Sinf o'qish darslarida,,Bahor manzarasi’’ bo’limni o’tish metodikasi Mundarija Kirish I bob sinf o'qish darslarini tog’ri tashkil etish haqida umumiy ma’lumotlar va zamonaviy metodlardan foydalanish


I bob. 3 sinf o'qish darslarini tog’ri tashkil etish haqida umumiy ma’lumotlar va zamonaviy metodlardan foydalanish



Download 38,91 Kb.
bet2/5
Sana09.04.2022
Hajmi38,91 Kb.
#539740
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 sinf o\'qish darslarida ,,Bahor manzarasi’’ bo’limni o’tish metodikasi

I bob. 3 sinf o'qish darslarini tog’ri tashkil etish haqida umumiy ma’lumotlar va zamonaviy metodlardan foydalanish
1.1. 3 sinf o'qish darslarini tog’ri tashkil etish haqida umumiy ma’lumotlar
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’rganiladigan asarlar kichik yoshdagi
o’quvchilarda imon-e’tiqod tuyg’ularini shakllantirish, vatanga muhabbat
uyg’otish, o’zligini tanish orqali olamni tanishga yo’llash maqsadlariga xizmat
qiladi. O’qish bolalarning nutq boyligini oshirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol
toptirish, mustaqil fikrlashga o’rgatishning muhim omilidir. Shuning uchun ham
o’qish boshlang’ich ta’lim tizimida muhim o’quv predmeti, ta’lim berish, kamol
toptirish va tarbiyalash, o’qish ko’nikmalarini bilan qurollantirish vositasi
hisoblanadi.
Boshlang’ich ta’lim davlat ta’lim standartining ”Boshlang’ich ta’lim
sohalarining maqsad va vazifalari”da “Ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish
faoliyatlarini kengaytirishga, erkin fikrlay olishi, o‘zgalar fikrini anglashi, o‘z
fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishi, jamiyat a’zolari bilan
erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat
qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini
uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi”4,- deyilgan. Boshlang’ich ta’lim
ona tili ta’limi doirasiga o’qish predmeti ham kiritiladi. Demak, bu vazifa ta’lim
tizimini uyushtiruvchi o’qish darslariga ham taalluqlidir.
O’qishga o’rgatishning muhim vazifalari sifatida dasturda quyidagilar
ko’rsatilgan:
- o’quvchilarning boshlang’ich o’qish malakalarini (to’g’ri, tez, ongli va
ifodali o’qishni) takomillashtirish;
- bolalarni o’qigan asarlarining adabiy-estetik xususiyatlarini chuqur idrok
etish, ularni tasvirlangan voqea-hodisalar mag’zini chaqish, muayyan xulosalar
chiqarishga tayyorlash;
- bolalarda yuksak axloqiy sifatlarni va nafosat tuyg’usini tarbiyalash;
-o’quvchilarni matn ustida ishlashga o’rgatish;
- o’quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish. Bu vazifalarni
amalga oshirishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanishga o’z-o’zidan
zarurat seziladi.
Boshlang’ich sinflarda mavsumiy mavzularni o’rganishning hozirgi holatini
o’rganish bevosita shu mavzudagi o’quv materiallarining sifati, o’quvchilar yoshi
va saviyasiga mosligi, o’rganish metodikasining qaydarajada yaratilganligi va
uning tatbiqi bilan asoslanadi.
Boshlang’ich sinf o’qish dasturida o’qish mavzularini berishda mavsumiy va tadrijiylik tamoyili hisobga olingan. Dasturda “1 -sinfning o’quv yili oxirida bolalar vatan va uning tabiati, insoniy qadriyatlari haqida kichik-kichik asarlarni
o’qiydilar. 2-sinfda shakl va mazmun jihatdan uncha murakkab bo’lmagan vatan,
ona tabiat, istiqlol, kishilarning hayoti va mehnati, ahloqiy munosabatlar haqidagi
asarlar bilan tanishadilar. 3 va 4-sinflar o’qish mavzulari ko’lami ancha kengaydi...
O’qish darslari oldiga qo’yilgan tarbiyaviy vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi
darsda badiiy asar matni ustida ishlash bilangina bog’liq bo’lib qolmay, balki
bolalarni qurshab olgan hayot, tabiatdagi turfa o’zgarishlar, ekologik vaziyat,
ijtimoiy foydali mehnat bilan ham o’zaro bog’liq bo’lishi lozim”ligi ta’kidlanadi.
Boshlang’ich sinf o’qish dasturi talabidan kelib chiqqan holda “O’qish
kitobi“dagi o’rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo’lib, ular ona
tabiat, yil fasllari, xalq og’zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari,
milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan.
“O’qish kitobi“dagi mavsumiy mavzular nomi va ularga kiritilgan asarlar sinfdan
sinfga o’tgan sari murakkablashtirilib boriladi. Bir mavzu doirasida asarlar ham
hajm jihatdan, ham syujetining murakkablashib borishi bilan ajralib turadi.
Mavsumiy mavzudagi asarlarni o’rganish jarayonida o’quvchilar ona tabiat,
atrofimizni o’rab turgan olam, uning inson salomatligiga ta’sirini bilib boradilar.
1 -sinf “O’qish kitobi“da5 bittagina tabiat mavzuga doir bo’lim bo’lib, u
”Ko’klam – yashardi olam” deb nomlangan. Unda 9 ta asar berilgan va bitta
bo’lim yuzasidan umumlashtiruvchi-takrorlash darsi ajratilgan. “ 2-sinf “O’qish kitobi“ga6 ”Oltin Bahor – hosiling yuz”, ”Kumush qish – misoli
oqqush”, ”Zumrad bahor – bahri-diling ochar”, ”Yoz – o’tadi soz” bo’limlari
kiritilgan. Bu sinfda mavsumiy mavzularga jami soat ajratilgan. ”Oltin Bahor –
hosiling yuz” bo’limida dastur talabiga ko’ra Bahor tabiatiga doir asarlar yordamida
Bahorda insonlar mehnati, ularning tabiatga munosabatlari haqida ma’lumot berish,
tabiatga sayr va sayohatlar asosida insho yozish rejalashtirilgan. Dastur talabiga
ko’ra ”Kumush qish – misoli oqqush” bo’limi orqali qish tabiati, dala va
bog’larning qishki ko’rinishi, o’quvchilarning qishki ta’tili kunlari, qishki o’yinlar
haqida ma’lumot beriladi.
3-sinf “O’qish kitobi“ga7 ”Bahor manzarasi va mehnat”, “Kumush qish“,
“Bahor manzarasi va mehnat“, “Yoz manzarasi va mehnat”, “Tabiatni seving va
asrang” bo’limlari kiritilgan. Bu sinfda mavsumiy mavzularga jami soat ajratilgan.
4-sinfda ”Oltin Bahor”8 bo’limida ”Saxovatli fasl” (Matn), ”Bahor”
(SH.Sa’dulla) she’ri, ”Qovun sayli” (SH. Sa’dulla) hikoyasi, ”Dehqon”
(S.Rahmon) she’ri; ”Kumush qish” bo’limida ”Qish to’zg’itar momiq par”
(Q.Hikmat) she’ri, ”Rangin qorlar” (Olloyor) ertagi, ”Qish” (T.Adashboev)
she’ri, ”Qor odamning sovg’asi” (O.Husanov) hikoyasi; “Zumrad bahor“
bo’limida Xudoyberdi To’xtaboevning “Erkacholning o’rigi ” hikoyalari,
Yusuf Xos Hojib “Bahor ta’rifida”, G’ayratiyning “Buzilmagan uya“, Qudrat
Hikmatning “Bahor“ she’ri, “Bayram urf-odatlari“, F.Musajonovning “Saxiy
bog’bon“ hikoyasi; “Yoz – o’tadi soz” bo’limida ”Yoz” (SH.Sa’dulla) she’ri,
”Oydin kecha” (Murod Xidir) hikoyasi, ”Nihollarning nolasi” (X.To’xtaboev)
hikoyasi, ”Suv bilan suhbati” (Z.Diyor) she’ri, ”Quyosh sevgan yurt”
(R.Tolib) ertagi o’qib o’rganiladi. Bu sinfda mavsumiy mavzularga jami soat
ajratilgan.
Tabiat mavzular sinfdan sinfga o’tgan sari murakkablashib borilishini
yuqorida ta’kidlab o’tdik. Lekin bo’limlarning nomlanishiga e’tibor qaratsak,
bo’lim nomlarining bir xil ifoda etilganini ko’ramiz. Bu, bir tomondan,
mavzuni ifodalashda tasvirlashni, ifodalashni qashshoq holatga keltirib
qo’ygan, ikkinchidan, o’quvchilarda ”Nima uchun bo’limlar bir xil
nomlangan? Demak, oldingi sinfda o’tilganlarni o’rganar ekanmiz” fikrni
tug’diradi. Nomlar ham bolalar yoshiga va idrok eta olish qobiliyatiga mos
bo’lishi, sinfdan sinfga murakkablashtirib borilishi lozim. kerak. Masalan, 2-
sinfda ham 4-sinfda ”Yoz – o’tadi soz”, 3-sinfda “Kumush qish“ va 4-sinfda
ham “Kumush qish“ kabi bir xil nomlangan. Aslida qo’yilgan mavzu nomi
ham o’quvchini o’ylatishi, o’zi tortishi, hayajonlantirishi lozim. SHuningdek,
mavsumiy mavzudagi ba’zi asarlar hajmi 1 -2-sinfda katta bo’lgani holda 3-
sinfda kichik. Masalan, 3-sinfda “Bahor kelganda” she’ri 6 misradan iborat
bo’lsa, 1 - sinf “Lola” va “Navro’z” she’rlari 12 misradan iborat. Darsliklarda
o’quvchilar uchun qiyinlik qiladigan asarlar ham bor. Masalan,3-sinfda
Abdulla Avloniyning “Yoz” she’ri biroz murakkab va hozirgi zamon nuqtai
nazaridan jo’nroq.(205- bet). 3-sinfning “Yoz manzarasi va mehnat”
bo’limlarda “Yettinchi olimpiya sport maktab-internati” (Mirzo Ahad)
hikoyasi, Anvar Obidjonning “O‘ktam avlod” she`ri mavzu bilan bog‘liq
emas. “Bahor manzarasi va mehnat” bo’limida kirish darsi uchun ikkita matn 9
berilgan. Biri nasriy “Oltin Bahor” va she’riy matn “Bahor kelganda” berilgan.
O’quvchi mavzu bir xilligini anglaydi, lekin matn tahlili ularga qiyinchilik
tug’diradi.
2-sinf “O’qish kitobi”da “Oltin Bahor – hosiling yuz” bo’limidagi asar 2-
sinf o’quvchilarining o’qish tezligiga mos emas, kishini hayajonga soladigan
badiiy matnlar tanlanmagan. Masalan, “Bahor”, ”Bahor tabiati”, ”Bahor
ne’matlari”, ”Hosil bayrami” matnlari mualliflar tomonidan yaratilgan, badiiy
asarlar emas. ”Bahor tabiati” matnida “Sovuq kun sayin kuchayib, iliq kunlar

Download 38,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish