Сиддиқог дони


III Bob.Yosh darvozabonlarning o’quv mashulot bo’yicha olingan ma’lumotlarining tahlili



Download 0,69 Mb.
bet14/23
Sana23.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#844824
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
“kichik yoshdagi futbolchilarni tayyorlashda o’yin usulidan foydalanishning ahamiyatini o’rganish

III Bob.Yosh darvozabonlarning o’quv mashulot bo’yicha olingan ma’lumotlarining tahlili

Jamoaning himoya va hujumdagi umumiy o’yini darvozabonning individual taktik tayyorgarligiga anchagina boliq. Darvozabonning texnik mahorat va jismoniy tayyorgarlikdan o’yinda to’laroq foydalanishiga uning taktik bilimi yanada ko’proq ta'sir qiladi. Ana shuning uchun ham darvozabonlarning taktik tayyorgarligi masalasiga nihoyatda jiddiy e'tibor berish kerak.


Hozirgi futbol darvozabondan ustalik bilan darvozani himoya qilishnigina emas, balki jarima maydoni ichida faol harakat olib borishni, shuningdek, hamma himoyachilarni boshqarib turishni ham talab qiladi. U komandasining hamma mudofaa harakatlarini muvofiqlash-tirib turadi. Darvozabon turadigan (hammadan orqada) joyning o’zi unga hujumchilar qanday tizilib kelayotgani va ular nima maqsadda ekanini ko’rib turish imkonini beradi. Vaholanki, bu narsa ba'zida maydonning ayrim joylaridagi o’yinchilar nazaridan chetda koladi. Shuning uchun mudofaadagi sheriklariga vaqtida «shipshitib qo’yish» himoya harakatlarining mustahkamligiga muhim ta'sir ko’rsatishi mumkin. Buning ustiga, darvozabon o’z komandasining ko’pgina hujumlarini boshlab beradigan (to’pni qo’lga kiritganida yoki darvozadan to’p tepib berganida) futbolchi, shu sababli ham hujum qatorlarida tashabbus va izchillik saqlanib turishi uchun uning mahorati juda zarur (13,29,30).


3.1. O’quv mashulot jarayonidagi tayyorgarliklar bo’yicha ma'lumotlar

Darvozabonning umumiy jismoniy tayyorgarligi jismoniy qobiliyatlarni har tomonlama tarbiyalash, umumiy ish qobiliyatini oshirish vazifalarini hal qiladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar va shuullanuvchilar organizmiga umumiy ta'sir ko’rsatuvchi sportning boshqa turlaridan olinadigan mashqlar bunda asosiy vositalar sifatida qo’llaniladi. Bunda mushak paylarning rivojlanishi av mutahkamlanishiga, ichki a'zo va sistemalar funktsiyasining takomillashishiga, harakatlarni koordinatsiya qilishni yaxshilash va harakat sifatlari umumiy darajasining oshishiga erishiladi.


Umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshirish maqsadida qo’llaniladigan ko’pgina mashqlar organizmga har tomonlama ta'sir ko’rsatadi, ayni choda ularning har biri u yoki bu sifatlarni ko’proq rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi. Jumladan, baland past joylarda uzoq muddat yugurish ko’proq chidamlilikni, qisqa masofalarda jadval yugurish esa tezlikni rivojlantirishga, gimnastika mashqlar chaqqonlikni o’stirishga qaratilgandir. Bu esa ertalabki mashhulotlarga kiritiladi.
Darvozabonlarning o’yin faoliyati faqat sakrash, yugurish va yurishdan iborat emasligini ham hisobga olish kerak. Darvozabon harakati ancha murakkab. Yakkama yakka qattiq kurash sharoitida, eng katta tezlikda va uzoq vaqt davomida ayri tabiiy holatlarda (sirpanish, sakrash, bir oyoqqa tayangan holda) bo’lish. Darvozabon ayni paytda murakkab taktik vazifani hal qilgan holda to’pni samarali egallab turishga monelik qilmaslik kerak. Shuning uchun futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi ularning o’yin faoliyati xarakterni hisobga olgan holda shunda tashkil qilinishi kerakki, bu ularga texnik va taktik mahoratni takomillashtirish uchun asos bo’lsin.
Ko’proq muayayn jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar yordamida yo’l yo’lakay ayrim texnik priyomlar ijrosini takomillashtirish mumkin. Buning uchun odatda, bajarish xarakter iva tuzilishiga ko’ra u yoki bu texnik priyom yoxud uning alohida elementlariga o’xshash bo’lgan maxsus mashqlar qo’llaniladi.
Jismoniy tayyorgarlik mashulotlarida ko’proq takroriy oralatib o’tkazish o’zgaruvchan, o’yin va musobaqa metodlari qo’llanilib turadi.
Yillik trenirrovka siklida avval umumiy jismoniy tayyorgarlik, keyin shu asosda maxsus jismoniy tayyorgarlik ko’rish tavsiya qilinadi. Futbol bilan ko’p yil shuullanish mobaynida, umumiy va maxsus jismoniy sport mahoratini o’stirish yuzasidan maxsus tayyorgarlik salmoi asta sekin ortib borish tomon o’zgarayotir.
Darvozabonlarning jismoniy va texnik tayyorgarligi bilishda maxsus test normativlardan qabul qilindi. Normativlar 15 metrga, 30 metrga yugurish, joydan turib uzoqlikka, sakrash, uch xatlab sakrash, to’pni uzoq masofaga tepish, to’pga sakrab qo’l bilan tegizish, to’pni qo’lda otish, qo’lga tashlab oyoqda tepish test meyo’rlarii tanlab olindi.
Ushbu test meyo’rlari bo’yicha “BO’SM”19“ va “BO’SM”3” yosh darvozabonlar quydagicha natijalarini ko’rsatilgan. Olingan natijalardan yosh darvozabonlarning o’yin davomida tezkor-kuch sifatlariga e'tibor qaratish kerakligini bildiradi. Shu sababdan biz tomondan o’yin davomida yo’l qo’yilayotgan harakatlar asosida qo’llanilgan an'anaviy standart mashqlar yordamida oshirishga harakat qildik. Pedagogik tajribada tanlangan guruhimizda joriy etdik va bu bergan vosita va usullarimizni ta'sir etganligini bilish maqsadida biz nazorat va tajriba guruhlarida 8 test meyorlarni qabul qilib oldib ularni taqqosladik. Test meyo’rlari tadqioqtdan oldin va tadqiqotdan so’ng olindi. Nazorat va tajriba guruhlarining natijalari 3.3-3.4-3.5-jadvallarda ko’rsatilgan.
Bizning o’quv-mashulotlarda olingan test nazoratida yosh darvozabonlarning harakatlari o’yin davomidagi ko’rsatkichlariga mos kelishini aniqladik. Dastlabki test meyo’rlarni musobaqa davrining boshidagi o’quv-mashulotlarida olingan. Bu yerda jismoniy sifatlarni ko’rsatuvchi 15m ga yugurishda, 30 m ga yugurishda, uzunlikka sakrash, uch xatlab sakrash, va texnik harakatlarni aks ettiruvchi to’pni uzoqqa tepishda, to’pni uzoqqa tashlab berish, to’pga sakrab qo’l bilan tegizish, to’pni qo’lda otish, qo’lga tashlab oyoqda tepish test meyo’rlaridan foydalanilganda, nazorat testlarida 14 yoshli darvozabonlarning ko’rsatkichlarida sezilarli darajada farq ko’rindi. Tajriba guruhining darvozabonlarida start tezligini aniqlovchi 15 m ga yugurishda 30 m ga yugurishda, uzinlikka sakrashda, uch xatlab sakrashda to’pni uzoqqa tepishda R≤0,05 o’sish kuzatilgan bo’lsa, to’pga sakrab qo’lda tegizish, qo’lda to’pni otib berish harakatlarida R≤0,001 o’sish kuzatildi. 15 yoshli darvozabonlarning ko’rsatkichlarida ham sezilarli darajada farq ko’rindi. 30 m ga yugurishda tashqari barcha testlarda R≤0,05 o’sish kuzatilgan bo’lsa, 16 yoshdagi darvozabonlarda 30 m ga yugurish testidan tashqari barcha testlarda o’sish aniqlandi. Nazorat guruhidagi yosh darvozabonlarda tadqiqotdan so’ng test meyo’rlarida o’sish qayd etilmadi.
Pozitsiya (joy) tanlash. To’ri tanlangan pozitsiya darvozabonga eng kam kuch sarflab, raqiblar darvozaga yo’naltirgan to’plarni ishonchli qabul qilib olish imkonini beradi. Bunda hujum qilayotgan komandaning to’pni boshqarayotgan o’yinchisi holatini, ya'ni qanday burchak hosil qilib zarba berilishini hisobga olish zarur. Burchak qanchalik o’tkir bo’lsa (masalan, raqiblar jamoasining o’yinchisi qanotda darvoza chiziiga yetib kolsa), darvozabon to’pni egallab turgan o’yinchi tomondagi ustunga shunchalik yaqinlasha boradi. Markazdan hujum bo’lganda darvozabon nishonga urish burchagini toraytirish va darvozaning istalgan burchagiga yo’naltirilgan to’pni olishni osonlashtirish uchun bir oz oldinroqqa chiqishi kerak. Pozitsiyani yaxshi tanlovchi darvozabon to’pga kamdan-kam yiqilib tashlanadi. Bu esa hujumchi go’yo darvozabonni poylab to’p yo’naltirganday taassurot hosil qiladi. Xuddi shuning o’zi pozitsiya tanlay bilishga berilgan eng yuksak bahodir.
Qaysi hujumchi qanday yo’nalishda zarba berishni yaxshi ko’rishini biladi. Tajribali darvozabonlar raqiblar harakatini sinchiklab o’rganib, ba'zan har qaysi yetakchi hujumchiga kartotekadek bir nima tuzib boradilar. Bu umumiy qonuniyatlargagina emas, balki mazkur muayyan raqibning xususiyatlariga asoslanib pozitsiya tanlashni ko’p jihatdan osonlashtiradi. Shuning uchun darvozabon gohida «to’ri pozitsiya»dan u yoki bu tomonga ko’proq siljib mantiqan to’ri qiladi.
O’z harakatlarining kuchli va zaif tomonlarini bilish. Ayrim hollarda darvozabon yiqila turib to’p olish qulayroq tomonda darvozaning kattaroq qismini qoldi-radi. Bu hol darvozaning kattaroq qismini to’sish uchun eng qulay pozitsiya tanlash imkonini beradi. Joy tanlashni takomillashtirish uzviy suratda trenirovka qilishni, har bir match davomida yiinchoqlikni, nihoyatda e'tibor bilan o’ynashni, bosiqlik va shoshilmaslikni talab qiladi.
Harakat usulini tanlab olish darvozabonga berilgan zarbani qaytaruvchi texnik usulni to’ri ijro etish imkonini beradi. Bunda darvozabon: darvozadagi o’z pozitsiyasini, to’pning uchish traektoriyasini (to’p yuqoridan, pastdan, yon tomonga yaqinroqdan, uzoqroqdan va hokazo kelayotganini); zarba kuchini, ya'ni to’pning uchish tezligini (to’pni ilib olish tomoniga surilish yoki uni yiqila turib ilish kerakligi shunga boliq); o’z o’yinchilari va raqib o’yinchilari qanday joylashganligini (shunga qarab to’pni ilib olish, qaytarib yuborish yoki tashqariga o’tkazib yuborish kerakligi hal qilinadi); maydon va to’pning ahvolini (to’pning sirti va yer ho’lmi yoki quruq ekani va hokazo) e'tiborga oladi.
Harakat usulini aniqlab olgandan keyin darvozabon tegishli texnik usul yordamida uni amalga oshiradi.
O’yin vaqtida to’pni qo’lga kiritgandan keyin yoki darvozadan tepish huquqini olgandan keyin, o’z koman-dasining hujum harakatlari boshlanich bosqichini uyushti-rib berish darvozabonning muhim vazifasi hisoblanadi.
Darvozadan tepishda hujum uyushtirishning ikki xil varianti bor:
Darvozabonning to’pni qo’lga kiritish huquqini olishi mo’ljallangan kombinatsiya. Darvozabon to’pni himoyachilardan biriga, ko’proq qanot himoyachisiga oshiradi, u esa to’pni darvozabonning o’ziga qaytaradi. Darvozabon to’pni qo’lga kiritib, hujumni turli usulda (qo’lda tashlab berib, qisqa, o’rtacha va uzoq masofalarga tepib berib) davom ettirishi mumkin.
Darvozadan tepib o’yin boshlaganda, hamma kombina-tsiyalar trenirovka paytida to’pni raqib tutib olishiga yo’l qo’ymaydigan darajada obdon ishlangan bo’lishi kerak.
To’pni ochilgan sheriklardan biriga uzatib berish. Darvozabon to’pni qulay pozitsiyaga chiqib ochilgan sheriklaridan biriga oshiradi. To’p qancha uzoq masofaga uzatilsa, hujum shunchalik tez rivoj topa oladi, chunki bu xildagi birinchi uzatishdayoq raqibning bir qator o’yinchilari mudofaada faol qatnashishdan mahrum bo’lib koladi.
Darvozabon turli masofalarga to’p uzatishning umumiy qonunlarini bilishi shart: to’p qanchalik qisqa masofaga uzatilsa, uni oldirib qo’yish ehtimoli shunchalik kam; qanchalik uzoq masofaga uzatilsa, o’yin shunchalik keskinroq bo’ladi. Shuning uchun to’pni qanot tomonda ochilgan o’yinchiga - qisqa masofaga uzatgan ma'qul, chunki raqib to’pni tutib qolganda ham, darvozaga bevosita xavf sola olmaydi.
O’yin vaqtida to’pni qo’lga kiritganidan keyin darvozabon uni qo’li bilan uzatib, javob hujumi harakatlarini boshlab beradi yoki oyoq bilan tepib uzatadi. Bunda qo’l bilan tashlangan to’p sherikka juda aniq yo’naltirilsa ham, qisqa masofaga yetib borishini (to’ri, to’pni qo’l bilan 30-40 metrga yetkazib beradigan darvoza-bonlar ham bor), tepilganda esa, masofa uzaysa-da, yetkazib berish aniqligi kamayib ketishini hisobga olish kerak.
Darvozabon javob hujumi boshlanayotganda muayyan taktik vazifani hal qiladi, chunki bu vaqtda uning sheriklari komanda harakatlarining taktik rejasini amalga oshirish uchun eng qulay pozitsiyaga chiqish niyatida manyovrlar qilishayotgan bo’ladi. Bu vazifaning to’ri hal etilishi komandaga tashabbusni qo’lda saqlash, raqibni o’zi uchun qulay sharoitda o’ynashga majbur qilish imkonini beradi. Darvozabon javob hujumi uyushtirayotganda, undan nima talab qilinishini yaxshi bilishi kerak. Agar komanda qanot hujumchilarining tezkor harakatlaridan bot-bot foydalanayotgan bo’lsa, to’pni qanotdagi uzoq joyga uzatib bergani ma'qul.
To’pni o’yinga kiritish usulini tanlash yoki javob hu-jumini boshlashda darvozabon quyidagilarga amal qiladi:
- darvozadan tepish yoki darvozabon boshlaydigan javob hujumida komanda harakatlarini uyushtirish rejasi;
- o’yindagi vaziyat va sheriklardan har birining bu vaziyatni qanchalik tez baholay bilishi;
- o’z hujumchilarining «neytral to’p» uchun raqiblarga qarshi, ayniqsa havoda yakkama-yakka kurashi natijalar (agar himoyachilar osongina yutib chiqishayotgan bo’lsa, to’pni yuqorilatib maydon markaziga tepib berish maqsadga muvofiq emas va, aksincha, raqib to’pni yo’lda tutib qolishga intilib o’ynayotgan bo’lsa, unda to’pni uzoq joyga - himoyachilar orqasiga uzatib berishdan foydalanish mumkin va hokazo);
- o’z darvozasi xavfsizligini (ayniqsa, qo’l bilan to’p uzatayotganda) maksimal saqlab qolish vazifasi.
Mashulotlarning boshlanich qismida darvozabon ham xamma maydon o’yinchilari bajaradigan mashqlarni bajaradi. Keskin, mashulotlarning boshlanich qismini yakunida darvozabon ular uchun xos bo’lgan maxsus mashqlar kompleksini bajarishi kerak. Buni jamoaning umumiy mashulotlar umumiy tarkibini buzmagan xolda bajarish mumkin.
Masalan: maydon o’yinchilari darvozabon ishtirok etishi shart bulmagan juft -juft bulib, yoki uch kishilashi oyoq va kalla bilan to’p uzatish, turli kvadratlarni mashq qilish va boshqa mashqlar bilan band bo’lgan vaqtda:
1. Darvozabon o’z oldidan to’pni dumalatadi va unga yetib olib qo’li bilan boshi uzra kutarish;
2. Darvozabon to’pni yuqoriga tepadi va chaqqonlik bilan uni sakragan holda ilib oladi;
3. Ikkinchi mashqdagidek xolat, lekin uni vertikal (tikka yuqoriga) tepadi;
4. Ikkinchi va uchinchi mashqdagidek holat buladi, lekin to’pni mushti bilan qaytaradi;
5. Darvozabon o’z oldiga to’pni dumalatadi, to’p 3 - 4 metr undan uzoqda yetganda, unga sakrab tashlanadi;
6. Beshinchi mashqdagidek xolat, lekin to’pni yoy shaklida otadi va to’p yerga tegib sakragandan keyin darvozabon unga sakragan holda tashlanib, uni iladi;
7. Beshinchi va oltinchi mashqdagidek qolat, lekin to’p qo’l bilan ilinmay balki, (kuchsizroq) chekkaga qaytariladi;
8. Bir necha to’p bilan o’ynash (janglirovka qilish);
9. Bir joyda turgan xolda to’pni bel satxida doira shaklida quldan qulga uzatadi;
10. Oyoqlar yelka- kengligida. Darvozabon oyoqlari orasidan to’pni oldinga va orqaga bo’ylab yerda dumalatiladi va u maksimal masofaga yetganda qul bilan ilib olinadi;
11. Darvozabon to’pni yer bo’ylab chekkaga iritib yuboradi va o’zi unga tashlanib ilib oladi;
12. O’n birinchi mashqdagidek holat, lekin to’p yuqorilatib iritiladi;
13. O’n birinchi mashqdagidek holat, lekin tepaga yunaltiriladi.;
14. Darvozabon to’pni yelkasi osha orqa tomondan yunaltirib, oldindan ilib olishi kerak;
15. Turgan holatda oyoqlar yelka kengligida ochilgan. Ung qo’li bilan to’pni oyoqlari orasidan chap qo’lga uzatiladi. So’ngra u chap qo’li bilan oldinga harakat qilib, to’p o’ng qo’lga uzatiladi. (Mayatnik harakati kabi).



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish