Sinf: 10 – sinf Fan: O`zbekiston tarixi Mavzu: O‘zbekiston ssrning tashkil topishi



Download 38,5 Kb.
Sana11.09.2021
Hajmi38,5 Kb.
#171666
Bog'liq
ma'ruza


Sinf: 10 – sinf
Fan: O`zbekiston tarixi

Mavzu: O‘zbekiston SSRning tashkil topishi


Sana

Mavzu

Mavzuning qisqacha bayoni

Mavzuni mustahkamlash

Uyga vazifa




O’zbekiston SSR ning tashkil topishi

1925-yil 13-fevralda Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Butuno‘zbek (O‘zbekiston SSR) Sovetlarining I ta’sis qurultoyi ochildi. Qurultoy faoliyatida Moskvadan maxsus kelgan Butunittifoq (SSSR) Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi Mixail Kalinin qatnashdi va nutq so‘zladi. Qurultoy qatnashchilari tomonidan 17-fevralda “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish to‘g‘risida Deklaratsiya” qabul qilindi. Deklaratsiyada yangi tashkil topgan O‘zbekiston SSR tarkibiga Toshkent, Samarqand, Farg‘ona,

Qashqadaryo, Zarafshon (Buxoro), Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Tojikiston ASSR kirganligi alohida ta’kidlandi. Qurultoyda respublikaning oliy organlari: O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (O‘zSSR MIK) va O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti (O‘zSSR XKS) tuzilgan. Taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo‘jayev O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi, “Qo‘shchi” uyushmasi faoli Yo‘ldosh Oxunboboyev O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi lavozimlariga saylanishdi. Bu paytda O‘zbekiston SSR hududi 312 394 km2, aholisi 3 963 285 kishi bo‘lgan (unga Tojikiston ASSR va Qoraqalpog‘iston avtonom viloyatining hududi va aholisi kirmaydi).

1924-yil oxirida O‘rta Osiyo Respublikalarida hammasi bo‘lib 8 131 062 kishi yashagan bo‘lib, ularning qariyb yarmisi O‘zbekistonda istiqomat qilgan. O‘zbekiston SSR tashkil topgan paytda qisqa muddat (1925-yil fevral - aprel) davomida Buxoro shahri poytaxt bo‘ldi. So‘ngra 1925-yil apreldan 1930-yil sentabrgacha Samarqand shahri O‘zbekiston SSR poytaxti sanalgan. Samarqand respublikaning markazida joylashgan bo‘lib, bu holat yangi tashkil qilingan O‘zbekiston SSR hududining barcha qismlarini amalda bir butun qilib birlashtirishga hamda sovet tashkilotlari ishini jonlantirishga yordam berdi.

1926-yil 29-sentyabrda O‘zbekiston SSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi V sessiyasining rayonlashtirish to‘g‘risida qarori qabul qilindi. Unga muvofiq O‘zbekiston SSRda mavjud bo‘lgan 7 ta viloyat, 23 ta uyezd, 241 ta volost va 1163 ta qishloq jamoasi o‘rniga yangi ma’muriy bo‘linish o‘tkazilib, 10 ta okrug (Xorazm, Buxoro, O‘rta Zarafshon, Samarqand, Toshkent, Xo‘jand, Qo‘qon, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo), alohida qozoq-qoraqalpoq Konimex tumani, 87 ta tuman va 1720 ta qishloq sho‘rosi tuzildi.

O’z SSR tuzilishi arafasida, 1925-yil 6-12-fevralda eski Buxoro shahrida O‘zbekiston Kommunistik partiyasining I ta’sis syezdi ham bo‘lib o‘tdi. Syezd ishida SSSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi M.I.Kalinin qatnashdi va ma’ruza qildi.

1. “O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish to’g’risida Deklaratsiya”ga muvofiq tashkil topgan O’zbekiston SSR qaysi hududlardan iborat edi?

2. O’zbekiston SSR poytaxti nima sababdan dastlab Samarqandga ko’chirilib, undan Toshkentga qayta ko’chirilgan edi?

3. O’zbekiston Kommunistik partiyasining asosiy vazifalari nimalardan iborat bo’lgan?

4. Butunittifoqning kasaba soyuzi va komsomol yoshlar tashkilotlari nima maqsadda tashkil etilgan edi?



Darslikdagi 10.& ni mavzuni o’qib o’rganing va mavzu so’ngida berilgan topshiriqlarni bajaring.

Download 38,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish