Sifat menejmenti va maxsulotlar xavfsizligi


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov



Download 8,3 Mb.
bet99/168
Sana20.12.2022
Hajmi8,3 Mb.
#891498
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   168
Bog'liq
УМК Стандартлаштириш

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov
Toshkent sh.,
1992-yil 2-mart,
93-son
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 2-martdagi 93-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STANDARTLASh TIZIMINING ASOSIY PRINSIPLARI
Oldingi tahrirga qarang.
1. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning (keyingi o‘rinlarda mahsulotlar deb yuritaladi) aholining hayoti, salomatligi va mol-mulki, atrof muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilarning va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
mahsulotlarning o‘zaro bir-birining o‘rnini bosishini va bir-biriga monandligini ta’minlash;
fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholi va xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq mahsulotlarning sifati hamda raqobatbardoshligini oshirish;
resurslarning barcha turlarini tejashga, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ko‘maklashish;
ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarini amalga oshirish;
tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash;
iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va sifati to‘g‘risidagi to‘liq va ishonarli axborot bilan ta’minlash;
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash;
o‘lchovlarning yagonaligini ta’minlash;
ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijro etuvchi) ma’lum qilgan mahsulot sifati to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlarni tasdiqlash.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-sonli qarori tahririda)
2. Respublikada standartlashga doir ishlarni maqbul darajada tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlash funksiyasini quyidagilar amalga oshiradilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Umuman O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha —O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi;
Keyingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish va qurilish industriyasi sohasida —loyihalash va konstruksiyalash ham shunga kiradi —O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-sonli qarori tahririda)
tabiiy resurslardan foydalanish va atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilishni tartibga solish sohasida — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi;
O‘zbekiston Respublikasi sanoati tomonidan ishlab chiqariladigan tibbiyot maqsadlaridagi mahsulotlar, tibbiyot texnikasi buyumlari, dori-darmonlar va tarkibida inson uchun zararli moddalar bo‘lgan mahsulotlar sohasida — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Mazkur idoralar va Sog‘liqni saqlash vazirligi (birkitilgan sohalar bo‘yicha) amaldagi respublika standartlarini va ularga kiritilgan o‘zgartishlarni ko‘rib chiqadilar, tasdiqlaydilar, muddatini uzaytiradilar va bekor qiladilar. Respublika standartlarini ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish yuqorida qayd etilgan organlar tomonidan tasdiqlangan grafikka muvofiq amalga oshiriladi. Respublika standartlari, texnikaviy shartlari va ularga o‘zgartishlar, ularni tasdiqlash darajasidan qat’i nazar, O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash markazida davlat ro‘yxatiga olinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash ishlariga umumiy metodik rahbarlikni O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi ta’minlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Standartlar va texnikaviy shartlarni ishlab chiqish buyurtmachilari vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar hamda tegishli mahsulot (xizmatlar) turlarini ishlab chiqaruvchi va ulardan foydalanuvchi boshqa tuzilmalardir. Bu ishlarni mablag‘ bilan ta’minlash buyurtmachilarning mablag‘i, shu jumladan, shartnoma asosida markazlashtiriladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Standartlash bo‘yicha bazaviy tashkilotlar, standartlashtirish bo‘yicha texnikaviy qo‘mita to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga muvofiq tashkil etiladigan standartlashtirish bo‘yicha texnikaviy qo‘mitalar shuningdek, tegishli mahsulot (xizmatlar) turlarini ishlab chiqaruvchi yoki foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar va boshqa tuzilmalar standartlar va texnikaviy shartlarni ishlab chiquvchilar hisoblanadilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-sonli qarori tahririda)
4. Standartlar va texnikaviy shartlarni ishlab chiquvchi tashkilotlar shu standartlar va texnikaviy shartlarda majburiy va tavsiya etiladigan talablarni nazarda tutishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahsulotlar, atrof muhit, aholi salomatligi va mol-mulkining xavfsizligini ta’minlash, mahsulotlarning texnikaviy va axborot jihatdan bir-biriga monandligi, resurslarni tejashi, o‘zaro almashuvchanligini, ularni nazorat qilish, tamg‘alash usullarining birligini ta’minlash uchun belgilanadigan talablar va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa talablar idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar davlat korxonalari, tashkilotlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar tomonidan rioya qilinishi majburiy hisoblanadi.
Import qilinadigan mahsulot, agar uning majburiy talablar borasida O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan standartlarga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo‘lsa, yetkazib berilishi va foydalanishi mumkin emas.
(4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-sonli qarori tahririda)
Tavsiya etiladigan talablarga mahsulotning iste’mol va boshqa xususiyatlarini aks ettiruvchi talablar kiradi. Ularni qo‘llanish zaruriyatini tayyorlovchi va iste’molchi (buyurtmachi) shartnomalar tuzilayotganda belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgust 410-sonli qarori tahririda)
5. Korxonalar, birlashmalar, konsernlar, uyushmalar va boshqa xo‘jalik organlari korxonaning yangidan yaratiladigan va chiqariladigan mahsulotiga standart ishlab chiqishlari va tasdiqlashlari mumkin. Buning uchun davlatlararo va respublika standartlarining mahsulotga nisbatan nazarda tutilgan majburiy talablariga rioya etgan holda bunday standartlarning talablari davlatlararo va respublika standartlari ko‘rsatkichlaridan ortiq bo‘lishi yoki iste’molchilarning talablarini qondiradigan bo‘lishi kerak.
Agar standartlarning talablari xalq xo‘jaligi talablarini qondiradigan bo‘lsa, O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi tomonidan belgilangan tartibda xalqaro, mintaqa va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini respublika standartlari va texnikaviy shartlari sifatida qo‘llanishga yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 2-martdagi 93-son qarori bilan
TASDIQLANGAN

Download 8,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish