4.2 Standartlar va standartlashtirish tushunchasi
4.3 Standartlashtirish
Milliy standartlashtirish tashkilotlarining hammasi standartlashtirishning Standartlashtirish Gidi tomonidan o‘rnatilgan rasmiy ta’riflanishiga ISO/IEC 2 (ISO/IEC, 1991) bajonidil rozi bo‘ladi.
Standartlashtirish amaldagi yoki potensial muammolarni, umum foydalanishi yoki takroriy foydalanish shart-sharoitlarini aniqlash faoliyatidir, uning maqsadi ushbu kontekstda buyurtmalarning optimal darajasiga erishishdan iborat bo‘ladi37.
Eslatmalar:
1. Xususan bu faoliyat standartlarni ifodalash, nashr qilish va amalga oshirishdan iborat bo‘ladi.
2. Mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarning mo‘ljallangan maqsadlarga yaroqliliini yaxshilash, savdo-sotiqdagi to‘siqlarning oldini olish va texnologik hamkorlikka ko‘maklashish standartlashtirishning muhim foydasi bo‘lib hisoblanadi.
Biroq, bu ta’rif faqatgina rasmiy standartlashtirish tashkilotlari tomonidan (FSOs) standartlashtirishga talluqli bo‘ladimi yoki tomonlarning umum foydalanishi yoki takroran foydalanishi shart-sharoitlari uchun ishlaydigan muassasalarga ham taallluqli bo‘ladimi, shunisi tushunarsiz. Bundan tashqari, ta’rif yig‘ilish uchun dizayn, standart dasturiy ta’minotni yoki qonunchilikni yaratish kabi odatda standartlashtirish tomonidan tan olinmaydigan voqe’liklarga ham taalluqli bo‘ladi. Shu sababli 8-bobda amaldagi mavjud ta’riflashlarni mazkur atamadan amaliyotda foydalanish uslubi bilan solishtirish orqali yangi ta’rif olingan. Bu ta’rif jarayonni yaxshiroq tushunishga ko‘maklashishi, standartlashtirish nazariyasi uchun asos sifatida xizmat qilishi va sohalarni standartlashtirish mos keluvchi vosita bo‘lib hisoblanadigan holatlarni farqlashi lozim bo‘ladi.
8-bob quyidagicha ta’riflash bilan tugaydi: standartlashtirish - amaldagi yoki potensial muvofiqlik muammolarini hal qilishning qatnashuvchi tomon (yoki tomonlar) uchun imtiyozlar berishga, ularning ehtiyojlarini muvozanatlashga yo‘naltirilgan, ma’lum bir davr davomida yechimlar ular uchun mo‘ljallangan tomonlarning ko‘p soni tomonidan ko‘p marotaba va uzluksiz foydalaniladi deb taxmin qilish va shundan umid qilish bilan, cheklangan yechimlar jamlanmasini aniqlash va yozish faoliyatidir
Eslatmalar:
1) muvofiqlik muammosi
Bu muammo o‘zaro bog‘langan korxonalar uchun uyg‘unlashmaydigan yana bir boshog‘riqdir. Bu muammoning hal qilinishi yana bir korxona bilan kelisha olmayotgan bu korxonalarning bitta yoki undan ko‘p o‘ziga xos xususiyatlarini yoki korxonaning bitta yoki undan ko‘p korxonalar bilan munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashni bildiradi.
2) korxonalar
Mavjud bo‘lgan har qanday konkret yoki abstrakt (mavhum) narsa, bu narsalar orasida bog‘lanishlar bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’iy nazar – mavjud bo‘ladi. Masalan, odam, ob’ekt, hodisa, g‘oya, jarayon va hokazolar.
ISO/IEC ni ta’riflash uchun asosiy farqlar:
- standartlashtirishning iqtisodiy jihati: afzalliklarni yaratish va qatnashuvchi tomonlarning ehtiyojlarini muvozanatlash;
- muammolarning ular uchun yechimlar tanlangan turlarining xarakteristikalari;
- yechimlarning xarakteristikasi: korxonalarning o‘ziga xos xususiyatlarining cheklangan jamlanmasi.
Ta’rif bu tadqiqot uchun jo‘nash nuqtasi bo‘lib hisoblanadi. Standartlashtirish va NSO xizmatlarini muhokama qilishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
- standartlashtirish xarajatlari va uning foydasini e’tiborga olish bilan ehtiyojlarni muvozanatlash usuli,
- yechimlarni aniqlaydigan va yozadigan jarayonlar;
- muammolarga mos kelishning xarakteri;
- manfaatdor korxonalar;
- vaqt aspekti: ma’lum bir davr davomida foydalanish uchun bir martalik yechim, shundan keyin yangi standart amalga oshirilishi mumkin.
- standartlashtirishda qatnashadigan tomonlar;
- standartlashtirish natijasidan foydalanadigan tomonlar;
- bu natijalardan haqiqatan ham foydalanilishini kutish foydasiga argumentlar (asoslar).
Do'stlaringiz bilan baham: |