Sinf 9-a 9-b 9-V


Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi



Download 2,74 Mb.
bet33/116
Sana29.01.2022
Hajmi2,74 Mb.
#417421
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   116
Bog'liq
9 sinf uzb kons 1 28 ta mavzu 9 yo

Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.”Axborot vaqti”siyosiy va dunyodagi bo`lib turgan voqealar bilan tanishtirish
II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

  1. O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishining bosqichlarini sanab bering.

  2. Oqmachit qal’asining bosib olinish tafsilotlarini aytib bering.

  3. Chimkent va Turkiston shaharlarining bosib olinish tafsilotlarini aytib bering.

III.Yangi mavzu bayoni:
Reja:

  1. Toshkent bosib olishning strategic ahamiyati.

  2. Shaharga dastlabki hujum

Toshkent O‘rta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy, yirik ma’muriy va savdo-sotiq markazlaridan biri bo’lganXIX asr 2-yarmida Toshkent shahrining 12 ta ya’ni Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag’bon Chig’atoy, Ko’kcha, Samarqand, Kamalon, Sebzor, Beshyog’och, Qo’ymas, Qo’qon, Qoshg’ar darvozalari bo’lgan.Har tomonddan shaharga kirish uchun bu darvozalar soqchilar tomonidan qo’riqlangan. Shaharni mudofaa qilish uchun qurilgan devor ortida Kaykovus arig‘ining suvi bilan to‘ldiriladigan xandaqlar bo‘lgan. Toshkent to‘rtta - Beshyog‘och, Ko‘kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalariga bo‘linib, har bir daha o‘z oqsoqoli tomonidan boshqarilgan. XIX asr o‘rtalarida shahar aholisi 80 mingga yaqin kishini tashkil qilgan. Toshkent shahrining bosib olinishiga podsho hukumati jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. Chunki Toshkentni egallash - Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyodagi harbiy yurishlarini keng qamrovda va tayanch hududga ega bo‘lgan holda olib borilishini ta’minlar edi. Bu shahar O‘rta Osiyoni bosib olish uchun asosiy yo‘lak, harbiy qo‘shinlarning kelgusidagi harakatlari uchun tayanch nuqta vazifasini bajara oladigan joy hisoblangan.
1864-yil 1-oktabrida M. Chernyayev o‘zini podshoga yaxshi ko‘rsatish uchun tezlik bilan Tosh­kentni qo‘lga kiritmoqchi bo‘ldi. Lekin uning bu rejasi amalga oshmadi. M. Chernyayev 70 nafardan ziyod askarlari- dan ajralib, Chimkentga chekinishga majbur bo‘ldi. Uning Toshkentni egallash uchun olib borgan birinchi harakati natija bermagach, yangi hujumga tayyorgarlik boshladi. Uning bu tayyorgarligi bahorgacha davom etdi va 1865-yil aprel oyi oxirida podsho hukumatining harbiy qo‘shinlari Toshkent yaqiniga joylashtirildi. M.Chernyayev boshchiligidagi harbiy qo‘shin Tosh­kent shahridan 25 km uzoqlikdagi Chir- chiq daryosining chap sohilida joylashgan Niyozbek qal’asiga kelib, uni jangsiz topshirishni taklif qiladi, lekin qal’a himoyachilari rad javobini berib, mudofaaga o‘tadi. Himoyachilar va istilochilarning harbiy kuchlari o‘rtasidagi farq juda katta edi. Qal’a to‘xtovsiz ravishda to‘plardan o‘qqa tutilib, devorlari buzib tashlandi. Devorlarning buzilgan joylaridan bosqinchilar qal’aga kirib, uni egallashga muvaffaq bo‘ldilar. Oqibatda Toshkent darvozasi deb nom olgan Niyozbek qo‘rg‘oni dushman qo‘liga o‘tdi. Ushbu qal’aning qo‘lga kiritilishi M. Chernyayevga Tosh­kentni suv ta’minotidan uzib qo‘yish imkonini berdi. Uning buyrug‘i bilan Toshkent shahri aholisini suv bilan ta’minlaydigan Chirchiq daryosidagi to‘g‘on buzib tashlanadi.M.Chernyayev boshchiligidagi istilochilar 1865-yil egallanishi may oyida bevosita Toshkentga hujum boshladi. Toshkent mudofaasida shahar himoyachilari va Qo‘qon xonligi qo‘shinlari amirlashkar Aliquli boshchiligida qarshilik ko‘rsatdi.Ayovsiz janglarda Aliqulining yaralanib vafot etishi shahar himoyachilarini sarosimaga solib qo‘ydi. Himoyachilarning yagona harbiy boshliqsiz qolishi istilochilarning qo‘li ustun kelishiga olib keldi. Toshkent himoyasiga Buxoro amirligidan kechikib yetib kelgan qo‘shinlarning foydasi tegmadi. M.Chernyayev qo‘shinlari Kamolon darvozasi yonidan devorni buzib shaharga kirdi. Ularga toshkentlik sarbozlar va aholi shaharning har bir mahalla ko‘chasida tashkil qilingan to‘siqlarda qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Toshkentning har bir qarich yeri uchun ko‘cha va mahallalarda janglar davom etdi. Asosiy jang Kamolon darvozasidan Xadradagi markaziy bozorga boradigan ko‘chada bo‘lib, podsho qo‘shinlari to‘rtta to‘p himoyasida bo‘lgan to‘siqdan o‘ta olishmadi. Ammo M. Chernya­yev qo‘shinining bir qismi bu vaqtda shahar qal’asini egallab, shu yerdan shahar ichkarisini to‘plardan o‘qqa tutadi. Himoyachilar shaharni o‘qqa tutilishidan saqlash maqsadida qal’aga o‘t qo‘yadilar. Bu bilan qal’adan podsho qo‘shinlarini chiqib ketishga majbur qildilar. Kamolon darvozasi tomonga chekingan M. Chernyayev qo‘shinlari ertalab yana jangga o‘tishdi. Shahar yong‘in ichida qoldi. Suv yo‘llarining to‘sib qo‘yilganligi yong‘inlarni o‘z vaqtida o‘chirish imkonini bermadi.Shahar qurol kuchi bilan egallab olingach, M. Chernyayev 17-iyunda Beshyog‘och, Ko‘kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalarining oqsoqollarini chaqirdi. Muzokarada Toshkent qozikaloni Hakimxo‘ja, Abulqosim eshon, Solihbek dodxoh va shaharning boshqa nufuzli kishilari ishtirok etdi. M. Chernyayev xalqaro doirada o‘z xatti-harakatlarini oqlash maq­sadida go‘yoki Toshkent ixtiyoriy ravishda taslim bo‘ldi va aholi tinchli- gi uchun toshkentliklar o‘zlari Rossiya askarlariga uning darvozalarini ochib berdi, degan xatni imperator nomiga yozishlarini talab qiladi. Oq- soqollardan 9 nafari shaharni «ixtiyoriy ravishda topshirish» to‘g‘risidagi sulhni imzolashga majbur bo‘lishdi. Jahon ommasi bu xatning mazmuni- dan xabardor bo‘lishi uchun podsho hukumati tomonidan barcha choralar ko‘rilgan edi. Bunday soxta xat yozilishiga qarshi bo‘lgan Solihbek dodxoh, Abulqosim eshon, Hakimxo‘ja singari vatanparvarlar Sibirga surgun qilingan. Shu bilan Toshkent podsho hukumati ixtiyoriga o‘tib, Turkiston o‘lkasining harbiy, siyosiy va ma’muriy markaziga aylantirildi.
Harbiy istilochilik yurishlari natijasida bosib olingan hududlarda Turkiston viloyati tuzilib, unga harbiy qo‘shin qo‘mondoni, general- mayor M. Chernyayev gubernator qilib tayinlandi. 1865-yil 6-avgustda qabul qilingan «Turkiston viloyatini boshqarish to‘g‘risidagi Muvaq-at Nizom»ga muvofiq viloyatda harbiylashtirilgan boshqaruv tartiblari o‘rnatildi. Viloyat bo‘limlarining harbiy asosda tashkil qilinishidan maqsad podsho hukumatining kelgusidagi harbiy rejalari amalga oshirilishida tayanch ma’muriy hudud vazifasini o‘tashi ko‘zda tutilgan edi.

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish