Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1. Salomlashish.
2. Davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Darsning maqsadi:
o‘quvchilarni 9-sinfga mo‘ljallangan ,,Biologiya “ darsligi bilan tanishtirish;
darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari:
1.,, Odam va uning salomatligi “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 9-sinfdagi ,, biologiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:Suvda erimaydigan organik birikmalar lipidlar yoki yog‘lar deb ataladi. Bu guruhga mansub birikmalar turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Bulardan keng tarqalgani oddiy lipidlar — neytral yog‘lardir. Hayvonlarning neytral yog‘lari — yog‘lar, o‘simlik yog‘lari esa — moylar deb ataladi. Moylar odatdagi haroratda suyuq bo‘ladi.
Yog‘larning hujayradagi asosiy vazifasi energiya manbai sifatida namoyon bo‘lishidir. Yog‘larning kaloriyasi karbonsuvlarga nisbatan 1,5—2,0 barobar yuqori bo‘ladi. 1 g yog‘ning to‘liq parchalanishi natijasida 38,9 kj energiya ajralib chiqadi. Hujayradagi yog‘ning miqdori 5—15% atrofida bo‘ladi. Yog‘ to‘qimalarining hujayralarida yog‘ning miqdori 90% gacha boradi. Qishki uyquga moyil bo‘lgan hayvonlar organizmida yog‘lar ortiqcha miqdorda to‘planadi. Umurtqali hayvonlarning teri ostida ham yog‘lar to‘planib, u issiqni saqlash vazifasini bajaradi. Yog‘larning parchalanishidan hosil bo‘ladigan moddalardan biri suvdir. Bu metabolik suv cho‘l hayvonlari uchun o‘ta ahamiyatli hisoblanadi. Tuya o‘rkachida to‘plangan yog‘ energiya manbai emas (ko‘pincha shunday noto‘g‘ri tushuncha mavjud) balki suv manbai hisoblanadi. o‘simliklarning urug‘larida ham moylar zaxira modda sifatida ko‘pmiqdorda to‘planadi. Bularga moyli o‘simliklardan kungaboqar, zig‘ir, g‘o‘za, soya, maxsar va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. oddiy lipidlarning yana bir vakili mumlardir. o‘simlik va hayvonlar bu moddadan suvni yuqtirmaslik maqsadida foydalanadi. Mumdan asalarilar uya quradi. Tirik organizmlarning hujayralarida murakkab lipidlar ham muhim ahamiyatga ega. Bulardan biri fosfolipidlar bo‘lib, ular hujayra membranalari tarkibiga kiradi va ular membranalarning hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Lipidlar oqsillar bilan birikib lipoproteinlarni hosil qiladi. Lipoproteinlar transport (tashish) va qurilish (membranalarni) vazifasini bajaradi.
Murakkab lipidlarga glikolipidlar ham taalluqlidir. Bular hujayra membranalari tarkibida uchraydi. Lipidlarga yana bir guruh moddalar — steroidlar ham kiradi. Ular o‘simlik va hayvon organizmlarida keng tarqalgan. organik kislota va ularning tuzlari, steroidlar, jinsiy gormonlar, vitaminlar, xolesterol va boshqalar shular jumlasidandir. Bular bir qator muhim fiziologik va biokimiyoviy jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |