Simliklarning kimyoviy tarkibi va oziqlanishi


O’SIMLIKLAR HAYOTIDA AYRIM ELEMENTLARNING AHAMIYATI



Download 4,57 Mb.
bet4/18
Sana07.07.2022
Hajmi4,57 Mb.
#754818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2- mavzu

O’SIMLIKLAR HAYOTIDA AYRIM ELEMENTLARNING AHAMIYATI.
O’simliklarning o’sish va rivojlanishida har qaysi oziq elementlarning o’ziga xos vazifalari bo’lib, bir element o’rnini ikkinchi bir element almashtira olmaydi, yani ularni fiziologik ahamiyati xilma xildir.
Biron bir makro yoki mikroelementning yetishmasligi o’simliklarda fiziologik jarayonlarning va moddalar almashinuvini bo’zilishiga, ularning normal rivojlanmasligiga, hosil miqdorini kamayishiga va uning sifatini yomonlashishiga olib keladi. Oziq elementlari yetishmaganda yoki ular ortiqcha miqdorda bo’lganda o’simliklarda turli xil o’zgarishlar sodir bo’ladi. Shuning uchun ham, bazi bir oziq elementlarning fiziologik ahamiyatiga to’xtalib o’tamiz.
Azot - o’simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lib, u barcha oqsil birikmalar tarkibiga kirib, ular massasining 16-18 foizini tashkil etadi. Azot PHK, DNK, fermentlar, xlorofill, vitaminlar va bazi bir alkaloidlar tarkibiga ham kiradi. O’simlik quruq moddasi massasining 1-3 foizini azot tashkil etadi. O’simliklarda azot yetishmasligidan, uning o’sishi sekinlashadi, poyasi kalta va ingichka bo’lib, barg sathi maydalashib, avvalo och yashil, keyinchalik sariq tusga kiradi. Sarg’ayish barg tomirlaridan boshlanadi va barg plastinkalarining chetlariga tarqaladi.
Keyin zararlangan barglar qurib qoladi va muddatidan oldin to’kilib ketadi.

29 – rasm.Makkajo’xori o’simligiga azot elementi yetishmasligi belgilari.
Azot yetishmasligi sababli o’simliklarda oqsil va boshqa azotli birikmalar to’planishi kamayadi, fotosintezlovchi barg va poya sust shakllanib, meva tugish organlarini hosil bo’lishini cheklab qo’yadi va hosil miqdorini kamayishiga hamda mahsulot sifatini bo’zilishiga olib keladi.
O’simlik azot bilan yetarli darajada taminlanganda uning o’sishi va rivojlanishi yaxshilanib, burglar to’q yashil tusda bo’ladi va to’la qimmatli hosil qismlari shakllanadi.
Fosfor - hujayra yadrosining tarkibiga kirib, o’simlikda uglevodlar va azotli birikmalarni hosil bo’lishida ishtirok etuvchi fermentlar va vitaminlar asosini tashkil etadi. Fosfor o’simlikdagi nuklein kislotalar, nukleoproteinlar, qandfosfatlar, fitin, kraxmalda va mineral shakllarda ko’plab uchraydi. O’simliklarni o’suv qismlarida fosfor miqdori 0,2-0,8, hosil qismlarida esa 0,6-1 foizgacha bo’ladi.
Fosfor yetishmaganda o’simlik ildiz sistemasi yaxshi rivojlanmaydi va barg sathi kichrayib ketadi. Shuningdek, fosfor yetishmaganda o’simlikni o’sishi juda sekinlashib, barglarning chekkalari, keyinchalik butun yuzasi kul rang yashil, to’q qizil yoki qizil gunafsha rangga kiradi, natijada, hosil salmog’i kamayadi va mahsulot sifati yomonlashadi. G’allagullilar oilasiga kiradigan ekinlarda fosfor yetishmaganda hosil beradigan poyalarning to’planishi va soni kamayadi.
Fosfor yetishmaslik belgilari, ko’pincha o’simliklarning rivojlanishini boshlang’ich davrlarida ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy etmagan va tuproqdan qiyin eriydigan fosfatlarni o’zlashtira ololmaydigan paytda namoyon bo’ladi.
Kartoshkada fosfor yetishmaganda mayda to’q yashil dog’lar hosil bo’lib, barg plastinkalari yuqoriga qarab buralib qoladi.
Qand lavlagi barglari fosfor yetishmaganda mayda, havo rangda tovlanib, pastki barglarining chekkalari quriydi va qorayadi, keyinchalik bu qorayish barg tomirlariga ham o’tadi. Fosfor yetishmaganda pomidor barglarining pastki tomoni, so’ngra bandi va poyalari qizil gunafsha tusga kiradi. G’o’zada fosfor yetishmaganda ildiz sistemasi kuchsiz rivojlanib, u sekin o’sadi, mayda, tez qurib qoladigan barglar hosil qiladi.


Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish