Bitiruv malakaviy ishning metodi. Bitiruv malakaviy ish mavzusi muqoyasa, mushohada, analiz va sintez metodlar yordamida tadqiq etildi.
Bitiruv malakaviy ishning manbai. Arkadev B.A. Taktika futbolnoy igri (M., F.I.S., 1962 g).Akramov R.A. Otbor yunix futbolistov v spesializirovannie klassi A O futbolu s prodlennim dnem obucheniya i uglublennim uchebno-trenirovochnim prosessam i shkoli internata sportivnogo profilya( Metodicheskie rekomendasii.
M., 1975 g).Abdullaev A., Xonkeldiev SH.X., Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati ( O’zDJ TI – T 2005).Alov A. – Kak osenit razvitie lovkosti.
J. Fizicheskaya shkola v shkole (№12, 1971 g) dasliklari bitiruv malakaviy ishni manbai sifatida tanlandi.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi. Bitiruv malakaviy ish kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’xatidan iborat.
I BOB. Ilmiy adabiyotlar tahlili.
1.1. Futbol maktabi mashg’ulotlarida yosh o’spirinlarni sog’lomlashtirishning asosiy mezonlari
Ko’pgina mutaxassislar o’z tadqiqotlari hamda tajribalariga suyanib gandbolni shunday ta’riflardilarki, ushbu sport turi o’zining o’ta uzgaruvchan vaziyat ekanligi, tarkibiga xayotiy zarur malakalarni kiritishi (yurish, to’xtash, sirpanish, chopish, sakrash), tezkorlik, kuch, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirishi kattayu — kichikni o’ziga rom kiluvchi harakat malakalari va taktik kombinastiyalari bilan o’quv muassalarida jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi bo’lib xisoblanadi va eng ommabop o’yin sifatida bolalar e’tiborini kozongan.
O’quv muassalarida dars shaklida yoki darsdan tashkari mustakil o’tkaziladigan futbol mashg’ulotlari o’zining sog’lomlashtirish funkstiyasi jixatidan global ta’sir kuchiga ega bo’lib, shug’ullanuvchilarning nerv, kon —tomir, nafas olish, mushaklar hamda boshka tizim va organlarini takomillashtiradi.
Futbol bilan muntazam shug’ullanish natijasida ko’rish, eshitish vestibo’lyar va boshka analizatorlarga ijobiy ta’sir ko’rsatib, ular faoliyatini shakllantiradi. Futbolda qo’llaniladigan mashqlar va ushbu o’yinning o’zi harakat apparatiga ta’sir etib, mushak tolalarini rivojlantiradi, natijada ularning tonusi ortadi, jismoniy sifatlar tarakkiy etadi. Shu bilan bir qatorda sport bilan shug’ullanishda, mashg’ulotlar jarayonida qo’llaniladigan mashqlar bolalarning yoshi, jinsi va boshka xususiyatlari e’tiboriga olinishi shart.
O’g’il bolalarda 7 — 8 yoshda ayrim mushak guruxlar kuchini rivojlantirish maqsadga muvofik.
8—9 yoshda tezkorlik va umumiy chidamkorlikni, 9—10 yoshda egiluvchanlik va muvozanat saklash funkstiyasi, 11 — 12 yoshda maxsus yoki dinamik chidamlilik, 13—14 yoshda kuch va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirish yaxshi natija beradi.
Mustakil o’tkaziladigan mashg’ulotlarda quyidagi koidalarga rioya kilish kerak bo’ladi:
• O’rgatishning birinchi yilida tezkorlik mashqlarining
hajmi chidamkorlik mashqlaridan kam bo’lmasligi lozim:
• Umumiy jismoniy tayyorgarlik texnik — taktik mashqlar bilan ravishda qo’llanilib borilishi darkor.
Futbol bilan muntazam shug’ullanish natijasida taraqiy ettirilgan tezkorlik, kuch, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik sifatlari va shu sifatlarni futbolga xos kurinishi organizmda sog’liq, ko’rsatkichlari yuqori darajada rivoj topganligidan dalolat beradi. Ilm — fanga azaldan ma’lumki, jismoniy mashqlar yoki sport bilan uzluksiz shug’ullanadigan va shug’ullanmaydigan bolalar bir—biridan ham jismoniy, ham ruxiy, ham funkstional jixatlardan keskin ajralib turadi. Jumladan, sportchi bolalar tetik, harakatchan, dadil, jasur, g’ayratli, irodali va xozirjavoblik xususiyatlariga ega bo’ladilar. Ularning qaddi — qomatlari, buy — bastlari, harakat madaniyati va guzalligi hamda jismoniy sifatlari nisbatan shakllangan bo’ladi. Yana bir narsa aniq va ravshanki sportni kanda kilmaydigan bolalar turli kasalliklardan yiroq bo’ladilar. Sababi ma’lum, muntazam harakat, toza xavo, suv, kuyosh ta’sirida organizm va organlar, xujayralar, tuqimalar charxlanadi, chinikadi, ruxiy saykal topali, iroda mustaxkamlanadi. Bu ijobiy o’zgarishlar o’z navbatida turli kasaliklarga nisbatan immunitet xosil qiladi.
Sport nazariyasi bo’yicha etakchi ilmiy tadqiqotchilarning ko’pchiligi sport bilan shug’ullanish davomida umumiy va maxsus jismoniy va funkstional imkoniyatlarini aks ettiradi, balki uning sog’ligi mustaxkamlanib borishidan darak beradi deb xisoblaydilar.
Shunday ekan mavjud adabiyotlarga tayangan xolda gandbol bilan shug’ullanish davomida jismoniy tayyorgarlik va jismoniy sog’likni shakllantirish uchun kanday mashqlar tanlash va ularni qo’llash tartibi xakida ma’lumotlarni berish maqsadga muvofikdir.
Sportchi sog’ligini mustaxkamlash, uning kaddi — komatini shakllantirish, undagi jismoniy sifatlarni rivojlantirib, kamol toptirishga karatilgan jaryon — bu jismoniy tayyorgarlikdir.
Jismoniy sifatlar deganimizda, inson harakatlari imkoniyatlarining ba’zi sifat jixatlarini kuzda tutgan bo’lamiz.
Ularning rivojlanish darajasini aniqlab olishda organlari va sitemalarining fiziologik imkoniyatlari bilan kifoyalanib kolmay, shuningdek, ruxiy omillari, xususan, irodalilik fazilatlari kay pog’onada rivoj topganini ham inobatga olamiz.
Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka bo’linadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik jismoniy sifatlarni oshirishga harakat normalarini organizmning ishlash funkstiyalarini va cog’lom mustaxkamlashda xizmat qiladi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlikning vazifasi esa jismoniy sifatlarni kengaytirishda xizmat qiladi.
Futbol o’yini uchun umumiy jismoniy tayyorgarlikning ahamiyatli tomonlari kuyidagilar:
Har tomonlama jismoniy rivojlanish va sog’liqni mustaxkamlash vazifalarini to’liq bajaradi. O’yinchining nerv tuqimalari xarakteri bo’yicha va
organizmning ishlash rejimini to’liq bir-biriga to’g’ri
tushirishida ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |