sekin sovib boradi. To’satdan bir daraja sovuq bo’ladi” jumlasining o’zida
uch marta sovuq so’zi qo’llangan.
Mavsumiy mavzudagi asarlarning hammasini badiiy jhatdan yuqori
saviyada yozilgan deb bo’lmaydi. Ularni tanlaydigan olim asarlarning
mavzusi bilan birga shakl tomoniga diqqatini qaratishi zarur.
Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinf o’qish dasturi va darsliklarida
mavsumiy mavzularga katta e’tibor qaratilgan va yaxshigina o’rin berilgan.
Mavzuga doir tanlangan asarlar ham o’quvchilarga yetarli bilim beradi,
tabiatga mehr va uni asrash hissini uyg’otadi. Tanlangan asar badiiy jihatdan
ham yuqori savida bo’lib, ular o’quvchilar hissiyotiga kuchli ta’sir qiladi,
ularni hayajonga soladi. Masalan, Anvar Obidjonning “So’nggi axborot”
she’ri (3-sinf), ”Nihollarning nolasi” (X.To’xtaboev) hikoyasi (4-sinf)
o’quvchi ruhiyatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Matnlarda qo’llangan badiiy
vositalar o’quvchilar nutqini boyitadi va bog’lanishli nutqini o’stiradi.
Boshlang’ich ta’limda mavsumiy mavzularni o’rganishda pedagogik
texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarning mustaqil fikrlashlariga, ijodiy
qobiliyatlarining o’sishiga, nutqini o’stirishga, o’qish ko’nikmalarini
takomillashtirishga xizmat qilishi lozim.
Maktabda mavsumiy mavzularni o`rganish darslarini Bahoratdik.
O`qituvchilar o`quvchilarning tasavvurini kengaytirish maqsadida tabiat
tasvirlangan rasmlardan, turli o`simliklar,gullar, bog va dala mahsulotlari 10
rasmlaridan foydalandilar. Topishmoqlar, maqollar aytdilar. O`quvchilarni
ham izlanishga undadilar. O`quvchilar tabiat tasvirini chizib, uning
mazmunini kitobdagi materiallardan foydalanib so`zlab berdilar. Ltrby biror
marta ham tabiatga ekskursiya uyushtirilmadi.
Qish fasli haqidagi bo`limlar o`rganilganda ko`proq qishki ta’til,
bolalarning qishki o`yinlari, yangi yil, qorbobo, hayvon va qushlarni qishdagi
hayoti haqida suhbatlar uyushtirildi.
2-sinf dasturida Bahorda, qishda, bahorda, yozda tabiatga sayr va sayohat
uyushtirish haqida tavsiya berilgan, lekin dars jarayonida, undan keyin
o`quvchilar sayohatga olib chiqilmadi. Dasturda insho, bayon yozish haqida
topshiriq berilishi ko`zda tutilgan. O`quvchilar inshosi ko`zdan kechirilganda,
ijodiy ishda har doimgi gaplar ifoda etilgan. Ishda badiiylik yetishmaydi.
O`quvchilarning tabiat haqidagi bilimlarini aniqlash maqsadida og`zaki
suhbat o`tkazildi, test olindi, yozma ishlar uyushtirildi. Nazorat natijalari
shuni ko`rsatdiki, o`quvchilarning o`rtacha o`zlashtiruvchilari 60 foizni tashkil
etdi. Biz uyushtirgan noan’anaviy darsdan so`ng natijalar ancha yuqori
ko`rsankichni ko`rsatdi. Xulosa qilib, aytish mumkinki, mavsumiy mavzularni
o`tish usullari takomillshtirishni taqozo etadi.
1.2. 3 sinf o'qish darslarini tog’ri tashkil etishda zamonaviy metodlardan foydalanish
Bolalarga maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg’usi
shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo’ladi va bu orqali
o’quvchilar ma’naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bolalarda kelajakka intilish, orzuhavas, mehnatga va bilim olishga chanqoqlik, xayr-u ehsonda sofdillik, onaVatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy g’urur, matonat, mehr-oqibat, do’stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo’ladi. Badiiy asarlar shunday yuksak hislarni tarkib toptiruvchi asosiy omil sanaladi.
Ma’lumki, badiiy asar matni ustida qilinadigan tahlil ishlari asar mazmunini
to’liq o’zlashtirishga qaratiladi. Ular o’quvchilarning jamiyat va borliq haqidagi
bilimlarini boyitib, o’qish ko’nikmalarini takomillashtiradi. Asar tili, badiiy
vositalari ustida ishlash o’quvchilarning nutqini o’stiradi, asar qahramonlariga
tavsif berish o’quvchi shaxsini tarbiyalaydi. Demak, o’qish darslarida badiiy asar
ustida ishlashning har bir yo’nalishi va bosqichi ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyat kasb
etadi.
Boshlang’ich sinflar kesimida mavsumiy mavzularni o’rganishga katta o’rin
berilgan. O`qish darslarida tabiat mavzusidagi badiiy asar matnida ustida ishlashda
o’quvchi va o’qituvchi faoliyatini to’g’ri tashkil etilishi, o’qitish usullari to`g`ri
tanlanishi taqozo etiladi.
O’qish darslarida mavsumiy mavzudagi asarlarni o’rganish o’quvchilarni
tabiat hodisalari bilan tanishtiribgina qolmay, ularning o`qish ko`nikmalarini
o`stiradi, lug`atini boyitadi, nutqini rivojlantiradi, tabiat uning uyi ekanligini, uni
muhofaza qilish burchi ekanligini anglashlariga yordam beradi.
Hozirgi kunda o’qish darslarida har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va
ilmiy metodik usullari ishlab chiqilgan bo`lib, ular zamonaviy o’qitish usullari
bilan boyitib borilmoqda.
Darsda o’quvchilarning faolligini oshiradigan, tasavvurlarini boyitadigan
usullar asarlarni janr tabiatidan kelib chiqib tanlanadi. Asarni o’qib tanishtirish,
o’quvchilarning o’zlariga ketma-ketlikda o’qitish, rollarga bo’lib o’qitish, asar tili
ustida ishlash, qahramonlarga tavsif berish, asarni qayta hikoya qildirish, ta’limiy
va tarbiyaviy xudlosa chiqarish ishlari hozirgi kunda maktablarda an`anaviy tarzda
amalga oshirilmoqda. Lekin ularni tashkil etishda ilg’or innovatsion
texnologiyalardan foydalanish ishlari ishlab chiqilishni davr talabi deb
hisoblaymiz.
Boshlang’ich sinfda mavsumiy mavzudagi asarlardagi yozuvchi ilgari
surayotgan g’oyani bolalar to’g’ri anglashlari uchun qo’yidagi tamoyillarga to’liq
amal qilinishi zarur:
1. O’qishni tabiatda yuz beradigan jarayonlar bilan bog’liq holda tashkil
etish.
2. O’qishning ongli va ta’sirchan bo’lishi uchun o’quvchilarning tabiat
haqidagi hayotiy tajribalariga, taassurotlariga tayanish.
3. Tabiat mavzusidagi asarlarni o’qishni ko’rgazmali tashkil qilish, tabiatga
ekskursiyalar uyushtirish, hayvonot olami va o’simliklar dunyosini Bahoratish,
rasmlar, jadvallar, predmetlar foydalanish lozim.
Mavsumiy mavzudagi asarlarning har biri o’ziga xos shakl, uslub va
mazmunda bo’lgani uchun o’ziga xos usulda o’qib-o’rganishni taqozo qiladi.
Ma’lumki, mavsumiy mavzudagi asarlar ham bir dars davomida bosqichmabosqich o’rganiladi. Bilamizki, avvalo o’quvchi asarni o’qishga tayyorlab olinishi
kerak. Tabiat mavzusidagi asarlarni o’rganishda tabiat tasviriga doir rasmlar ustida
ishlash, tabiat bag’riga sayohat, tabiat va Bahordagi bayramlar haqidagi kinofilmlar
namoyishi bolalarni Bahoratuvchanlikka o’rgatadi. Televizorda fasllar boshlanishi
bilan “Tabiat manzaralari” ko`rsatiladi. SHulardan foydalanish mumkin. Masalan,
“Oltin Bahor”, “Mehrjon sayli” “Olma”, “Xazonchinak” ilmiy-ommabop va badiiy
asarlarni o’rganishda slaydlardan foydalanish mumkin.
Badiiy asarni o’rganishning har bir bosqichida o’quvchilarni faollashtiradigan, mustaqil fikrlashini ta’minlaydigan innovatsion
texnologiyalardan foydalaniladi.
4-sinfda “Yoz o’tadi –soz“ bo’limida “Yoz“ she’ri, “Bobomning sovg’asi“
hikoyasi ,“Non qayerdan keladi?“, “Oydin kecha“, “Nihollarning nolasi“, “Suv
bilan suhbat“, “Quyosh sevgan yurt“ asarlari o’rganiladi. Asar bilan tanishtirish va
o’quvchilarga ifodali o’qish namunasini ko’rsatish uchun aktyorlarning audiovideo tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi samara beradi. X. To’xtaboevning “Nihollarning nolasi“ hikoyasi badiiy o’qish metodida audiovideo tasmalar orqali eshittirilsa, o’quvchilarga voqealarning ta’siri kuchli bo’ladi,
ular emotsional zavq oladilar, o’qiganda eshitganlariga taqlid qiladilar. Mavsumiy
mavzudagi asarlarni o’rganishda asosiy diqqat badiiy tasvirlarga qaratilishi lozim.
Badiiy tasvir joy tasviri, tabiat tasviri, inson tasviri, qush va parrandalar tasviri,
hayvonlar tasviri bo’lishi mumkin.
4-sinfda “Zumrad bahor“ bo’limida berilgan asarlar matnida tabiat tasviriga
bag’ishlangan o’rinlar, badiiy tasvir vositalari ko’p qo’llangan. Ular
o’quvchilarning bahor fasli haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi. 4-sinfda
o’quvchilari tasviriy vositalar ustida mustaqil ish metodida ishlashlari mumkin.
Ya’ni ular badiiy matndan mustaqil ravishda badiiy vositalarni topadilar, ularning
vazifasini, ular ifodalagan ma’noni izohlaydilar. Badiiy vositalardan qayta
hikoyalash jarayonida o’z nutqlarida foydalanadilar. O’quvchilarning badiiy
matndagi tasviriy vositalarni aniqlashlari va izohlashlari uchun o’qituvchi
yo’llovchi savollar berib boradi. Agar o’qituvchi 1 -3-sinflarda jonlantirish,
o’xshatish, mubolag’a, tabiat tasviri, insonlar tasviri ustida ishlagan bo’lsa,
o’quvchilarga ular haqida amaliy ma’lumot bergan bo’lsa, o’quvchilar qiynalmay
topa oladilar.
Farhod Musajonovning “Sahiy bog’bon” hikoyasi, Xudoyberdi
To’xtaboyevning “Erkacholning o’rigi ” hikoyalari o’quvchilarda katta qiziqish
o’yg’otadi. Farhod Musajonovning “Sahiy bog’bon” hikoyasida gulning ochilishi
tasviri berilgan: “Ko’chat gurkirab o’sa boshladi. Ko’p o’tmay g’unchaning uchi
yorilib, qip-qizil gul ko’rina boshladi. Oldiniga u kichkina edi, uch kundan keyin
esa piyoladek keladigan qip-qizil atirgulga aylandi. Atirgul shunday chiroyli ediki,
Odiljon qarab to’ymasdi“.
Xudoyberdi To’xtaboevning “Erkacholning o’rigi ” hikoyasi matnida holat
tasviri: Yuragim hapriqib ketdi. SHirin-shirin entika boshladim.
Suhbatdoshlarimga qayta-qayta tikilaman, yuz-u ko’zlarida yeyayotgan
o’riklaridan olayotgan huzurdan o’zga ifodani sezmayman“, xalq hikmati: “mol
yotganda emas, yeganda semiradi“, o’xshatish: “Sutga to’ymagan qo’zi onasining
orqasidan qolmagandek, erta-yu kech bobomning ortidan ergashib yurardim“,
tabiat tasviri: “Hali-hali esimda, erta bahor, yerdan nam ketib ulgurmagan, tuproq
ham xamirdek ko’pchib turibdi. Tepalikning kungay tomonida chuchmomalar
yerni yorib chiqa boshlagan, havo ham xiyla ayoz bir palla edi.“, erkalash: “Yo’q,
bo’talog’im, hammasini ekib ketganimiz yaxshi“, ko’chma ma’noli so’zlar:
“Rahmatli bobom o’sha yili ham, keyingi paytlarda ham hurjunning ikki ko’ziga
ikki ko’zani solib, tepalikka suv tashigani tashigan edi“, qahramon tasviri: “Yoshi
yetmishlarga borib qolgan, baland bo’yli, tik qomatli, tarashadek qotma, cho’ziq
yuzli, serzarda va eng muhimi, tinib-tinchimas kishi edi“10 kabilar qo’llangan.
Yuqoridagi badiiy vositalar ustida ishlashda samarali usullar qo’llansa,
o’quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlari o’sadi. Birinchi navbatda, hikoya
mazmuni, voqealar rivoji, qatnashuvchilarning xatti-harakati tahlil qilinadi. Bunda
qahramonlarning xatti-harakati va xarakteriga xos xususiyatlari ularning yashash
sharoitlari bilan bog’liq holda qaraladi. Bunday hikoyadagi badiiy tasvirga alohida
e’tibor bilan qaralib, savol va topshiriqlar asosida tahlil qilinadi.
X.To’xtaboyevning “Erkacholning o’rigi” hikoyasi ustida ishlashda
“Qoraqandak” o’rigiga, Erkacholga berilgan tasvirning badiiy jihatlarini tahlil
qilish asosiy o’rinni egallaydi. O’qituvchi o’quvchilar diqqatini “fikrlarning
mazasini” shimayotgandek, “tik qomatli, tarashadek qotma, cho’ziq yuzli,
serzarda, tinib-tinchimas” kabi so’z va iboralarga qaratishi lozim. Bunda
X.To’xtaboyevning “Erkacholning o’rigi ” hikoyasi matni qismlarga bo’linadi
o’quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruhga alohida savol va
topshiriqlar beriladi. Badiiy asar matnidan kelib chiqib, tahlil usullari tanlanadi.
Tabiat mavzusidagi asarlarni o`qishda o`quvchilarni jonli tabiat bilan bog`lash
lozim. Shunday o`quv topshiriqlari ishlab chiqish kerakki, o`quvchi tabiatdan,
hayotdan shunday holatlarni topsin va Bahoratsin, o`zi muayyan xulosalar chiqarsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |