Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1. Salomlashish.
2. Davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Darsning maqsadi:
o‘quvchilarni 9-sinfga mo‘ljallangan ,,Biologiya “ darsligi bilan tanishtirish;
darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari:
1.,, Odam va uning salomatligi “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 9-sinfdagi ,, biologiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:Uglevodlar tabiatda keng tarqalgan organik birikmalar bo‘lib, ular umumiy Cn(H2o)m formula bilan ifodalanadi. «Uglevod» atamasining nomi tarkibidagi vodorod va kislorodning o‘zaro nisbati xuddi suv molekulasiga o‘xshashligidan kelib chiqqan.
Uglevodlar tirik organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega birikmalardir. Ular oqsillar, nuklein kislotalar va yog‘larni hosil bo‘lishda alohida ahamiyatga ega. Uglevodlarning ko‘pchiligi o‘simliklarda zaxira modda sifatida to‘planadi. Masalan, paxta tolasini, kanop o‘simligi po‘stlog‘ini selluloza deb ataluvchi polisaxarid tashkil qiladi. Kraxmal esa ildizmevali, tugunakli o‘simliklarda va donli o‘simliklarning urug‘larida zaxira modda sifatida to‘planadi. Hayvon hujayralarida uglevodlarning miqdori kam bo‘lib, 1—2% ni, ba’zan 5% ni tashkil qiladi. o‘simlik hujayralarida esa uglevodlar ko‘p miqdorda uchraydi va ayrim hollarda quruq massaning 95% dan (paxta tolasida) iborat bo‘ladi. Uglevodlar ikki xil: monosaxarid va polisaxaridlarga bo‘linadi. Monosaxaridlar oddiy uglevodlar yoki shakarlardir. Ulardan eng muhimlari glukoza (uzum shakari) va fruktoza (meva shakarlari) hisoblanadi. Glukozaning qondagi miqdori 0,1—0,12% ga teng. Riboza bilan dezoksiriboza ham monosaxaridlarga mansub va ular nuklein kislotalar tarkibida uchraydi. Ikkita monosaxariddan tashkil topgan birikma disaxaridlar deb ataladi. Bularga saxaroza (qand lavlagi shakari), maltoza (don shakari), laktoza (sut shakari) misol bo‘ladi. Ko‘p sonli monosaxaridlarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan murakkab uglevod polisaxaridlar deb ataladi. Kraxmal, glikogen, selluloza kabi moddalar polisaxaridlarga misol bo‘ladi. Paxta tolasi deyarli toza sellulozadan iborat. Bularning monomerlari glukoza hisoblanadi.
Polisaxaridlar tirik organizmlarda ikkita asosiy: qurilish va energetik vazifalarni bajaradi. Masalan, selluloza o‘simlik hujayrasining qobig‘larini hosil qilishda ishtirok etadi; murakkab tuzilishga ega bo‘lgan xitin moddasi hasharotlarning tashqi skeleti tarkibiga kiradi. Xitin zamburug‘ hujayrasi tarkibida ham uchraydi. Uglevodlar hujayraning asosiy energetik manbai hisoblanadi. 1 g uglevod parchalanganda 17,6 kj energiya ajralishi aniqlangan. o‘simliklarda kraxmal, hayvonlarda glikogen zaxira modda sifatidahujayralarda to‘planadi va bu moddalar ozuqa hamda energiya zaxirasi vazifasini o‘taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |