Sinf 9-a 9-b 9-V



Download 2,74 Mb.
bet116/116
Sana29.01.2022
Hajmi2,74 Mb.
#417421
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
Bog'liq
9 sinf uzb kons 1 28 ta mavzu 9 yo

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash:. Bo’lim yuzasidan savollar beriladi .
1. Ernazarbiy boshchiligidagi qo‘zg‘olonning ahamiyati nimada?
2. XIX asr ikkinchi yarmida bo‘lgan qo‘zg‘olonlarning mohiyati nimadan iborat?
III.Yangi mavzu bayoni:
Reja:

  1. Gandimiyon shartnomasidan so‘ng qoraqalpoqlar hayotidagi o‘zgarishlar

  2. Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar

Xiva xonlari tomonidan qoraqalpoqlarning ko‘chmanchi hayoti cheklangandan so‘ng qisqa davr mobaynida ular xonlikda bir nechta yangi dehqonchilik tumanlarini tashkil etishdi. XIX asrning 70-yillariga kelib ular deyarli o‘troq turmush kechira boshladilar. Qoraqalpoqlar Amudaryoning har ikkala qirg‘og‘ida yastanib yotgan kengliklarni o‘zlashtirib, sholi, bug‘doy, arpa va paxta yetish tirishdi. 1868-yilda Rossiya gazetalaridan biri shunday yozadi: «Bu xalqning asosiy va deyarli birdan bir hunari dehqonchilikdir. Mehnatsevarlik sharofatidan qoraqalpoq yerlari yaxshi sug‘oriladi va hech qayerda, hatto chig‘ir bilan ko‘tariladigan joylarda ham suv taqchilligi sezilmaydi».Podsho hukumati qo‘shinlarining 1873-yil Xiva xonligiga bosqinchilik yurishidan va Gandimiyon shartnomasi imzolanganidan keyin Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan qoraqalpoqlar yashaydigan yerlari Rossiya imperiyasiga qo‘shib olindi. Bu yerda Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati tarkibiga ki ruvchi Amudaryo bo‘limi tashkil etildi. Qoraqalpoqlarning Amudaryoning chap qirg‘og‘ida yashagan kamroq qismi Xiva xonligi tarkibida qoladi.Amudaryo bo‘limida qoraqalpoqlar soni qariyb 70 ming kishiga yetib, bu yerdagi jami aholining 48,6% ini tashkil etar edi. Rossiyadan ko‘chib kelgan odamlar qariyb ming kishi bo‘lib, Petro-Aleksand rovsk (hozirgi To‘rtko‘l)da, Uralskiy posyolkasida va Nukus qishlog‘ida yashardi. Ularning aksariyati 1875-yilda podsho hukumati tomonidan armiya xizmati to‘g‘ risidagi yangi nizomga bo‘ysunmagani uchun bu yerga surgun qilib ko‘chirilgan Ural kazaklari edi. Bu kazaklar, asosan, baliq ovlash bilan shug‘ullanishgan.Xiva xonligi hududida qoraqalpoqlar soni 3,8% ni, ya’ni qariyb 25 ming kishini tashkil etar edi. Qoraqalpoqlar yashab kelgan hududlarning Rossiya imperiyasiga qo‘shib olinishi natijasida podsho hukumatining
O‘rta Osiyodagi ta’sir doirasi yanada kengaydi.Har ikkala hududda yashaydigan qoraqalpoqlarning 70% dan ziyodi yersiz dehqonlar bo‘lib, ular, asosan, yollanib mehnat qilishar edi.Qoraqalpoqlar yashab kelgan hududlarga Rossiya kapitalining kirib kelishi tovar-pul munosabatlarini o‘zgartirib yubordi. Paxta tozalash va baliqchilik sohasida dastlabki sanoat korxonalari paydo bo‘ldi. Ularda mahalliy aholi vakillari ham ishlay boshladi.XIX asrning 70-yillarida qoraqalpoqlarda savdo-sotiq munosabatlari rivojlanib bordi. Chimboyda aholi yashaydigan tumanlarni iqtisodiy jihatdan birlashtirgan shahar bozori vujudga keldi. Qoraqalpoq hunarmand va dehqonlari bozor bo‘ladigan kunlarda o‘z mahsulotlarini sotish uchun Chimboyga kelishar edi.
Chimboy Rossiya imperiyasini Xiva xonligining asosiy iqtisodiy markazlari bilan bog‘lardi. Bu
yer da ko‘plab do‘konlar bo‘lib, katta bozor yaqinida yirik karvonsaroy joylashgan edi. Dastlabki kasalxona va maktablar paydo bo‘ldi, ammo ular yetarli emasdi. Jumladan, 1914-yilda qoraqalpoqlar yashaydigan joylarda atigi to‘rtta umumta’lim maktabida 200 nafar o‘quvchi o‘qir, ikkita kasalxona va feldsherlik punktida uch shifokor ishlar edi.Dehqonlar va chorvadorlar orasida mulkiy tabaqalanish kuchaydi. Ayrim biylar, yuzboshilar, mulla va eshonlarning yer mulklari 15 ming tanobgacha (1 tanob – 2500 kv. m yer) bo‘lsa, oddiy xalq tomorqalari 1–2 tanobdan osh mas edi. Aholining tabaqalanishi qoraqalpoqlarda chorva mollari soniga qarab ham belgilangan. 1871–1872-yillar ma’lumotlariga qaraganda, urug‘ning aksariyat oddiy a’zolari chorvaga ega bo‘lishmagan, ayrim boylarming boshgacha qoramol va 1,5 ming boshgacha qo‘y-qo‘ziga ega edi. Qashshoqlashib qolgan va kasodga uchragan dehqonlar katta yer egalari va boylarga qaram bo‘lib qolishdi. Jamoaning boy-badavlat a’zolari
yordam sifatida o‘z qarindoshlariga yerni hosilning teng yarmi – «jarmshi» sharti bilan berishardi. Yersiz va chorvasiz qolgan dehqonlar esa har qanday og‘ir ishlarni bajarib, badavlat chorvadorlar va zamindorlarning mollari va yerlaridan foydalanganliklari uchun ham ishlab berishga majbur edilar.



IV.Mustahkamlash:
1. Rossiya imperiyasi bosib olganidan so‘ng qoraqalpoqlar hayoti va turmu shida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
2. Qoraqalpoqlarda urug‘chilik va qabilaviy munosabatlar, boshqaruv tizimi qanday edi?


V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa: Mavzuni o’qib kelish
O’.T.I.B.D.O`: __________________ K. Abduvohidov
Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish