Metallar – Bolg‘alanadigan, yaltiroq, issiqlik va elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan moddalar. Davriy sistemadagi yuqoridagi 22 ta elementdan boshqa barcha elementlar metallar. Ulardan 1 tasi (Hg – simob) odatdagi sharoitda suyuqlik, qolganlari qattiq moddalar.
*texnik namuna deb tarkibida ko‘p miqdorda qo‘shimchalar tutuvchi moddaga aytiladi.
M: texnik osh tuziga tuproq, qum va hokazo boshqa qo‘shimchalar aralashgan bo‘ladi
7 § ga qo‘shimcha
*qaldiroq gaz 2H2+O2 tarkibga ega bo‘lib, u oddiy modda(lar aralashmasi) hisoblanadi.
*allotropiya hodisasi kelib chiqishining ikkita sababi bor:
1) molekuladagi atomlar sonining turlicha bo‘lishi (kislorod-O2 da ikkita atom va ozon-O3 da uchta atom)
2) modda tarkibidagi zarrachalarning o‘zaro bog‘lanish tabiati (ya’ni kristall panjarasi)ning turlichaliligi (oq fosfor-molekulyar kristal panjarali (kristall panjara tugunlarida molekulalar joylashgan), qizil fosfor atom kristall panjarali (kristall panjara tugunlarida atomlar joylashgan))
*quyidagi elementlar allotropik shakl o‘zgarishlarni hosil qiladi: uglerod (olmos, grafit, karbin, fullerin (birinchi ikkitasi tabiiy, keyingi ikkitasi sun’iy)), kislorod (kislorod, ozon), oltingugurt (rombik, plastik, monoklinik), selen va tellur (amorf va kristall shakllar), fosfor (oq, qizil, qora, binafsha), surma (kulrang, sariq, qora va portlovchi), mishyak (kulrang, sariq, qora), qalay (oq va kulrang), litiy, natriy, berilliy (α va β-shakllar), xrom, marganes va temir (α, β va δ-shakllar)
*moddaning sifat tarkibi deganda uning qanday elementlardan tashkil topganligi tushuniladi.
M: suv sifat tarkibiga ko‘ra H va O elementlaridan tashkil topgan;
Turli moddalarning sifat tarkibi bir xil bo‘lishi mumkin, masalan vodorod peroksid (H2O2) va suv (H2O) sifat tarkibiga ko‘ra bir xil elementlar (H va O)dan tashkil topgan, lekin ularning miqdoriy nisbati har xil.
*moddaning miqdoriy tarkibi deganda uni tashkil etuvchi elementlarning qanday miqdoriy birliklarda ekanligi tushuniladi.
M: suv miqdoriy tarkibga ko‘ra 2 mol H hamda 1 mol O elementlaridan tashkil topgan yoki 2 gr H va 16 gr O dan.
H2O2 – vodorod peroksid va H2O – suvning sifat tarkibi bir xil, lekin ularning miqdor tarkibi har xil.
8 § ga qo‘shimcha
*sublimatlanuvchi moddalarga: “quruq muz” (qattiq holatdagi CO2), yod va naftalin kabilar kiradi.
*sublimatlanish qattiq→gaz va gaz→qattiq sxemalari bo‘yicha sodir bo‘ladi. (shuning uchun qattiq↔gaz sxemasi keltirilgan)
Sonlarning yunoncha o‘qilishi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |