Сильвинит, считается главной рудой КСl. Порода образуется чередованием слоев галита, сильвина nNaCl + mKCl. Исходя из того, что соотношение примесей данного минерала неоднозначно, его химическая формула записывается тремя, равновозможными способами: NаСl•КСl, NaKCl2, (Na,K)Cl.
Область применения
Исходя из того, что природный элемент сильвинит считается подземным остатком от элементов морской воды, исчезнувшей миллионы лет назад из бассейна древнейшего Пермского моря, минерал отличается уникальностью состава. Благодаря своим химическим и физическим свойствам, нашел широкое применение. Галит рассматривается как основной продукт пищевой, химической, текстильной промышленности. Калийная соль – сильвин – удобрение, широко применяемое в аграрном хозяйстве. Сравнительно позже прозрачные кристаллы минерала сильвин, начнут применять как основополагающий элемент оптических систем современных спектрографов, других приборов.
Учеными давно были выявлены уникальные леченые свойства сильвинита. Испарения минерала, под воздействием специальных уникальных технологий, способствует полному устранению патологий верхних дыхательных путей. Оставить такое свойство невостребованным ученые не могли и совместно с медиками, в некоторых странах зарубежья, были созданы специальные больничные палаты для подобного исцеления.
В нашей стране о сильвините шуточно высказывались «Пермяк — солёные уши», минерал был подробно исследован П.И. Преображенским, геологом Геологического комитета СССР. Долгое время, которое измеряется столетиями, на его основе лишь вываривали поваренную соль из естественных рассолов, добываемых в районе Соликамска. Нужный компонент выкачивался из скважин, проходил специальную обработку очищения и уже попадал на рынок потребителя.
Заметив лечебное воздействие горной породы, вблизи месторождений стали размещать разного рода лечебницы. Аналоги на поверхности стали создавать несколько позже. Так появились своеобразные сильвинитовые спелеокамеры. На сегодняшний день доказано, что такое лечение максимально эффективно, показатель положительного воздействия, колеблется в пределах 84%- 100%.
Сами больные подтверждают, что курс лечения под воздействием сильвинита, заметно улучшает общее состояние ослабленного организма. Больной быстро идет на поправку. После подобных лечений, простудные патологии поражают человеческий организм сравнительно реже. Высокой эффективностью обладает лечение детских заболеваний.
Уже после первой процедуры у детей проходит одышка, патология прекращает прогрессировать, течение заболевания переносится легче и больные быстро идут на поправку. У некоторых болезни верхних органов дыхания после воздействия сильвинита проходят быстро и больше никогда не проявляются на протяжении всей жизни.
Mineral o`g`itlar . O`g`itlarning tarkibi va turlari. . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
1.2 Kaliyli mineral tuzlar va ularning tabiiy manbalari . . . . . . . . . . . . . . . . .
1.3 Mineral o`g`itlarining xalq xo`jaligida ishlatilishi . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
II BOB. TAJRIBALAR QISMI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
2.1 Mineral eritma tarkibidagi quruq qoldiq hamda erimaydigan qismini
aniqlash. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
2.2 Eritma tarkibidagi xlor hamda sulfat ionlarining miqdorini aniqlash. . . . . .
2.3 Mineral eritma tarkibidagi kaliy xlorid hamda kaliy sulfat tuzlarining
miqdorini aniqlash . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
III BOB. NATIJALAR TAHLILI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
3.1 Silvinitdan kaliy xloridni ajratib olinishi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
3.2 Kaliy xlorid hamda kaliy sulfat tuzlarining fizik – kimyoviy xususiyatlari. .
3.3 Kaliyli mineral tuzlarining ahamiyati. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
IV BOB. XULOSA . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
KIRISH.
Hurmatli prezidentimiz Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisida “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish ustivor maqsadimizdir” mavzusida fikrlarini bayon etdilar.
Oliy Majlisning qonun ijodkorligi faoliyatida mamlakatimizda iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan tarkibiy o`zgarishlarni, qulay investission muhitini shakllantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, bank moliya tizimini rivojlantirishni normativ huquqiy jihatdan ta`minlash masalalari alohida o`rin egalladi.
Iqtisodiy islohatlarni qonuniy jihatdan ta`minlashga yo’naltirilgan bir qator tadbirlar 2009-2012-yillarga mo’ljallangan, jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini imkon qadar kamaytirilishiga qaratilgan inqirozga qarshi choralar dasturini samarali amalgam oshirishni huquqiy ta`minlash, dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida O’zbekiston iqtisodiyotning barqaror o’sish sur`atlarini saqlab qolish va aholining real daromadlarini oshirish imkonini beradi [1].
Uzoq muddatli istiqbolga moljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatboshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo’nalish, bu asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infra tuzilma kommunikatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat.
Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining davlat va jamiyat qurilishi tizimidagi huquq hamda vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalasi ustuvor yo’nalishga aylanishi zarur [2].
Asosiy vazifamiz vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. 2014-yilda o’z oldimizga qo’yayotgan yuksak maqsad, vazifa va rejalar qanday og’ir bo’lmasin, bularning barchasi, avvalo mamlakatimizning taraqqiy topgan davlatlar qatoriga chiqishi yangi qadamidir.
Kaliy yer qobig`i massasining 2,5 % ni tashkil etadi. Tarkibida kaliy tutuvchi yuzlab minerallar ma’lum silvin KCl , karnalit KCl · MgCl2 · 6 H2O, silvinit NaCl ·KCl , kainit KCl · MgSO4 ·3H2O va boshqalar shular jumlasidandir. Uning eng keng tarqalgan minerali ortaklozdir K2O · Al2O3 ·6SiO2 bu mineral yer qobig`i massasining 18% ni tashkil etadi. Ortakloz suv bilan kuchsiz reaksiyaga kirishsa ham, kaliyning ko`p qismi tupuroqqa ortaklozdan o`tadi. Ortaklozning tabiiy suvlar, karbonat angidirid ta’sirida kimyoviy parchalanishi natijasida potash hosil bo`ladi u suvda yaxshi eriganligi uchun o`simliklar uni yaxshi o`zlashtiradi.
Ko`pgina kaliy tuzlari suvda oson eriyd. Shu tufayli tuproqdan ko`piroq yuviladi (shuningdek uning bir qismi tuproqdan hosilga o`tib ketadi) shuning uchun dalalarga kaliy o`g`itidan ko`piroq solishga to`g`ri keladi. Tabiatda ortakloz va boshqa kaliy tuzlari ko`p bo`lishiga qaramay ular doim kimyoviy parchalanib turadi.
O`g`itlar sifatining muhim ko`rsatkichi bo`lib, undagi o`simlik uchun foydali ta`sir etuvchi moddalarning miqdori hisoblanadi. Asosiy ta`sir etuvchi moddalar bo`lib, azot, fosfor va kaliy birikmalari hisoblanadi . Ularning o`g`itlardagi miqdori elementar azot, fosfor ( V ) – oksidi ( P2O5 ) va kaliy oksidiga ( K2O ) nisbatan hisoblab o`lchanadi.
O`simlik tarkibiga 70 dan ortiq kimyoviy elementlar kiradi , lekin ularning 16 tasi hayot faoliyati uchun juda muhimdir. Chunonchi shunday elementlar qatoriga organagen deb ataluvchi: uglerod , kislorod , vodorod va azot elementlari kiradi. Bundan tashqari shu qator elementlariga fosfor, kaliy , kalsiy , magniy va oltingugurt, bundan tashqari bor , molibden , mis , rux , kobalt , yod , marganes , temir kabi mikroelementlar kiradi. Har bir element o`simlikda o`z funksiyasini bajaradi va shuning uchun bir elementni ikkinchi element bilan almashtirib bo`lmaydi . Kaliy elementi yetishmay qolsa , o`simlikning o`sishi sekinlashadi , barglari sarg`ayadi , mevasining shirinligi kamayadi , urug`i esa puch bo`lib qoladi . Odatda kaliy o`g`itlari sifatida tabiiy kaliy tuzlari yoki kimyoviy ishlash natijasida olingan tuzlar qo`llaniladi. Ularga silvinit ( KCl · NaCl ), kaliy xlorid KCl, Kaliy sulfat ( K2SO4 ) kiradi . Kaliy sulfat yuqoridagi uchta kaliyli o`gitlar ichida eng qimmatidir . Ba’zi o`simliklarga ortiqcha xlor ioni Clˉ zararli bo`lgani uchun kaliy sulfat ishlab chiqariladi va o`g`it sifatida qo`llaniladi . Tarkibida KCl bo`lgan o`g`itlar odatda tuproqqa kuzda sepiladi , chunki kuzgi yomg`ir va erigan qor suvlari xlor ionining bir qismini yuvib ketadi , kaliy ionlari esa tuproqda ushlanib qoladi .
Kaliy o`simlikning uglevod va oqsil almashinuvida eng muhum fizologik rol o`ynaydi , azotning ammiyakli formada o`zlashtirilish sharoitini yaxshilaydi . O`simlikni kaliyli oziqlantirish – o`simlikning alohida organlarini rivojlantirishi uchun kuchli omil hisoblanadi . Kaliy hujayra vakuolasida shakar to`planishiga imkon yaratadi , bu esa o`simlikning qishga chidamliligini oshiradi , tomir tarmoqlarini rivojlanishini , hujayralarining qalinlashishiga imkon beradi. Kaliyning ortiqchasi hosilning ko`payishiga olib keladi .
Shu nuqtai nazardan olganda mineral o`g`itlarni jumladan kaliyli o`g`itlarni ko`plab miqdorda ishlab chiqarish ularning assortimentini yanada kengaytirish ayniqsa kaliyli o`g`itlarni ishlab chiqarishi jaroyonida kaliy tuzlarini mineral eritmalardan yetarli darajada ajratib olishga erishish tegishli sanoat korxonlari hamda ilmiy tadqiqot ishlarining markazida bo`lmog`i kerak .
Mavzuning dolzarbligi . Qishloq xo`jalik ekinlaridan yuqori hosil olish uchun mineral o`g`itlarning ahamiyati juda katta . O`simliklarning normal hayot kechirishi uchun uglerod , vodorod , kislorod , azot , fosfor , kaliy , kalsiy , magniy , temir kabi elementlar zarur . Ayniqsa ushbu elementlardan azot , fosfor va kaliyning ahamiyati juda muhumdir . O`simliklarning kimyoviy tarkibi tahlil qilinganda kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi 70 ga yaqin element mavjud ekanligi aniqlangan . Ularning ayrimlari o`simliklar uchun ko`piroq , ayrimlari esa ozroq miqdorda talab etiladi . O`simliklar uchun ko`piroq miqdorda talab etiladigan elementlar makroelementlar , oziroq miqdorda kerak bo`ladigan elementlar esa mikroelementlar deb ataladi. Makroelementlarga esa uglerod , kislorod , vodorod , azot , fosfor , oltingugurt , magniy , kaliy va kalsiylarni , mikroelementlarga esa temir , marganes , bor , mis , rux , molibden va koboltlarni kiritish mumkun . Azot , fosfor va kaliy elementlari o`simliklar uchun muhum ahamiyatga ega bo`lib , ko‘p miqdorda kerak bo`ladi . Shuning uchun bu elementlarni o`simliklar o`zlashtira oladigan moddalar ko`rinishida ko`piroq ishlab chiqarish zarur.
O`simliklarda azot yetishmaganda o`sishi kechikadi , bargi och – yashil bo’lib qoladi hatto sarg`ayib ketadi. Fotosintez jarayoni buziladi. Bu o`simliklarning hosildorligini keskin kamaytiradi. Fosfor o`simliklar hayotida zarur bo`lgan oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadigan moddalar tarkibiga kirib o`simlikning o`sishi rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Kaliy o`simlikda sodir bo`ladigan fotosintez jarayonini uglevodlar to`qnashishini jadallashtiradi, o`simlik poyasini mustahkamlaydi.
Kaliyning yetishmasligi uning sifatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Kaliy yetishmaganda o`simlik zamburug` kasalligiga tezda chalinadi. Kaliyning ortiqchasi hosilning ko`payishiga olib keladi.
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki kaliyli o`g`itlar o`simlik hayotida nihoyatda muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun ham kaliyli o`g`itlarni ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish shu kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.
Bitiruv malaka ishining maqsadi va vazifalari.
Kaliy elementi o`simliklarning hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun kaliyning KCl, KNO3 kabi birikmalari qishloq xo`jaligida mineral o`g`it sifatida ishlatiladi. Kaliyli o`g`it tarkibidagi oziqa elementi K2O bo`lib u tozalanmagan kaliyli o`g`itlar, silvinit-KCl · NaCl kainit MgSO4 ·KCl ·3H2O, kabilar tarkibiga kiradi. Silvinit va kainit talqon holigacha maydalanib mineral o`g`it sifatida foydalaniladi. Bu o`g`itlarni ishlatishda o`simlik uchun zararli bo`lgan xlor ioni ham ajrab chiqishini hisobga olish zarur. Shuning uchun bu o`g`itlardan meyoridan ortiqcha foydalanish tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari konsentrlangan kaliyli o`g`itlar ham movjut bo`lib, bu o`g`itlar kaliyning tabiiy birikmalarini qayta ishlash yo`li bilan oziqa elementlari boyitilgan bo`ladi. Kaliyxlorid tarkibida 52 - 60 % K2O ozuqa elementi bo`ladi. Kaliy xlorid mineral o`g`itini olish uchun silvinit avval maydalanib, so`ngra boyitiladi. Buning uchun KCl va NaCl ni eruvchanligi turlicha ekanligidan foydalaniladi. Silvinitdan kaliy xloridni flotatsiya usulida ajratib olish muhim usullardan biri hisoblanadi. Flotatsiya jarayonida boyitiladigan ruda bo`tqasi orqali havo pufakchalari yuboriladi. Namlanmaydigan mineral zarrachalari pufakchalarga yopishib yuzaga qalqib chiqadi va minerallashgan ko`pik ko`rinishida chiqarib tashlanadi, namlanadigan zarrachalar esa pulpa tubiga cho`kadi. Shu yo`l bilan ruda tarkibiga kiruvchi minerallarni flotatsiya usulida ajratish amalga oshiriladi.
Faqat ba`zi minerallargina tabiiy yomon namlanish xususiyatiga ega ularga oltingugurt, grafit, ozokerit, bor kislotasi, molibdenit va boshqalardir. Qayd etilgan minerallar tabiiy flotatsiyalanish xususiyatiga ega.
Ammo ko`pchilik minerallar suv ta`sirida yaxshi namlanadi, shuning uchun tabiiy rudalarni boyitishda flotatsiya reagentlaridan foydalanishga to`g`ri keladi. Kaliyli minerallarni flotatsiya usulida boyitish ham flotatsiya reagentlari yordamida amalga oshiriladi. Flotoreagentlar ham organik birikmalardan iborat bo`lib ularning molekulalari geteropolyar struktura xususiyatiga ega bo`ladi. Ular anion va kation yig`uvchilarga bo`linadi. Anion yig`uvchilarga yog` kislotalar ularning sovunlari, alkilserefatlar va boshqalar kiradi. Kation yig`uvchilarga uglerod atomi 7 dan 20 tagacha bo`lgan birlamchi aminlar va boshqalar kiradi. Yig`uvchilarning ba`zi birlari bir vaqtning o`zida ko`pik hosil qiluvchi ham hisoblanadi.
Kaliy xlorid tuzini flotatsiya usulida ajratib olingandan so`ng hosil bo`lgan eritma tarkibi minerallarga boy bo`ladi. Ushbu bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi ana shu mineral eritma tarkibidagi kaliy xlorid hamda kaliy sulfat tuzlarining miqdorini aniqlash va ularni yana ishlab chiqarishga qaytarish to`g`risida tegishli tavsiyalar berishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiyligi.
Kaliyli birikmalarning tabiiy manbalari tabiatda ko`plab miqdorda uchraydi. Bunday minerallarga silvin-KCl , silvinit-KCl · NaCl , karnalit - KCl · MgCl2 · 6H2O , kainit-KCl · MgSO4 · 3H2O , shenit-K2SO4 · MgSO4 · 6H2O , langbeynit -K2SO4 · 2MgSO4 va boshqalar kiradi. Kaliy xlorid tuzini olish uchun asosiy xomashyo bo`lib silvinit minerali hisoblanadi.
Tyubegatan kaliy koni ish maydoni Gaurdak oltingugurt kombinatidan 35 km shimoliy sharqda va Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani markazidan 50 km janubiy-sharqda Kitob bekatidan 150 km masofada janubiy-sharqda joylashgan.
Tyubekatan tuzilmasi uchta burmadan tashkil topgan: Kursantosh, qorachagat va aynan assimetrik tuzilishli Tyubegatandan. Konning shimoliy-g`arbiy qismida yuzaga ohaktoshlar chiqadi ularda gips-angidirit qatlamlari yotadi. Yuqorida kaliy tuzlarining uch qatlamini o`z ichiga olgan galogen qatlami ( 300 - 350 m ) yotadi.
Kaliy xlorid tuzi silvinitdan flotatsiya usulida ajratib olinadi. Flotatsiya bu foydali qazilma boyliklarini boyitishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Flotatsiya tabiiy minerallarining suv bilan har xil darajada namlanishiga asoslangan. Ma`lumki modda zarrachalari o`zining suv bilan namlanishiga qarab ikki xil guruhga, ya`ni gidrofil (suv bilan namlanadigan) hamda gidrofob (suv bilan namlanmaydigan) zarrachalarga bo`linadi.
Flotatsiya jarayonini tezlatishda flotoreagentlardan ham foydalaniladi. Flotoreagentlar silvinit mineralidan kaliy xlorid tuzini ajratib olishda keng qo`llaniladi. Flotoreagentlar ham organik birikmalardan iborat bo`lib, ularning molekulalari geteropolyar struktura xususiyatiga ega. Ularning bu xususiyatlaridan mineral tuzlarni jumladan kaliy xlorid tuzini ajratib olishda foydalaniladi.
Kaliy xlorid tuzini flotatsion usulda ajratib olinishi natijasida hosil bo`ladigan mineral eritmalar tarkibi har xil tuzlar aralashmasidan iborat bo`ladi. Ana shunday eritmalar tarkibini o`rganish, chiqindiga chiqarib yubormaslik yo`llarini qidirib topish hamda ulardan kelgusida foydalanishni choratadbirlarini ishlab chiqish ushbu bitiruv malaka ishining ilmiy asosini tashkil etadi.
I BOB Mavzuga oid adabiyotlar sharhi .
1.1 Mineral o`g`itlar . O`g`itlarning tarkibi va turlari .
O`g`itlar o`simliklarning oziqlanishini va tuproqning xususiyatlarini yaxshilash uchun qo`llaniladigan moddalardir . Aholi soni ko`payib borgani sari yerdan hosil yetishtirish ham ortib bormoqda , natijada tuproqdagi oziq moddalar hosil bilan olib chiqib ketilmoqda . Ilgari o`simliklar tuproqdagi chirindi bilan oziqlanardi , deb hisoblanardi . Shuning uchun tuproqning sarflangan ozuqasini unga go`ng chirindi , torf kabi organik o`g`itlar solish bilan to`lditilib turilgan . Ammo o`tgan asirning o`rtalarida nemis kimyogari Yu . Libix o`simliklarning mineral oziqlanishi haqidagi nazariyasini yaratdi . Keyinchalik bu nazariya ko`pchillik kimyogarlar , birinchi navbatda akademik D. N . Pryanishnikov tomonidan taraqqiy ettirildi va takomillashtirildi [12].
Go`ng qanchalik to`g`ri saqlanmasin va qo`llanilmasin u tuproqqa o`z tarkibida yo`q narsani , ya’ni don , hayvon suyaklari , sut va hokazolar tarkibida olib ketilgan fosforning asosiy qismini tuproqqa qaytarib bera olmaydi ; shunday qilib , tuproq asta - sekin , lekin doimo tarkibidagi fosforni yo`qatib boradi . D. N. Pryanishnikov fosforni o`simlik hosili bilan tuproqdan olib chiqib ketiladigan uch asosiy kimyoviy elementning biri deb hisoblanadi . Bu uch elementning ichida fosfor eng ko`p yo`qoladi . Yo`qolgan fosfor o`rnini to`ldirish uchun tuproqqa mineral o`g`itlar qo`shiladi . Bunday o`g`itlarga fosforli o`g`itlardan tashqari azotli va kaliyli o`g`itlar ham kiradi: azot esa aminokislota va oqsillar tarkibida bo`ladi . Kaliy ionlari o`simliklardagi ko`pchillik biokimyoviy jaroyonlarda qatnashadi: Kaliy o`simliklarning mevasi , bargi , tanasi va ildizida uchraydi . Agar kaliy yetishmasa o`simlik karbonat angidiridni yomon o`zlashtiradi, sekin o`sadi , mevasining shirasi kamayadi chunki kaliy bir qancha organik moddalar , ayniqsa uglevodlar sintezini aktivlashtiradi . Shunday qilib , o`simlik uchun birinchi navbatda fosforli , azotli va kaliyli o`g`itlar kerak . O`g`itlar tarkibidagi ozuqa moddalar miqdori P2O5 , N2 va K2O ga nisbatan foiz hisobida ifodalanadi . Tuproqqa 10 kg kaliy solinadi deganda tuproqqa 10 kg K2O solinganligi tushuniladi . Shu narsa fosforga ham tegishlidir .
Asosiy fosforli o`g`itlar oddiy va qo`sh superfosfat hamda fosforid unidir (fosforit unini ma’lum kimyoviy tarkibga ega bo`lgan tuproqlarga solish maqsadga muvofiqdir , chunki bu o`git tarkibidagi fosfatlar suvda yamon eriydi , ular faqat kislotani reyaksiya beruvchi tuproqqa yaxshi natija beradi ) . Azotli o`g`itlar qatoriga selitiralar ( ammiyakli , kaliyli , natriyli ) va karbomid (mochevina) kiradi . Asosiy kaliyli o`g`itlar - kaliy xlorid , kaliy sulfat , kaliy selitrasidir . Kaliy selitirasida tarkibida ham kaliy , ham azot bo`ladigan eng kerakli o`g`itdir. Kompleks o`g`itlar qatoriga tarkibida fosfor , azot va kaliy bo`lgan ammoniy va kaliy fosfatlar kiradi . Nitrofoska tarkibida ham kaliy , ham azot va fosfor bor . Bu murakkab o`g`it tarkibida pretsipitat , ammofoska va ammiyak selitirasi bo`lib , ular bitta texnologik jaroyonda hosil bo`ladi : undan 35 - 52 % N , va P2O5 va K2O bor . Zamonoviy agrokimyo uchun murakkab va mumkun qadar konsentirlangan o`g`itlarning qo`llanilishi xarakterlidir ; bu o`g`itlar tuproqqa o`simlik uchun kerak vaqitda va albatta , donador ko`rinishda , ya’ni ishlash va qo`llash uchun qulay shakilda qo`llaniladi . Albatta , O`simlikning normal o`sishi va taraqqiy etishi uchun oz miqdorda boshqa ko`p elementlar: temir , magniy , bor, aluminiy , brom , yod , kobalt , mis , rux ham kerak . Bularni mikroelementlar deyiladi [22].
Birinchi fosforli mineral o`g`it – oddiy superfosfat ( kalsiy digidrofosfat bilan kalsiy sulfat aralashmasi Ca( H2PO4)2 · 2CaSO4 bo`lib 1839-yilda ingliz kimyogari Lauz tamonidan olingan . O`g`itlar tarkibidagi fosfor miqdori fosfor ( V )- oksidi P2O5 foizi bilan hisoblanadi . Oddiy superfosfatga uning miqdori unchalik ko`p emas 14-20% , kalsiy fosfatga ortofosfat kislota ta’sir ettirib [Ca3(PO4)2 + 4H3PO4= = 2Ca(H2PO4)2] olinadigan qo`sh superfosfat konsentirlangan fosforli o`gitdir . Uning tarkibida 40 - 50% P2O5 bo`ladi .
Mineral o`g`itlar ishlab chiqarish uchun fosfor minerallari – gidroksapatit va fosfarit zarur , bular ham o`sha yuqoridagi kalsiy ortofosfat – Ca3(PO4)2 ning o`zi , lekin bularga ajratib olish qiyin bo`lgan qo`shimcha moddalar aralashgan bo`ladi . Fosforli minerallar tarkibiga uran , litiy , siyrak-yer elementlari va boshqa ko`p muhim elementlar kiradi , shuning uchun fosforli xom ashyoni komplekis qayta ishlash taraqqiy etgan mamlakatlar sanoati uchun muhim muammo bo`lib qoladi .
1.2 Kaliyli mineral tuzlar va ularning tabiiy manbalari.
Kaliy ma’danlari – xloridlar , sulfatlar va silikatlardan iborat foydali ( kaliyni o`z ichiga olgan ) minerallardan va ma’danga aralashib qolgan keraksiz jins minerallari aralashmalaridan hosil bo`lgan tuzli tog` jinslarini o`z ichiga oladi .
1- jadval
Nomi
Tuz tarkibi K2O , %
Miqdori
Zichligi ,
kg/m3
Silvin
Karnallit
Kainit
Shenit
Langbeynit
Poligalit
Alunit
Nefelinli
konsentrat
Leonit
Kalunit
Kaliborit
Glazerit
Leysit
Glaukonit Kaliy minerallarKCl
KCl · MgCl2 · 6 H2O
KCl · MgSO4 · 3 H2O
K2SO4 · MgSO4 · 6 H2O
K2SO4 · 2 MgSO4
K2SO4 · MgSO4 · 2CaSO4 · 2H2O
(K,Na)2SO4 · Al2(SO4)3 · 4Al(OH)3
(K,Na)2O · Al2O3 · 2SiO2
K2SO4 · 2MgSO4 · 4H2O
K2SO4 · CaSO4 · H2O
K2O · 4MgO · 11B2O3 · 18H2O
3K2SO4 · Na2SO4
K2O · Al2O3 · 4SiO2
(K,Na)2O·(Mg,Ca,Fe)O·(Fe,Al)2O3 · 4SiO2 · 2H2
Kaliy ma`dani tarkibiga loy karbonat jinslari , minerallari , qo`shimchalar : galit – NaCl , gips – CaSO4 · 2H2O , kizerit – MgSO4 · 4H2O lar kiradi . Yerning ustki qattiq qatlamida kaliy miqdori 1,5% ga yaqin . Kaliy ko`p jinslardan tarkib topgan alyumosilikatlar , dala shpatlari , granitlar , shenitlar , qattiq qazib olinadigan tuz qatlamlari va tuz eritmalari tarkibiga kiradi . Kaliy ma`danlari – ularda u yoki bu minerallar miqdorining ko`pligi bo`yicha aniqlanadi . Kaliy ma`danlarining qimmatli aralashmalari – brom , yod , rubidiy , mis , rux va boshqalar. Kaliyning muhim tuzlaridan – xlorid , sulfat va ulardan hosil bo`ladigan minerallar hisoblanadi. Kaliyning xloridi va boshqa galogenitlari NaCl turdagi suvli eritmalardan kristallanadi . 0ºC dan yuqorida ( KF · 2H2O dan tashqari ) suvsiz tuzlar kristal –lanadi . Evtektik harorati KCl · H2O + muz = -9,8ºC ga teng , - 5,3ºC da eriydigan , KCl · H2O kristallogidrat mavjuddir . KCl kristallarining zichligi taxminan 2,0g/sm3erish issiqligi 26,86 kj/mol ; sublimasiya issiqligi ( KCl kr.-KClg.) 223,75 kj/mol Kaliy galogenidlarining erish va qaynash temperaturasi I-F qator bo`yicha oshib boradi .
2- jadval
№ Birikma Terish, ºC Tqay,ºC
1. KI 682 1330
2. KBr 728 1376
3. KCl 768 1417
4. KF 856 1505
Kaliy poligalogenidlarining to`yingan suvli eritmalari quydagi erigan moddalar miqdorini ( og`ir. % ) tashkil qiladi .
3 - jadval
№ Birikma 0ºC 25ºC 100ºC
1. KCl 56,20 59,80 63,35
2. KBr 34,92 40,70 51,20
3. KCl 21,90 26,45 35,90
4. KF 30,70 48,90 59,80
Kaliy tuzlari , asosan , mineral o`g`itlar sifatida qo`llaniladi . Kaliy sanoati mahsulotining asosiy turlaridan biri kaliy xlorid hisoblanadi , uning 95% mineral o`g`itlar sifatida ishlatiladi , qolgan 5% o`yuvchi kaliy va kaliyning boshqa birikmalariga qayta ishlanadi .
Kaliyli o`g`itsimon tuzlarining umumiy miqdoridan 8-10% , sifati xlor ioni ta’siri ostida yomonlashadigan xlorofob ekinlari ( tabak , sitrusli va boshqalar ) ekilgan tuproqni o`g`itlash uchun , kaliy sulfati va magniy sulfatining ikkilamchi tuzlari ( K2SO4 · MgSO4 ) , kaliymagneziya turida ishlab chiqiladi .
Texnik maqsadlar uchun ishlab chiqariladigan kaliy xlorid – oqartiruvchi preparat sifatida va portlovchi moddalar ishlab chiqarishda qo`llaniladigan – o`yuvchi kaliy , xlorat , kaliy perxloratni , farmasevtika va fotografiya sanoatida qo`llaniladigan – bromid va kaliy yodidni , maxsus oyna ( shisha ) va sir olish uchun qo`llaniladigan – kaliy karbonatni , yog`ochga shimdirish , gazlamalarni oqartirish va boshqa maqsadlar uchun – kaliy silikati ( K2Si2O5) ni rudalardan oltinni ajratib olish uchun reagent – kaliy sianidni , havoni regeneratsiyalash uchun kaliy peroksid ( KO2) va boshqa peroksid birikmalarini va boshqa kaliy birikmalarini olish uchun qo`llaniladi . KCl kristallari infraqizil nurlar uchun juda yuqori shaffoflikka ega bo`ladi , shuning uchun ular ayrim optik asboblarda ishlatiladi .
Yaqin chet ellarda kaliy tuzlarining 22 ta koni hisobga olingan , qidirib topilgan zaxiralar o`tgan asirning 70-yillarida 24 mlrd. t . tashkil etdi va faqat 2,5 mlrd. tonnasi sanoat zahiralariga to`g`iri keladi . Eng yirik kaliy konlari : Verxnekamsk va Verxnepechorsk ( ural); Starobin , Kopatkevichi va Petirikov (Belorussiya ) ; Prikarpate ( Ukraina ) ; Gaurdak va Karlyuk ( Turkmanistan ) ; Jilyan (Qozg`iston ) ; Tyubegatan ( O`zbekiston ) ;
Verxnekamsk koni Perim oblostida joylashgan . Tuz qatlamining qalinligi 1000 m. Kon chuqur joylashmagan ( 90 – 220 m ) silvinit va karnalitning qalin qatlamlaridan iborat. Kaliy tuzlarining zonasi ikkita kuchli qatlamlarini hosil qiladi: pastki – silvinitli va yuqori - silvinit- karnallitli. Pastki zonada tosh tuzi qatlam-qatlami bilan ajralgan silvinitning oltita qatlami bor . Silvinitli gorizantal qatlamning qalinligi 7-8 dan 30-40 m.gacha; kaliy miqdori – 55% . Miqdori ( % ) : KCl - 17,2 – 39,6 ; MgCl2- 0,2 – 0,3 ; eerimaydigan qoldiq (e.q.)- 1,0 – 1,4 . Yuqori silvinit – karnallitli gorizantal qatlamli ola – bula silvinitli karnallit jins bilan taxlangan to`qqiz qatlamni tashkil etadi . Gorizant qalinligi 20 dan 115 m. gacha, qatlam qalinligi 0,5 dan 25 m gacha va ko`piroq . Silvinit miqdori ( % ): KCl – 20 ,9 ... 38,7; MgCl2 – 0,2 ... 1,2; erimaydigan qoldiq – 0,9 ... 6,3. Karnallit miqdori ( % ) : KCl – 13,4 ... 20,6; MgCl2 - 14,6 ... 19,0; erimaydigan qoldiq – 1,4 ... 4,5 . Karnallit qalinligi sanoat ahamiyatiga ega . Kaliy tuzlarining Verxnekamsk koni bazasida Ural kaliy ishlab chiqarish birlashmasi ishlaydi .
Starobin koni – Belorussiyaning kaliy qazib olinadigan basseyni ( havzasi ). Pripyat cho`nqirida Soligorsk va Starobin shaharlari hududida joylashgan. Starobin kaliy tuzlari koni Verxnekamsk konlari kabi faqat xloridlar – silvinit va karnallit bilan ma’lumdir . Starobin konining kaliy tuzlari tarkibi va tuzulishi bilan Verxnekamsk koni tuzlaridan jiddiy farq qiladi . Loy aralashmalarining ortiqcha miqdori va konning juda murakkab tuzulishi , ularni qayta ishlashga katta ta’sir qiladi . Starobin koni to`rtta silvinit gorizantlariga ega . Gorizantlar tosh tuzi karnallit va loy qatlamllari bilan almashinib turadi .
Birinchi kaliy gorizantining qalinligi 3 ... 8 m , joylashish chuqurligi 360 ... 726 m , KCl ning o`rtacha miqdori gorizant bo`yicha 19% . Birinchi gorizant balansdagi zaxiraga taalluqli bo`lib , rudadagi erimaydigan qoldig`i 12 ... 26% tashkil qiladi .
Ikkinchi kaliy gorizanti 400 dan 1000 m . gacha chuqurlikda joylashgan va silvinit , tosh tuzi va galopelitlarning tez-tez almashtirilib turulishi bilan xarakter- lanadi . KCl o`rtacha miqdori - 27 … 28%; erimaydigan qoldig`i - 5 …6% yaqin, MgCl2 foizning o`ninchi ulushidan oshmaydi .
Uchunchi kaliy gorizanti yetarlicha katta qalinligi bilan ikkinchidan farq qiladi . Qalinligi – 7,5 m , joylashish chuqurligi 350 m. dan 1200 m. gacha va undan ortiqroq , KCl o`rtacha miqdori 22 ... 23% , erimaydigan qoldig`i- 5...12%.
To`rtinchi kaliy gorizantining qalinligi 5 dan 35 ... 40 m . gachani tashkil qiladi , joylashish chuqurligi 525 dan 1500 m gacha o`zgaradi , gorizantda ikkita mahsulot qatlami kuzatiladi , birining qalinligi 3 ... 4,2 m ; KCl miqdori – 16 ... 24,5 % , MgCl2 – 1,5 , erimaydigan qoldig`i - 3 ... 10,8 % .
Ikkinchisi uncha ko`p bo`lmagan qalinlikka ( 0,8 m. gacha ) , KCl miqdori 24 dan 44% gacha. Kaliy tuzlarini qazib olish 260 , 420 ... 430 m. va 700 ... 800 m. chuqurlikda olib boriladi . Bu tuzlar ma’danida « Beloruskaliy » ishlab chiqarish birlashmasi faolyat ko`rsatadi .
Petirkov koni . 1966 – yilda ochilgan va Petirikov shahar ( Golyali oblosti ) hududida Priyapt cho`nqirining markaziy qismida joylashgan . Konning tuz qatlami kesimi tarkibida kaliy bo`lgan 20 ga yaqin gorizontlarni tashkil qiladi . Kaliy qatlamining qalinligi 1300 m . ga yetadi . Mahsulot zonasi ko`p marta almashib turadigan galit , silvin va tuzsiz jinslar ( dolamit , angidrit . loy , mergel, alevrolit ), qatlamlaridan iborat . Kaliyli qatlam uch qisimga bo`linadi : yuqori , o`rta va pastki . Yuqori qismining qalinligi 25 ... 160 m , tuz bilan to`yinganligi 52 ... 81% , kaliyli gorizant mavjud emas . Pastki qismining qalinligi 350 ... 600 m, tuz bilan to`yinganligi - 36 ... 64% , bita kaliyli gorizantga ega . O`rta qismining qalinligi – 420 ... 520 m , tuz bilan to`yinganligi 96% ga yetadi , sakkizta kaliyli gorizantga ega . Sanoatni qiziqtiradigan qisim , bu to`rtinchi gorizantdir . Uning qalinligi 1,3 dan 22 metirgacha , joylashish chuqurligi 510 dan 1400 m. gacha , qalinligi 1,9 m. dan katta bo`lmagan gorizantal uchastkalarda KCl mavjud . 7,25 m. qalinlikdagi uchastkalarda KCl miqdori 16,5% gacha kamayadi , MgCl2 miqdori esa 17,8 % tashkil qiladi . Pastki qatlami – to`rtta KCl qatlamlaridan tashkil topgan mahsulot zonasining qalinligi 2,6 dan 5,3 m . gacha. Tarkibida o`rtacha miqdorda ( % ): KCl – 17,9 ... 24,9 da o`zgaradi ; NaCl – 69 ... 76; MgCl2 – 0,1 ... 3,8; erimaydigan qoldig`i – 0,2 ... 1,2 .
Nejinsk koni . Starobindan sharqda joylashgan , to`rtta kaliyli gorizantga ega, ularning ikkinchisi va uchunchisi sanoat ahamiyatiga ega . Ikkinchi kaliyli gorizant 520 ... 1000 m. chuqurlikda joylashgan . Gorizantning qalinligi 0,75 dan 2,6 m. gacha o`zgarib turadi . Qatlamda KCl miqdori – 27,3% , e.q, - 4,4% . qatlam galit qatlami bilan ajralgan ikkita silvinit qatlamlaridan tashkil topgan . Uchunchi gorizant 520 – 1100 m. chuqurlika joylashgan , shimolga tomon 1200 m va undan ortiqroq ko`payadi . Gorizantning qalinligi 2 ... 3 dan 5 ... 7 m. gacha o`zgaradi . Qatlamdagi KCl o`rtacha miqdori 27% va e.q. – 6,5% .
Predkarpat ( Karpat oldi ) konlari Lvov va Ivano-Frankov oblastlari che-garalarida Karpat bo`ylab eni 20-25 m. polosa ko`rinishida joylashgan. Ulardan eng yiriklari: Stebnikov , Kalush , Tolin , Piylo , Dombrovskiy , Ninev , Trost-yanets. Ular asosan langbeynit-kainitli va kainitli jinsli bilan jamlangan. Kaliy tuzlari qatlamda ( konlari ) shuningdek silvinit , kizerit , poligalit va boshqa minerallar ko`rinishidadir . Xlorid-sulfat turidagi kaliy tuzlarining borligi bu konni , xlorsiz kaliy o`g`itlarini ishlab chiqarish uchun yagona xom ashyo bazasi ekanligini ko`rsatadi .
Karlyuk va Gaurdak konlari Turkmanistonda joylashgan . KCl miqdori 21 . . .35 % . Karlyulk konining kaliy tuzlari silvinit va karnalitdan , Gaurdak esa silvinitdan iboratdir . Tuzli qatlam qalinligi 800 . . . 900 m . ga yetadi .
Jilyani koni Aktyubinsk shahri yaqinida joylashgan . Kon ikkita kaliyli gorizantga ega . Pastki gorizont 25 . . . 37 m . umumiy qalinlikdagi 3 ta poligalit pachkalaridan tashkil topgan , yuqorisi esa qalinligi 10 . . . 20 m . bo`lgan ikkita silvinit pachkalaridan iboratdir . Poligalitda K2O 10-11 % , silvinitda 19 . . .20 % K2O ( 30-33 % KCl ) tashkil etadi . Qatlam chuqurligi 400 m . dan 750 m . gacha . qatlamlarining tuzilishi murakkab va ularning qalinligi bir xil emas ; bir xil joylarda yorilishlar , qatlamning parchalanishlari va boshqa buzilishlar mavjud .
Tyubegatan koni . O`zbekiston Respublikasida azotli va fosforli o`g`itlar ishlab chiqarish yo`lga qo`yilgan bo`lsa ham , kaliy o`g`itlarini ishlab chiqarish yo`lga qo`yilmagan .
2007 – yilning 1 – mayida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I . A . Karimovning « Tyubegatan kaliy tuzlari koni bazasida Dehqonobod kaliyli o`g`it-lar zavodini qurishni tashkil etish chora – tadbirlari to`g`risidagi » gi Qarori chiqdi. Qarorga binoan yillik quvvati 700 ming t . kaliyli o`g`itlarni ishlab chiqarishga mo`ljallangan korxonani qurish ko`zda tutilgan .
Kaliyli madan konlarining dunyo bo`yicha uchrashi .
Uzoq chet el mamlakatlar orasida kaliy tuzlarini ishlab chiqarish va zahirasi bo`yicha birinchi o`rinni Kanada egallaydi . Kanadadagi eng yirik kaliy tuzlari koni Saskachevak bo`lib , silvinit va karnalit minerallaridan iborat . Kaliy tuzlari qatlamining chuqurligi 750 dan 2500 m . gacha , silvinit qatlamlari qalinligi 1,5 dan 5,2 metrgacha , ma`dandagi erimaydigan qoldiq miqdori 1 . . . 8 % .
AQSHdagi kaliy tuzlari resurslari Nyu – Mexiko , Kaliforniya va Yuta shtatlarida joylashgan . Karlsbad shahar rayonidagi kaliy tuzlari qatlamlari asosiy sanoat ahamiyatiga ega . Kaliy tuzlari silvinit , langbeynit va poligalitdan iborat .
Silvinit qatlamlarini qazib olish 300 . . . 460 m . chuqurlikda olib boriladi , qatlam qalinligi 1,2 . . . 4,2 m . Shuningdek langbeynit qatlamlari ham qazib olinadi . Kaliy tuzlari (KCL, K2SO4 ) olish uchun xom ashyo bo`lib, katta tuz ko`li (Ogden shahri) ning tuzli suvi xizmat qiladi. Quyosh ostida bug`latish usuli bilan Kainit va shinit olinadi va ular K2SO4 ga qayta ishlanadi. Kaliy xlorid - Xavzalaridagi tuzli suvni bug`latgandan keyin olingan tuz aralashmalaridan Flotatsiya yo`li bilan ajratib olinadi.
Kaliy tuzlari manbayi bo`lib, Kaliforniya shtatidagi Serles ko`li xisoblanadi Serlis ko`li tuzlarining qatlamlari galit, glazerit ( n K2SO4· m Na2SO4 ) va bor minerallaridan iborat . Serls ko`lining sho`r suvini kompleks qayta ishlash yo`li bilan KCl va K2SO4 olinadi .
Germaniya ( Olmoniya ) kaliy tuzlarining katta zahiralari Janubiy va Shimoliy Gannaver rayonlari , Pastki va Yuqori Reyn havzalari , shuningdek Vera-Vulfa va Janubiy Garts okruglari chegaralarida to`plangan . Gannover va Reyn konlarining tuzli qatlamlari 350 ... 1100 m . chuqirlikda joylashgan silvinit va karnalitdan iborat ; ishchi gorizant qalinligi 1,5 ... 30 m . Vera-Vulf va Janubiy Gartsning kaliyli ma`danlari tarkibida karnalit bilan birgalikdagi xartzalts uchraydi.
Kaliy ma`danlarining asosiy konlari Fransiyaning Elzasida joylashgan . Kaliy tuzlari 400 ... 1000 m . chuqirlikda joylashgan , qatlamlarning qalinligi 2 ... 6 m , ma`dandagi K2O miqdori 16 ... 21 % .
Ispaniyada kaliy tuzlari qatlamlari Barselona provinatsiyasid joylashgan ( Katalon va Navar konlari ) silvinit va karnallitdan tashkil topgan . Karnallit qatlamining qalinligi 15 m. ga yaqin . K2O miqdori – 12 ... 16% . Karnallit ostida mahsuldor silvinit qatlami joylashgan , qalinligi 0,9 dan 7,2 m. gacha , K2O miqdori 17% yaqin . Katalon konlaridagi kaliy gorzantining joylashish chuqurligi 275 ... 1500 m. ni tashkil etadi , Navarda esa 100 ... 400 m. ni tashkil qiladi .
Italiyaning kaliyli tuzlarini sifatli qatlamlari K2O miqdori 12% yaqin kainitdan iborat . Ular Sitsiliya oralida 300 ... 540 m. chuqurlikda joylashgan .
Angiliyaning Yorkshir kaliy konlarida silvinit qatlamlari gorizantal holda 975 ... 1200 m. chuqurlikda joylashgan . Ishchi qatlam qalinligi 23 m . gacha.
Isroilda kaliy tuzlari manbai O`lik dengiz rapasi hisoblanadi . Havzalarda karnallit cho`ktiriladi , so`ngira silvinitga qayta ishlanadi , bunda flotatsiya va issiq eritish usuli qo`llanadi . Kaliy tuzlari zaxiralari , shuningdek Polsha , Kongo, Marokko va boshqa mamlakatlarda mavjuddir.
1.3 Mineral o`g`itlarining xalq xo`jaligida ishlatilishi .
Kaliyning ko’p qismi o’simlik hujayrasining shirasida bo’ladi. O’simlikning tunasida engil harakatchanlikka ega bo’lib, ildizdan kechasi ajraladi va kunduzi yana singadi. O’simliklarning eski qari bargidan yomg`ir suvlari kaliyni ko’plab yuvadi.
O’simlikda kaliy bir tekis tarqalmagan, uning ko’p qismi modda almashinivi va hujayraning bo’linishi intensiv ravishda ketayotgan organlarida mirestemasida, yosh novdalarida bo’ladi.
Kaliy o’simlik ning changdonida ham ko’p bo’ladi. Makkajo’xorining changdonida 35,5% gacha bo’ladi. Kaliy o’simlik larning tovar bo’lmagan qismida ko’p bo’ladi[24].
Kaliy o’simliklarda fotosintez jarayonini normal o’tishini ta`minlaydi. Fermentlar tarkibiga kirmaydi. Lekin ularning faoliyatini tezlashtiradi.
Protoplazma kolloidlarining gidrofillik qobiliyatini kuchaytiradi. Kaliyning ta`sirida o’simliklar suvni o’zida ushlab turish qobiliyatini oshiradi. Qisqa muddatli qurg`oqchilikka chidamliligini kuchaytiradi.
Kaliy bilan oziqlanish yaxshi bo’lgan sharoitda o’simliklarda uglevodlarning tez to’planishi natijasida meva va sabzavotlarda qandning, kartoshkada kraxmalning, zig`ir va boshqa tolali ekinlada tolasining ingichkaligi va mustahkamligi ortadi. X ujayra shirasining osmotik bosimi va ekinlar sovuqqa chidamliligi ortadi.
O’simliklar kaliy bilan yaxshi taminlansa, oqsil ko’p hosil bo’ladi,azotni yashshi o’zlashriradi.
Ko’pgina qishloq xo’jaligi ekinlarida kaliy azotga nisbatan ancha kam bo’ladi. Lekin hamma o’simliklar va mikroblar kaliyni fosforga nisbatan ko’p istemol qiladi.
Kaliy etishmaganda o’simlik barglarining qirralari qizil-qo’ng`ir tusga kiradi.U larning rivojlanishi va xosilning etilishi kechikadi.
O’simliklar o’zlaring har xil o’suv davrlarida kaliyni har xil miqdorda qabul qilmaydilar.
Masalan, zig`ir gullashdan oldin 25,1 % gullash boshlanganda 73,7%, to’la gullaganda 98,7% qabul qiladi.
Qishloq xo’jaligi ekinlari kaliyni birday talab qilmaydilar. Kaliyni nisbatan ko’p talab qiladigan qishloq xo’jalik ekinlariga qand lavlagi, karam kartoshka ildiz mevalilar, beda, kungaboqar, grechixa, don dukkakli ekinlar va makkajo’xori kiradi.Arpa, tariq, bug`doy,javdarlarning donida kaliyni miqdori kam bo’ladi.
Kaliy azot va fosfordan farq qilib o’simliklarning vegetastiya qismida ko’p bo’ladi. G`allali ekinlarningdonida kam poxolligida esa ko’p bo’ladi.
Kaliyning pichanda g`allali ekinlaning poxolida ko’p bo’lishi kelgusida go’ng tarkibidan kaliyni ko’p bo’lishini taminlaydi. Chunki poxol va pichanlar chorva mollariga hamda to’shama sifatida foydalaniladi. To’shama esa go’ngning tarkibiy qismi xisoblanadi.
Bazi qishloq xo’jalik ekinlarining xosili tarkibidagi kaliyni miqdori
4 - jadvali
ekin turlari maҳsuloti kaliy oksidi ekin turlari maҳsuloti kaliy oksidi
kuzgi donli doni/poxol 0,65/1,10 bodring mevasi 5,65
bahorgi g`allali doni/poxol 0,67/1,30 pomidor mevasi 5,60
makkajo’xori fani/poyasi 0,43/1,93 Zig`ir poxolida 1,10
no’xat doni/poxol 1,46/0,60 G`o’za tolasi 1,00
qand lavlagi il.meva/o’s. 1,0/3,0 yo’ng`irchqa pichan 1,80
ozuqa lavlagi il.meva/o’s. 3,5/2,63 beda pichan 1,80
kartoshka kartoshka/o’s 2,40/3,70 vika pichan 1,20
karamda bosh 4,60 timofelka pichan 2,42
sabzida ild.meva 3,20
Tuproq tarkibidagi kaliyning birikmalari va shakllari.
Yer qobig`idagi kaliyning miqdori 2,14%ni tashkil etadi. Ko’pgina tuproqlarni ona jinsi hisoblangan qo’kindi jinslar tarkibida bo’ladi.
Tuproq tarkibidagi kaliyni miqdori azor va fosforning birgalikdagi miqdoridan hamma vaqt ko’p bo’lgan. Kaliy og`ir mexanik tarkibli tuproqlarda ko’p bo’ladi. Loyli va soz mexanik tarkibli tuproqlarda kaliyning miqdori 2% bazi hillarda esa 3% gacha bo’ladi.
Tuproq tarkibidagi kaliyning ko’p qismi suvda erimaydigan va o’simliklarga kam o’zlashadigan shaklda bo’ladi.
Tuproqning xaydov qatlamidagi kaliyning umumiy miqdori azotga qaraganda 5-50 marta fosforga nisbatan 8-40 marta ko’pdir. Tuproq tarkibidagi kaliyning zaxirasi azot va fosforning zaxirasiga nisbatan sezilarli darajada ko’pdir.
Kaliyning umumiy miqdori qizil tuproqlarda 0,86% chimli podzol tuproq larda 2,32%, o’rmon sur tusli tuproqlarda 2,35% ni oddiy qora tuproqlarda 2,03%, ishqorsizlangan qora tuproqlarda 1,96% qalin qavatli qora tuproqlarda 2,37% oddiy qora tuproqlarda 2,03% tashkil etadi.
Tuproq tarkibidagi kaliy birikmalari o’simliklarda o’zlasha olishi bo’yicha 4 guruxga bo’linadi.
1. Barqaror alyumoslikat minerallar asosan dala shpatlarihamda slyudalar tarkibiga kiruvchi kaliy , bu minerallar kam eruvchanligi va o’simliklar yaxshi o’zlashtira olmaganligi bilan xarakterlanadi.
Dala shpatlardagi kaliyni o’simliklar qiyin o’zlashtiradi. Lekin suv va unda erigan karbonat angidrid gazi taosirida tuproq temperaturasining o’zgarishi va tuproqdagi mikroorganizmlarning faoliyati taosirida bu minerallar asta sekin parchalanadiva kaliyning eruvchan tuzlaring hosil qiladi. Slyudalar tarkibidagi kaliyni o’simliklar birmuncha oson o’zlashtiradi.
2. Almashinuvchi ,tuproq kolloidlariga yutilgan kaliy. Bu elementlarning tuproqdagi umumiy miqdorining ko’pi bilan 0,5-1,5%ni tashkil etadi. U o’simliklarning oziqlanishida asosiy ahamiyatga ega. Almashinuvchi kaliyni o’simliklar oson o’zlashtirishiga sabab uning boshqa kationlar bilan almashingandagina eritmada oson o’tish xususiyatiga va eritmadan kaliyni o’simliklar o’zlashtirishidir. Almashinuvchi kaliy miqdari tuproqning kaliy bilan taminlanganlik darajasining ko’rsatkichi bo’lib xizmat qilishi mumkin.
3. Suvda eriydigan kaliy. Kaliyning bunday shakli tuproq eritmasida erigan har xil tuzlar xolida bo’ladi. Ulaning o’simliklar bevosita o’zlashtiradilar.
Tuproq dagi suvda eriydigan kaliynning paydo bo’lishi bir qator jaryonlarga bog`liq:
a) kaliyli minerallarning gidrolizi,
b) o’simliklar ildizi ajratmalari tomonidan minerallarning buzilishi
v) minerallarga nitrifikastiya bakteriyalari to’plagan natriy kislotasining taosiri.
g) tuproqqa tushadigan o’g`itlarning tuzlaridan va o’simliklar ildizining ajratmalaridan almashinuvchi kaliyning ajralib chiqishi va boshqalar.
4.Mikroorganizmlar plazmasi tarkibiga kiruvchi kaliy, kaliyning bu shakli kam o’rganilgan.
Kaliyning eriydigan tuzlari o’simliklarning oziqlanishida eng yaxshi manba xisoblanadi.
O’simliklar ildizlarining qoldiqlari va mikroorganizmlarning xalok bo’lishi, chirishi natijasida xosil bo’lgan kaliydan yaxshi foydalanadi. Umumiy kaliy o’zining tarkibida kaliyli birikmalarning har xil shakllarining birlashtiradi va quyidagilarga bo’linadi:
1. Suvda eruvchan kaliy.
2. Almashinuvchi kaliy.
3. Xarakatchan kaliy.
4. Almashinmaydigan, gidrolizlangan kaliy.
5. Kislatada eriydigan kaliy.
6. Almashinmaydigan kaliy.
Kaliy bilan oziqlanish qishloq xo’jalik ekinlarining hosili va uning sifatiga sezilarli taosir ko’rsatadi. Kaliy etishmasa o’simliklarda yangi hujayralar kam xosil bo’ladi. O’simliklar o’sishdan orqada qoladi. Moddalar almashinuv jarayni buziladi.
Buning natijasida esa barglarda xosil bo’lgan uglevodlarning xosil elementlariga kelish kamayadi. Barglarda uglevodlar ko’p to’planadi va natijada barg vilt kasaliga chalinganga o’xshab oqarib sarg`ayib to’kiladi.
Kaliy yuqori molekulyar uglevodlvrning sintezini kuchaytiradi, natijada o’simliklar poyasining xujayralaridevorlari qalinlashadi. Bu esa qishloq xo’jalik ekinlarini yotib qolishdan saqlaydi va zig`ir, kunjut, paxta tolalarining sifatini yaxshilaydi.
Kaliyning yetishmasligi natijasida qator fermentlarning faoliyati buziladi, o’simliklarning nafas olishi uchun qand moddalaring sarfi ortadi, uglevodlar va oqsillar almashinivi buziladi. Natijada puch pishmagan don, urug`lar xosil bo’ladi. Urug`larning unuvchanligi va chiqishi yashash qobiliyatlari pasayadi, bu esa xosil sifatiga salbiy taosir ko’rsatadi.
Qishloq xo’jalik ekinlarining kaliy bilan yaxshi taminlamaslik ularning har xil kasalliklarga chalinuvchan qilib qo’yadi,buning narijasida xosilni yig`ishtirib olgandan so’ng xosil uzoq vaqt saqlanishini yo`qotadi, tez buziladi.
Kaliy etishmaganda o’simliklarda quyidagicha tashqi belgilar paydo bo’ladi: o’simliklarning pastki yaruslaridagi eski barglari tezda sarg`ayadi, keyinchalik barglar uchlarigacha qo’ng`ir tusga kiradi. Bazi xollarda qizil zangsimon doglar paydo bo’ladi, barllarning chekkalari qurib qoladi.
Qishloq xo’jaligida kaliyning aylanishi azot va fosforni aylanishidan ancha farq qiladi.
Donli ekinlarda doniga qaraganda somonida kaliy ko’p bo’ladi. Shu sababli somonning hammasi yem xashaklar va mollarning tagiga to’shama uchun ishlatilganda kaliyning ko’p qismi go’ng bilan birga yana tuproqqa qaytib keladi.
Shu munosabat bilan go’ngdan rastional foydalanish o’simliklarning kaliy bilan taminlashda juda katta axamiyatga egadir.
Kaliyli o’g`itlar ishlab chiqarish tayyorlanishiga qarab: xom kaliyli o`g`itlar,konstentirlangan kaliyli o`g`itlar va sanoat chiqindilariga bo’linadi.
1. Xom kaliyli o’g`itlar.
Tabiiy kaliy tuzlari maydalash yo’li bilan olinadigan xom kaliyli tuzlar tarkibida kaliy miqdorining juda kamligi va qo’shimchalar miqdorining ko’pligi bilan xarakterlanadi.
Xom kaliyli tuzlardan silvinit va kolinit eng ko’p tarqalgan. Ular tarkibida ko’p miqdorda xlor bo’ladi. Bu ham uni ishlatishni cheklab qo’yadi.
a) silvinit- tarkibida 14-18% kaliy oksidi, 34-38% natriy oksidi,va 52-55% xlor bo’ladi. Dag`alroq maydalangan holda chiqariladi. Tashqi ko’rinishidan yirik,har xil rangli oq, pushti,qo’ng`ir, ko’k rangli kristallar aralashmasidir.suvda yaxshi eriydi. Salgina gigroskopikligi bor. Silvinit asosiy o’g`it sifatida kuzgi shudgor ostiga solinadi. Bunda xlorning ko’p qismi pastki qatlamlariga yuvilib ketadi. Kaliy esa tuproqqa yutiladi. Silvinitda natriyni ko’p bo’lishi lavlvgi va xashaki ovqatga ishlatiladigan ildizmevalar bazi sabzavot ekinlari uchun foydalidir. Silvinit ular uchun yaxshi o’g`it xisoblanadi.
v) Kainit- ko’p miqdorda natriy xlor aralashgan, tarkibida 10-12% kaliy oksid, 8% atrofida magniy oksidi, 40-% ga yaqin xlor va 35% nariy oksidi bo’ladi. Kainitli yoki kalnitli -langbonitli jinsni maydalashdan olinadi. Kainit ham asosiy o’g`it sifatida ishlatiladi.
2. Konstentrlangan kaliyli o`g`itlar.
A) kaliy xlorid tarkibida 58 % dan 62 % gacha kaliy oksidi bo’ldi. Silvinitldan kaliy xloriddan natriy xloridni ajratish orqali olinadi. Ularni ajratish harorat ko’tarilishi bilan bu tuzlarning eruvchanligi turlicha bo’lishga asoslangan. Ҳarorat 20 S dan 100 S gacha ko’tarilganda kaliy xloridning eruvchanligi 2 marta ortadi, natriy xloridning eruvchanligi deyarli o’zgarmaydi. Maydalangan silvinitdan kaliy xlorid 110ºC haroratda natriy xloridning to’yingan eritmasidan eritib olinadi, so’ngra sovutilganda cho’kmaga tushadi. Natijada mayda kristall holdagi kaliy xlorid olinadi. U saqlab qo’yilganda qovushib qoladi.
B) 40 % li kaliyli tuz. Kaliy xloridni maydalab tuyilgan silvinit yoki kalmid bilan mexanik ravishda aralashtirib olinadi. Tarkibi va xossalariga ko’ra silvinit bilan kaliy xlorid o’rtasida oraliq xolatni egallaydi.
Kaliyli tuz qand lavlagi va xashaki ildizmevalilar uchun juda samaralidir.
V) kaliy sulfat tarkibida kamida 48 % kaliy oksidi bor. Tashqi ko’rinishidan kulrang tusli mayda kristall tuz. Deyarli suvda yaxshi eriydi. Tabiiy sulfatli kaliy tuzlaridan kaliy sulfatni ajratish yo’li bilan olinadi. Kaliy sulfatning fizik xossalari yaxshi, mushtlashib qolmaydi, gigroskopikligi juda kam. Har qanday tuproqda va barcha ekinlarga ishlatish mumkin.
G) kaliy magneziya tarkibida 28-30 % kaliy oksidi va 8-10 % magniy oksidi bor. Karpat oldi konidagi tabiiy sulfatli kali tuzlaridan qayta kristallash yo’li bilan olinadi.
Kalimagneziya kartoshka, zig`ir va boshqa ekinlar uchun yaxshi kaliyli o’g`it hisoblanadi.
3. sanoat chiqindilari.
A) xlor - kaliy - elektrolit - solinamen karnalitdan magniy ishlab chiqarishda olinadigan chiqindi, tarkibida 32 % dan 45 % gacha kaliy oksidi, 6-8 % magniy oksidi, 6-8 % natriy oksidi va 50 % gacha xlor bo’ladi.
Asosiy o’g`it sifatida foydalaniladi va kuzgi haydov ostiga solinadi hamda barcha ekinlarga solish mumkin.
B) kaliy karbonat, tarkibida 52-55 % kaliy oksidi bo’ladi.
Nefelindan alyuminiyni ishlab chiqarishda chiqindi sifatida olinadi, ishqoriy reakstiyaga ega, kuchli gigroskopik, suyuqlanib ketadi yoki kuchli qotib qoladi, sochiluvchanligi yomon.
Tuproqqa solishdan oldin uni 1:1 nisbatda quruq torf bilan aralashtirish tavsiya etiladi.
V) stement changi - tarkibida karbonatlar, bikarbonatlar va kaliy sulfat holida 14 % dan 35 % gacha kaliy oksidi, 19 % kalstiy oksidi 3-4 % magniy oksidi va 1 % natriy oksidi bo’ladi.
Kartoshka, zig`ir, grekchikaga solinganda yaxshi natijalar beradi.
G) nefelin qoldig`i - mayda tuyilgan nefelin. Kola yarim orolidadagi appatitlardan appatit konstentrati ishlab chiqarishda olinadjigan chiqindi.
Tarkibida 5-6 % kaliy oksidi, 10-13 % natriy oksidi, 8-10 % kalsiy oksidi bo’ladi. Nefelin tarkibida kaliy miqdorining kam bo’lishi tufayli u uzoq masofalarga tashib olib borilmaydi.
Nefelin qoldiqlarini ishlatish shu kon atroflaridagi tarqalgan kislotali torfli tuproqlarda yaxshi samara beradi.
Barcha kaliyli o’g`itlar suvda yaxshi eriydi. Tuproqqa solinganda, ular tez erib ketadi va tuproqning singdiruvchi kompleksi bilan o’zaro ta`sirlashadi.
Kaliyli o’g`itlar tarkibiga kiruvchi kaliy va boshqa kationlar tuproqning kolloid qismiga yutiladi, xlor esa tuproq eritmasida qoladi va shu sababli oson yuvilib ketadi.
Kaliy yutilgan holatga o’tishi natijasida uning tuproqdagi harakatchanligi kamayadi va yuqilib ketishi to’xtaydi, singdirish sig`imi kichik bo’lgan qumli hamda qumloq tuproqlar bundan mustasnodir.
Barcha kaliyli o`g`itlar - fiziologik kislotali tuzlardir, lekin ularning fizikologik kislotaliligi ammoniyli o’g`itlarnikidan kam bo’lib, u ko’p miqdorda kaliy isteomol qiladigan ekinlarga kungaboqar, grechixa, ildizmevalar, kartoshka, sabzavotlarga uzoq vaqt sistemali ravishda solib turilgandagina namoyon bo’ladi.
Asoslarga to’yingan qora va bo’z tuproqlarda kaliyli o’g`itlarning salbiy taosiri kuzatilmaydi.
Kaliyli o’g`itlar yengil qumli va qumloq mexanik tarkibli tuproqlarda eng yaxshi samara beradi.
Tarkibida kaliy kam bo’lgan bunday tuproqlarda barcha qishloq xo’jalik ekinlariga kaliyli o’g`itlarni solish kuchli ta`siri qiladi.
Kaliyli o’g`itlarni samarali ishlatishning muhim sharti - bu o’simliklarni azot va fosfor bilan yaxshi ta`minlashdir. Tarkibida azot va fosfor kam bo’lgan tuproqlarda kaliy kutilgan natija bermaydi.
Odatda harkatchan kaliy ko’p bo’ladigan sho’rtob tuproqlarda kaliyni solish bunday tuproqlarning yanada sho’rlanishiga olib keladi.
Azotli va fosforli o’g`itlar sistemali ravishda qo’llanilganda, kaliyli o’g`itlarning samaradorligi ortadi va yildan-yilga ularga bo’lgan ehtiyoj ko’payib boradi.
I I BOB Tajribalar qismi .
2.1 Suv tarkibidagi quruq qoldiq hamda erimaydigan qismini aniqlash
1. Quruq qodiqni aniqlash . Buning uchun forfordan tayyorlangan 50 mlli forfor chashkasi olinib , 105°C haroratda qurutish shkafiga quritiladi . Qurutish shkafiga quritilgan forfor eksikatorda sovitilib , og`irligi yozib olinadi . Og`irligi o`lchab olingan forfor chashkasiga keltirilgan mineral tuz eritmasidan 50 ml o`lchab olinib solinadi uni suv hammomida eritma suvi bug`lanib ketguncha qizdiriladi . Shundan so`ng suvsizlantirilgan qoldiq quritish shkafida 105°C temperaturada quritiladi va og`irligi texnik tarozida o`lchab olinib , uning miqdori quydagi formula yordamida hisoblab topiladi :
m1- quruq chashkaning og`irligi 63,179 g
m2-chashkaning quruq qoldiq bilan og`irligi 0,7 g
v -tahlil uchun olingan eritmaning hajmi 50 ml
Demak quruq qoldiqning miqdori 51,8 g ekan.
2. Suvda erimaydigan qismini aniqlash . Buning uchun „ Ko`k lentali ” filtr qog`ozi olishi u 105ºC temperaturada quritish shkafida quritildi va uni eksikatorda sovutilgandan so`ng og`irligi analitik tarozida o`lchab olinadi . Quritilgan filtr qog`ozi shisha voronkaga joylashtirilib shtativga joylashtiriladi va keltirilgan namunadan 50 ml hajmdagi eritma filtrlanadi . Eritma filtrlab olingandan so`ng , filtr qog`oz distillangan suv bilan kumush nitratning 0,5 % li eritmasi bilan xlor ioniga reaksiya bermaguncha yuviladi . Shundan so`ng filtr qog`oz 105°C temperaturada quritish shikafida quritiladi va eksikatorda sovitiladi . Sovitlilgan filtr qog`oz og`irligi analitik tarozida tortiladi va natija quydagi formula yordamida hisoblab topiladi .
Bu yerda m1 – filtr qog`ozining og`irligi 0,797 g
m2 – filtr qog`ozining сho`kma bilan o`g`irligi 0,862 g
v - olingan eritmaning hajmi 50 ml .
Demak suvda erimaydigan qismi 14% ekan .
Suvning qattiqligini aniqlash .
Kerakli reaktivlar va asboblar.
1. Bidistillangan suv – kerakli reaktivlarni tayyorlash uchun .
2. Trilon „ B” ning 0,05 N eritmasi . Bunday eritmani tayyorlash uchun 9,8g trilon „ B” olinib uni hajmi 1000 sm3 bo`lgan o`lchov kolbasiga solinadi va uning ustiga 500 – 800 sm3 distillangan suv solinadi . Agar eritma loyqa bo`lsa unda u filtirlanadi va eritmaning hajmi 1000 sm3
gacha yetkaziladi . Eritmaning pH 5 atrofida bo`lishi kerak .
3. Gost 4919 77 bo`yicha tayyorlangan ammiakli bufer eritma . Bunday
eritmani tayyorlash uchun hajmi 1000 sm3 bo`lgan o`lchov kolbasiga
67 g ammoniy xloriddan solinib uning ustiga 200 sm3 distillangan suv
solinadi . Hosil bo`lgan aralashmaga 570 sm3 ammiakning 25 %
eritmasidan qo`shiladi va eritmaning hajmi distillangan suv bilan
1000 sm3 gacha yetkaziladi . Eritmaning pH – 10,0 – 10,5 atrofida
bo`lishi kerak .
4. Xromli o`tkir ko`k rangli indikatorning 0,5 % li eritmasini tayorlash
uchun xromning o`tkir ko`k rangdagi paroshogidan 0,5 g olinib
100 ml o`lchov kolbasiga solinadi va ustiga 20 ml ammiakli bufer
eritmadan qo`shiladi va eritmaning hajmi etanol bilan 100 ml gacha
yetkaziladi .
Silvinitdan kaliy xlorni olish sxemasi
Ushbu usulning texnologik sxemasi quyidagi asosiy bosqichlardan iborat .
1. Nam silvinit rudasini maydalash ;
2. Kaliy xlorni eritmaga o`tkazish maqsadida qaynoq nomokob bilan silvinitga ishlov berish ;
3. Kaliy xlorni yo`qolishini kamaytirish uchun qayta ishlangan silvinit rudasiga ishlov berish ;
4. Kaliy xlor va natriy xlor bilan to`yingan qaynoq nomokobdan muaalaq holatdagi tuz va tuproq shlamlarini ajratish ;
5. Kaliy xlorni ajratib olish uchun tuproqsimon shlamni qaynoq suv bilan yuvish ;
6. Qaynoq eritmani issiqligidan foydalangan holda tindirilgan qaynoq nomokobni kaliy xlorni kristalga tushirish maqsadida sovitish ;
7. Aylanma eritmadan kaliy xlor kristallarini ajratish ;
8. Kaliy xlor kristallarini quritish ;
9. Aylanma eritmani isitish va silvinitni qayta ishlash bosqichiga qaytarish ;
10. Ishlab chiqarish chiqindilarini chiqarib tashlash yoki yo`q qilish ;
Shaxtadan keladigan silvinit rudasida 500 mm gacha bo`lgan bo`laklar mavjud . 5 mm dan yirik silvinit zarrachalari to`liq erimaydi , bu chiqindi bilan kaliyni yo`qolishiga olib keladi . Shuning uchun eritishdan oldin nam ruda maydalanadi . Shuni ham e`tiborga olish kerakgi silvinitni o`ta ko`p maydalash eritilgan silvinit tarkibida 0,2 mm dan kichik tuproqsimon shlamlarini ortishiga olib keladi . Buning oldini olish maqsadida silvinit rudasi shunday maydalanadiki maydalangan rudaning asosiy massasi 1-4 mm o`lchamida bo`ladi .
Rudani maydalash 3 bosqichda amalga oshiriladi : yirik , o`rtacha va mayda . Yirik maydalash ( 200 mm dan kichik ) yassi qisimli maydalash mashinasida amalga oshiriladi , o`rtacha maydalash ( 25 mm ) bolg`ali yoki konusli , mayda maydalash ( 4 mm va undan kichik ) esa valli maydalagichlarda amalga oshiriladi . Ortiqcha maydalashni oldini olish maqsadida har bir maydalagichdan oldin elaklar o`rnatiladi .
Maydalangan silvinit , kaliy xlorni eritib ajratib olish uchun ikkita shnekli erituvchiga beriladi . Erituvchidan qattiq tuzni chiqazib tashlash erituvchiga o`rnatilgan kovushli elivator yordamida amalga oshiriladi . Namakobni kiritish va chiqarish erituvchining yon devorida joylashgan maxsus tirqish yordamida amalga oshiriladi .
Silvinitdan kaliy xlor tarkibida 110-130 g/l kaliy xlor va 240 g/l natriy xlor bo`lgan ( 105-115°C ) qaynoq namakob yordamida eritib ajratib olinadi . Ushbu parametrlarga ega bo`lgan namakob ikkinchi erituvchi ( 5 ) ga yuboriladi uyerda u ruda yo`nalishiga qarama qarshi harakatlanadi va birinchi erituvchi ( 4 ) ga o`tadi . Chiqindi ikkinchi erituvchidan shnekli meshalka deb ataladigan uchinchi erituvchi ( 6 ) ga beriladi , u yerga eritib ajratib olish uchun 70ºC aylanma namakob , shlamni yuvgan suvlar va 12 planfiltirning filtrati beriladi .
Shnekli meshalkaning vazifasi kaliy xlorni qo`shimcha ajratib olish va uning issiqligidan foydalanish . 90°C isitilgan eritma ikkinchi erituvchiga
yo`naltirilgan namakobga qo`shiladi . Shnekli meshalkadan chiqqan chiqindi tarkibida 15-17 % aylanma eritma bo`ladi , shuning uchun kaliy xlorni yo`qolishini oldini olish uchun ( 12 ) planfiltr yordamida qaynoq suvda yuviladi . Yuvilgan namligi 5-6 % bo`lgan chiqindi kurakli transpartiyor yordamida chiqarib tashlanadi .
Eritish bo`limida olingan 97-107ºC qaynoq to`yingan eritmaning tarkibida 245-265 g/l kaliy xlor , 270 g/l natriy xlor va mualaq holatdagi rudani mayda zarrachalari , loy va natriy xlor kristallari bo`ladi . Tayyor maxsulot tarkibida qayd qilingan aralashmalar bo`lmasligi uchun kaliy xlorni kristallashdan oldin ular ajratib tashlanishi lozim . Muallaq holatdagi zarrachalar har xil tipdagi aparatlarda cho`ktirish yo`li bilan ajratiladi . Loy zarrachalari o`ta mayda dispersli bo`lgani uchun ularni kraxmalning ishqorli eritmasi yoki poliakrilamidning suvli eritmasi ko`rinishidagi kaoguliyantlardan foydalanmay samarali cho`ktirib bo`lmaydi . Tuz va loy zarrachalari 6 ta konusli quyiltirib-tindirgich ( 8 ) da amalga oshiriladi . Quyiltirgichning birinchi ikkita konusida tuzli zarrachalari , keyingilarida loy zarrachalari . Hosil bo`lgan tuz ayniqsa loy shilami katta miqdordagi to`yingan eritmani o`zi bilan ushlab qolish xususiyatiga ega , shuning uchun kaliy xlor yo`qolishini kamaytirish maqsadida ularga tegishli ishlov beriladi .
Tuzli shlam uzliksiz ikkinchi erituvchiga yuboriladi , loyli shlam esa uzlukli 9 chi meshalka tushiriladi u yerdan u qaynoq suv bilan Q : C 1:4 o`zaro nisbatda qarama qarshi yuvish uchun 2-4 tagacha quyiltirgichi bo`lgan Dorra uskunasiga yuboriladi . Yuvuvchi suvlar 6 chi shnekli meshalkaga qaytariladi , yuvilgan loy shilami esa chiqindi sifatida chiqarib tashlanadi .
Qarama qarshi yuvish usilidan foydalanish kaliy xlorni ioy shlani bilan yo`qolishini 4-5 barobar kamaytiradi .
To`yingan qaynoq eritma tindirilgandan so`ngra eritmadan kaliy xlor kristallarini ajratish uchun u 90°C dan 17-27ºC gacha vakumm ostida o`z o`zidan qaynatish yo`li bilan sovutiladi . Hosil bo`lgan bug` silvinitni eritish
uchun yuboriladigan aylanma namakobni isitish uchun foydalaniladi . Kristallash vaqtida imkoni boricha cho`ktirish , filtrlash va quritish jarayonlari qulay bo`lishi uchun kaliy xlorning yirik kirstallarini olish kerak . Yirik kristallar olish uchun sovitiladigan eritmani darajama daraja sovitish kerak . Shuning uchun ko`pchilik korxonalarda 14 ta pog`anali vakumm kristallash uskunasidan foydalaniladi .
Qaynoq to`yingan eritma VKU ning birinchi korpusiga so`riladi va turbalar orqali kristalga tushayotgan kaliy xlor kristallari bilan birga biridan ikkinchisiga o`tadi . Uskuna bitta vertikal 8 va 6 ta gorizantal 9 chi vakumm kristalizatorlardan iborat . Gorizantal kristalizatorlar to`siqlar yordamida 13 ta bo`limga ajratilgan . VKU ichida vakumm asta sekin ortib boradi 440 mm rt . st ( 1 bosqich ) 740 mm . rt . st . ( 14 bosqich ) gacha . Harorat esa har bir bosqichda 4-5 ºC tushadi .
Ushbusharoitda quyidagi gransostavga ega bo`lgan kaliy xlor kristallari olinadi .
14 bosqichli VKU da olingan KCl kristallarini granulametrik tarkibi
Kristallar o`lchami , mm +0,42 +0,30 +20,21 +0,15 -0,15
Fraktsiyalar miqdori , % 5,7 9,0 50,6 17,8 16,9
VKU ning ichida to`yingan eritma o`z o`zidan bug`lanish hisobiga sovitilganda kaliy xlorning kristallanishi sodir bo`ladi , ammo qisman natriy xlor ham kristallanishi mumkin . Kaliy xlorni natriy xlor kristallari bilan aralashishini oldini olish maqsadida namakobga birinchi to`rtta bosqichda kondensat qo`shiladi . So`ngi 14 chi bosqichda sovitilgan eritma kristalga tushirilgan kaliy xlor kristallari bilan barometrik truba orqali 20 bakka yig`iladi .
3.2 Kaliy xlorid hamda kaliy sulfat tuzlarining fizik – kimyoviy xususiyatlari .
Kaliy xlorid - kub shaklidagi panjarali rangsiz kristallardan iborat bo`lib ,
erish temperaturasi - 771ºK , qaynash temperaturasi 1500ºC ga yaqin , zichligi
1.989 g/sm3 ; issiqlik sig`imi 51,3 J(mol · K ) ; Hºhos.b = 436,49 kJ/mol ; Hºer=26,332 kJ/mol ; Sº298= 82,57 ; J/(mol · K ). Suvda eruvchanligi ( g. 100 g . H2O ga ) 28,1 ( 0ºC ) , 34,3 ( 20ºC ) , 40,3 ( 40ºC ) , 56,2 ( 100ºC ) .
Evtektikaning erish temperaturasi ( 24,6 g KCl ning 100 g H2O dagi ) – 10,7ºC , to`yingan suvli eritmaning qaynash temperaturasi ( 58,4 g KCl ning 100 g H2O dagi ) – 108,59ºC ;
Zichligi:
5- jadval
C,% 10 20 24
D25ºc 1,0633 1,1328 1,1
Kaliy xlorid - asosiy kaliyli o`g`itdir . K2O ning konsentratsiyasi toza kaliy xloridda 63,1% . Kaliy xlorid o`z ichiga - 53,7 0,6 dan 60 0,6 % gacha K2O olgan o`g`itdir ( ilova , jadvalga qaralsin ) .
Jadval ma’lumotlariga qo`shimcha qilib quyida kaliy xloridning donadorlik tarkibiga ( % larda ) texnik shartlar keltirilgan .
6- jadval
Zarrachalar o`lchami Presslangan Yirik donalari
1 – nav 2-nav
- 4 + 1 mm, kam emas 60 50 55
-1 mm, ko`p emas 30 50 45
Kaliy xloridning fizik – kimyoviy xossalari :
1 mol og`irligi , kg/mol - 74,56
Zichligi , kg/m3 - 1990
25ºC dagi solishtirma issiqlik sig`imi , J/kg - 691,3
Erish issiqligi , kJ/mol - 26,8
Sublimatsiya temperaturasi , ºC - 223,6
erish - 768,0
qaynash - 1417,0
Kaliy xlorid kub shaklida , ko`pincha o`tmas burchakli kristallar shaklida kristallanadi . Kristallar toza holda rangsiz va ko`rinishida tiniq , aralashmalarda – qizil-sariq , ochiq – qizil yoki pushti rangli bo`ladi . Kristallar qattiqligi ( Moss shkalasi bo`yicha ) 2 ga teng .
Kaliy xlorning suvda eruvchanligi ( to`yingan eritma konsentratsiyasi C ) ning temperaturaga bog`liqligi quyida keltirilgan .
7- jadval
T,ºC C, % (mol) T,ºC C, % (mol) T,ºC C, % (mol)
-5 20,95 40 28,70 100 35,90
0 21,90 50 30,10 125 38,20
10 23,80 60 31,40 150 40,50
20 25,60 70 32,60 200 44,90
25 26,45 80 33,80 250 49,50
30 27,20 90 34,90 300 54,00
20ºC da KCl ning suvli eritmalari zichligining konsentratsiyasi ( C ) ga bog`liqligi quyida keltirilgan :
8- jadval
C,% ( og`ir. ) 2 10 20 24
p, kg/m3 1011 1063 1323 1623
KCl suvli eritmalarining qaynash temperaturasining kontsentratsiyaga bog`liqligi .
9- jadval
C,% ( og`ir. ) 9,1 20 33,3
T, ºC 101,1 103,3 107,7
18°C da KCl suvli eritmalarini hosil qilishda entalpiyaning ( Δ H, kJ/molda ) o`zgarishi quyida ( kontsentratsiya – KCl ning 1 moliga suvning
mol sonida ifodalanadi ) .
10- jadval
Δ H 18,43 18,53 18,61 18,64 18,67 18,67 18,62
n ∞ 6400 3200 1600 800 400 200
H 18,38 17,90 17,10 16,75 16,23 15,84 -
n 100 50 25 20 15 12 -
KCl suvli eritmalarining solishtirma issiqlik sig`imi Cr , ( J/kg · K larda ) kosentratsiya n ( KCl ning 1 moli suvning mol soni bilan ifodalangan ) bog`liqligi .
11- jadval
Cr, 3,46 3,78 3,97 4,06
n 25 50 100 200
KCl suvli eritmalarining issiqlik o`tqazuvchanlik doimiysining ( λ ) konsentratsiya ( C ) ga bog`liqligi quyida keltirilgan .
12- jadval
C, % ( og`ir. ) 9,1 20 33,3
λ , Vt/m·K 2,586 2,550 2,405
KCl suvli eritmalarining dinamik qovushqoqligi ( MPa · с )
13- jadval
Konsentratsiya ,
og`ir. % Temperatura , ºC
0 10 20 30 40 50 60 70 80
0,47
KCl to`yingan eritmasi ustidagi suv bug`i bosimini temperaturaga bog`liqligi quyida keltirilgan
14- jadval
t, ºC 24,5 32,3 41,8 55,4 95,5 100
P, kPa 2,67 4,00 6,67 26,66 66,65 75,7
K2SO4 texnik mahsulot, tarkibidagi K2O ning miqdri 45-52%
K2SO4 - kristallari rangsiz rombik singoniyada;
Zichligi 2,66 g/sm3 , 584ºCdan yuqori geksoganal modifikatsiyasi turg`un;
ΔH o`tishi 8,0 kJ/mol, erish temperaturasi - 1074ºC, qaynash temperaturasi - 2000ºC.
Issiqlik sig`imi s =131,4 J/(mol·K);
ΔHer=36,3kJ/mol; ΔHxos.b=1437,7 kJ/mol; S°298=175,56 J/(mol·K).
Suvda eruvchanligi (100 g.da g.): 7,35 (ºC), 11,1 (20ºC), 14,8(40ºC),24,2 (100ºC).
Evtektikaning erish temperaturasi ( 7,1 g . K2SO4 100 g H2O da ) – 101,4ºC
zichligi :
15- jadval
C, % 5 8 10
D10ºC 1,0393 1,0658 1,0817
K2SO4 ikkilanma tuzlarni hosil qiladi ( achchiqtosh )
3K2SO4 · NaSO4 – glazerit
K2SO4 · MgSO4 · 6H2O – shenit
K2SO4 · 2MgSO4 – langbeynit
K2SO4 · MgSO4 · 2CaSO4 · 2H2O – poligalit
K2SO4 · MgSO4 · 4H2O – leonit
K2SO4 · CaSO4 · H2O – singenit
K2SO4 – arkanit
Turli temperaturalarda K2SO4 ning suvda eruvchanligi ( 100 g . eritmada K2SO4 g . ).
16- jadval
T, ºC 0 10 20 30 40 50 60 80 100
eruvchanligi 6,87 8,47 10,0 11,5 13,0 14,2 15,4 17,6 19,4
K2SO4 ning qaynash temperaturalari
17- jadval
T, ºC eruvchanligi 100 102 103 105 11
K2SO4 eritmasining konst-
sentratsiya ( 100g eritmada K2SO4 g .) 14,5 30 31,6* - -
* to`yingan eritma
760 mm.simob ustuni bosimida K2SO4 suvli eritmasining maksimal temperaturasi to`yingan holatda eritma konsentratsiyasi C = 31,6 g K2SO4 100g suvda 102,1°C ni tashkil etadi.
20ºC da suvli eritmalarning zichligi ( g/sm3)
18- jadval
C , % (og`ir.) 2 10 20 30
d 1,015 1,082 - -
3.3 Kaliyli mineral tuzlarining ahamiyati .
Kaliy ( K ) - o`simlikning uglevod va oqsil almashinuvida eng muhim fiziologik rol o`ynaydi , azotning ammiakli formada o`zlashtirilish sharoitlarini yaxshilaydi . O`simlikni kaliyli oziqlantirish – o`simlikning alohida organlarining rivojlanishining kuchli omili hisoblanadi . Kaliy hujayra vokuolasida shakar to`planishiga imkon yaratadi , bu esa o`simlikning qishga chidamliligini oshiradi , tomir tarmoqlarining rivojlanishi hujayralarning qalinlashishiga imkon beradi . Undan tashqari , poyaning mustahkamligini oshishiga olib keladi va ularni yotib qolishiga chidamliligini oshiradi . Tuproqqa kaliyli o`g`itlar solinganda o`g`itda almashinuv reaksiyasi boshlanadi va u tuproqqa singa boshlaydi . Kaliyning almashinadigan shakli birmuncha harakatchan bo`lib , o`simlik uni yaxshi o`zlashtiradi . G`o`za sug`orilganda , shuningdek yog`ingarchilik ta`sirida tuproq eritmasiga o`tadigan almashinadigan kaliyning bir qismi pastki qatlamlariga shimiladi va yer osti suvlariga qo`shiladi . Kaliyli o`g`itlar ko`pincha tuproqqa singadi , ya`ni kolloidlarining kristall zanjiriga joylashadi yoki takroriy mineral o`g`itlar hosil bo`lish jaroyonida kimyoviy yo`l bilan bog`lanadi . Kaliy kartoshka tugunaklarida kraxmal miqdorini qandlovlagi ildizlarida shakar miqdorini oshiradi . Kaliydan , sabzovot ekinlari , paxta tolasi , kanop va zig`ir tolasining sifati va turli mevalar ( uzum , shaftoli , apelsin va olmalar ) ning
ta`mini yaxshilaydi . Kaliyning yetishmasligi uning sifatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi . Kaliy yetishmaganda o`simlik zamburug` kasalligiga tez chalinadi . Kaliyning ortiqchasi xosilning ko`payishiga olib keladi .
Xulosa.
1 . Ushbu bitiruv malakaviy ishini amalga oshiria borib Dehqonobod kaliyli o`g`itlar zavodi mineral eritmalari tarkibi o`rganilib , undagi kaliy, xlor hamda sulfat ionlarining miqdori aniqlandi .
2 . Tahlil uchun keltirilgan mineral eritmadan 50 ml olinib , u qurutish shkafida 105°С temperaturada qurutildi va quruq qoldiqning miqdori 51,8 g ekanligi aniqlandi .
3 . Namuna uchun keltirilgan mineral eritmadan 50 ml olinib , « ko`k lentali » filtir qog`oz yordamida filtirlab olindi va filtir qog`oz kumush nitratning 0,5 % eritmasi bilan xlor ioniga reaksiya bermaguncha distillangan suv bilan yuvib , quritib olindi . Suvda erimaydigan qismi esa 14% ekanligi aniqlandi .
4 . O`tkazilgan tahlil natijalariga mineral eritma tarkibidagi xlor ionlarining miqdori 22,257 mg/dm3 , sulfat ionlarining miqdori esa 27,60 mg/dm3 ekanligi aniqlandi .
5 . Amalga oshirilgan tahlil natijalariga ko`ra Dehqonobod kaliyli o`g`itlar zavodi mineral eritmalari tarkibidagi kaliy xloridning miqdori 0,0286 % , kaliy sulfatning miqdori esa 0,067 % ekanligi aniqlandi
Do'stlaringiz bilan baham: |