’atga ko‘tarildi. Mustaqil O‘zbekistonimizda sog‘lom avlodni tarbiyalash hamda ta’lim-tarbiya jarayonini samarali olib borilishida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport” to‘g‘risidagi qonuni (05.09.2015 yil), “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni (29.08.1997 y), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (29.08.1997 y), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031-sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi PF-5368-sonli “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi PQ-4063-sonli “Yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 29 yanvardagi 65- sonli “Oʻzbekistonda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish toʻgʻrisida”gi Qarori hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga tegishli qarorlar, shuningdek o‘tkazilayotgan tub islohotlarning o‘rni muhim ahamiyatga egadir. Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimiz sportchilarining Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida uch bosqichdan 5 iborat «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» sport musobaqalarini ommalashib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir.

1.Futbolni o‘quvchilarga o‘rgatish qonuniyatlari.



Download 67,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish