Toza (sof) moddalar – Faqat bir xil molekuladan (bir xil zarrachalardan) hosil bo‘lgan moddalar. Masalan: H2O – suv (distillangan), C12H22O11 – shakar, H2SO4 – sulfat kislota, O3 – ozon, S – oltingugurt, Fe – temir, Au – oltin, CO2 – karbonad angidrid, CH4 – metan, NH3 – ammiak, CaCl2 – kalsiy xlorid va h.z. Toza moddalar molekulasi tarkibiga qarab 2 guruhga bo‘linadi: a) Oddiy moddalar, b) Murakkab moddalar
Aralash moddalar (aralashmalar) – Har xil molekulalardan (har xil zarrachalardan) hosil bo‘lgan moddalar. Masalan: Dengiz suvi, qaldiroq gaz, havo, neft, tuproq, un, bromli suv, ohakli suv, jez, latun, po‘lat, cho‘yan, shisha, plastmassa, choy, vodoprovod suvi, vino, pivo, kvas, aroq, yog‘ va moylar, benzin, vazelin, bo‘yoqlar, sharbat, dorilar, zar suvi, namakob, kofe va h.z. Aralash moddalar ham o‘z navbatida 2 guruhga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |