Tor burunli maymunlar
Keng burunli maymunlar
Tropik Amerikada yashaydi
Dumi uzun bo’ladi
Gorilla, shimpanze, orangutan
Burun teshigi tor
Dumi kalta yoki bo’lmaydi
O’rgimchak maymun
Afrika,
Janubiy Osiyoda yashaydi
Burun kataklari keng
III. Yangi mavzu bayoni:
Endi o’quvchilar yangi mavzumizni boshlaymiz. (5-slayd) Bugungi darsimizda biz sutemizuvchilar sinfiga mansub chorva mollari bilan tanishamiz. Dunyodagi eng katta muammolardan biri oziq-ovqat muammosidir. Chorvachilik esa aholini oziq-ovqat mahsulotlari (sut, go’sht, yog’ va boshqalar), yengil sanoatni xomashyo (jun, teri, mo’yna), qishloq xo’jaligini ish hayvonlari (ot, ho’kiz, eshak, tuya) va organik o’g’itlar bilan ta’minlaydi.
Sut emizuvchilarning qimmatli oziq - ovqat manbai sifatida ahamiyati kun sayin oshib bormoqda. Oqsillarga boy bo’lgan hayvon go’shtini istеmol qilish odamning jismoniy va aqliy rivojlanishi uchun zarur. Odamlar ko’proq go’sht, yung, mo’yna olish maqsadida sut emizuvchilarni qo’lga o’rgatgan, ularning yangidan-yangi zotlarini yaratgan. Ana shu tariqa chorvachilik kеlib chiqqan. Hozirgi davrda chorvachilikning sut emizuvchilarni boqish va ulardan mahsulot olish bilan shug’ullanadigan sohalari: qoramolchilik, qo’ychilik, yilqichilik, mo’ynachilik, cho’chqachilik kabi sohalari mavjud.
Qoramolchilik. Hozirgi qoramollar qadimda Osiyo va Yevropa qit’alarida keng tarqalgan, bundan 3 - 4 asr avval qirilib ketgan turdan kelib chiqqan. Oxirgi tur 1627-yilda Polshada nobud bo’lgan. Tur eramizdan 7000 yil ilgari qadimgi Gretsiyada xonaidlashtirilgan. Hozirgi qoramollarning yung rangi, mahsuldorligi, gavda o’lchami,mahalliy sharoitga moslanishi jihatdan bir-biridan farq qiladigan juda ko’p zotlari mavjud. Sigirlarning tug’ilgan bo’lasi buzoq dеyiladi. Voyaga yetgan bir yoshdan oshgan urg’ochi buzoqlar g’unajin, bo’lalagan g’unajin esa sigir, erkak qoramol esa buqa yoki ho’kiz dеyiladi. Sigirlar qadimgi turdan yuvvoshligi, sеrmahsulligi, yung rangining xilma-xilligi, o’z egasini tanishi bilan farq qiladi.
(6-slayd) Qoramol zotlari xo’jalikda foydalanish xususiyatlariga binoan: sut, sut-go’sht va go’sht yo’nalishidagi zotlarga ajratiladi.
Sersut qoramol zollari:
1.Xolmogor zoti;
2 - Yaroslavl zoti.
Sersut zotlar qoramollarning asosiy qismini tashkil etadi. (7-slayd)O’zbekistonda sersut sigirlardan Qora-ola Xolmogor va Yaroslavl zotlari, Qizil dasht, Bushuyev va boshqa zotlar boqiladi. Sersut sigirlar yiliga 4000 1, ayrim govmishlar 6000 l va undan ham ko’proq sut beradi.