Sinf o'qish darslarida,,Bahor manzarasi’’ bo’limni o’tish metodikasi Mundarija Kirish I bob sinf o'qish darslarini tog’ri tashkil etish haqida umumiy ma’lumotlar va zamonaviy metodlardan foydalanish
3 sinf o'qish darslarida ,,Bahor manzarasi’’ bo’limni o’tish metodikasi Mundarija Kirish I bob. 3 sinf o'qish darslarini tog’ri tashkil etish haqida umumiy ma’lumotlar va zamonaviy metodlardan foydalanish 1.1. 3 sinf o'qish darslarini tog’ri tashkil etish haqida umumiy ma’lumotlar
1.2. 3 sinf o'qish darslarini tog’ri tashkil etishda zamonaviy metodlardan foydalanish
II. bob. 3 sinf o'qish darslarida ,,Bahor manzarasi’’ bo’limni o’tishda interfaol metodlardan foydalanish va pedagogik txnologiyalardan foydalanish 2.1. 3 sinf o'qish darslarida ,,Bahor manzarasi’’ bo’limni o’tishda interfaol metodlardan foydalanish
2.2. 3 sinf o'qish darslarida ,,Bahor manzarasi’’ bo’limni o’tishda pedagogik txnologiyalardan foydalanish
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH XXI asrning ikkinchi 10 yilligida ijtimoiy hayotning boshqa sohalari kabi ta`limtarbiya sohasiga ham davlat ahamiyatiga molik masala sifatida alohida ahamiyat qaratildi. Insoniyatning ehtiyoj va talablari, jismoniy va ma`naviy yuksalishi respublikamiz davlat siyosatning markaziga chiqarilgan bo`lib, hozirgi kunda davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning ta`lim-tarbiya borasida olib borayotgan ishlarida yaqqol namoyon bo`lmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.
Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947- sonli “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi farmonida uzluksiz ta`lim tizimini yanada takomillashtirish yo`lini davom ettirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy va innovatsiyon yutuqlarni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish ta`lim tizimi sohasidagi ustivor yo`nalishlar sifatida belgilandi. Davlatimiz tomonidan ta`lim-tarbiya ishlari sifatini ko‘tarish ishlari amalga oshirila boshlandi.
“Ta`lim to`g`risida“gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“, ular asosida “Umumiy o‘rta ta`limning davlat ta`lim standarti”larini, darsliklarni takomillashtirish ishlari boshlab yuborildi. «Ta`lim to`g`risida»gi Qonunda “Davlat ta`lim standartlarini bajarish O`zbekiston Respublikasining barcha ta`lim muassasalari uchun majburiydir”1,- ekanligi ta`kidlab ko‘rsatilgan.
Boshlang‘ich sinflarda o`qish darslari o’z vazifalarini belgilab olishda ta’lim
sohasidagi davlat hujjatlariga tayanadi. Keyingi yillarda mustaqillik sharofati bilan
ta’limni tubdan isloh qilish davlat siyosatining asosiy yo’nalishiga aylandi. “Ta’lim
to‘g‘risida”gi qonun va shu asosda yaratilgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
buning yorqin dalilidir.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy- axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim sohasini tubdan isloh qilish,
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratish asosiy
maqsad qilingan.
Ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar o`qish darslarining sifatini ko`tarishda bir qator imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Bu yangiliklardan ko’plari maktablarda amaliyotga tatbiq qilinmoqda, ba’zilari hozircha sinovdan o’tkazilmoqda. O`qish darslari jarayonida bolaning fikrlash qobiliyatini o’stirish, mustaqilligini va o’quv ishlari jarayonidagi aqliy faolligini oshirish vazifalari hal qilinmoqda.
Respublikamizda umumiy o’rta ta’limning davlat ta`lim standartida boshlang`ich sinf o‘quvchilarining o‘qish predmetidan o‘qish texnikasi, matn mazmunini va o’zgalar fikrini anglash malakasi, fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi bo’yichabilim, ko’nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berildi. Bu talablarniamalda bajarish ta’lim jarayoniga yangicha o’qitish texnologiyalarini tatbiq etishni taqozo qildi.
Hozirda o‘quvchilarga o`qish darslarida bilim berish, bilimlarni oshirishda
o`quvchilarni mustaqil faoliyatga yo`llash bo`yicha metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqilmoqda, texnik vositalardan unumli foydalanish, ta’limiy o’yinlarni joriy etish keng tus olmoqda, ta’lim jarayonida test topshiriqlaridan, turli boshqotirma va jadvallardan foydalangan holda mashg’ulotlar uyushtirilmoqda.
O‘qish darslarida badiiy asar tahlilida adabiyot nazariyasiga asoslaniladi, chunki o‘quvchilar badiiy asarni amaliy tarzda tahlil qiladilar, ularga adabiyotshunoslikdan nazariy ma’lumot berilmaydi, ammo metodika adabiy asarning yaratilish qonuniyatlarini, ularning o‘quvchilarga ta’sirini, ayniqsa, adabiyotshunoslikka oid mavzulardan asarning g’oyaviy mazmuni, uning mavzusi va syujeti, kompozitsiyasi, janri, tasviriy vositalarini hisobga olishi zarur.