O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI
«FAKULTETLARARO JISMONIY TARBIYA
VA SPORT» KAFEDRASI
“Kichik yoshdagi futbolchilarni tayyorlashda o’yin usulidan foydalanishning ahamiyatini o’rganish”
Mavzusidagi
Bajardi: JM ta’lim yo’nalishi bitiruvchisi 7-2 JM-12 guruh talabasi Ostonov Umid
Ilmiy rahbar: katta o’qituvchi S. SH. Akramov
Rasmiy opponent: o’qituvchi A.K Ibragimov
Bitiruv malakaviy ishi kafedradan dastlabki himoyadan o’tdi.
___________ sonli bayonnoma «_____» _________________ 2016 yil
BUXORO - 2016
MUNDARIJA
Kirish.
I bob. Ilmiy adabiyotlar tahlili.
1.1. Futbol maktabi mashg’ulotlarida yosh o’spirinlarni sog’lomlashtirishning asosiy mezonlari
1.2. BO’SMlarda mashg’ulotlarini olib borish
1.3. Yosh futbolchilarning anatomik rivojlanishga et’ibor berish xusuiyatlari
II Bob. Kichik yoshdagi shug’ullanuvchilarning mashg’ulotlarida harakatli o’yinlardan foydalanish
2.1. Mashg’ulotlarda xarakatliy o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazish tartiblari
2.2.Yosh futbolchilarni tayyorlashda xarakatli o’yinlardan foydalanish tajribasini o’rganish
III Bob.Yosh darvozabonlarning o’quv mashg’ulot bo’yicha olingan ma’lumotlarining tahlili
3.1.O’quv mashulot jarayonidagi tayyorgarliklar bo’yicha ma'lumotlar
3.2.Yosh darvozabonlar uchun maxsus mashqlar to’plami
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mamlakatimizda barcha sohalari kabi jismoniy tarbiya va sport ham milliy istiqlol mafkurasi doirasida tobora rivoj topib boryapti. Buni asosiy omillaridan biri ushbu soxani davlat siyosatining ustivor yunalishi darajasiga olib chikilishidir. O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi konuni, Vazirlar maxkamasining «O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora — tadbirlari to’g’risida»gi qarori hamda o’zbek sportini halqaro mikiyosiga olib chiqishga qaratilgan qator qarorlar soxa taraqqiyoti va istiqbolining xukukiy asosidir.
Hozirgi kunga kelib jismoniy tarbiya va sport soxasining bugungi taraqqiyoti, sport o’yinlarida endigina o’z samarasini bera boshladi. Shu bilan bir qatorda futbol sport turi buyicha xali kamchiliklar va xal etildigan muammolar o’z echimini topmagan. Bu kamchiliklar nafakat tashkiliy jixatlarga oid, balki o’quv — trenirovka jarayonida ham ko’pdan — ko’p muammolar mavjuddir. Ayniksa, mashg’ulotlar mazmuni, mashqlar xajmi va shiddatiga doir masalalar uslubiy jixatdan zamon talablariga javob bermaydi.
Futbol o’yinida yuqori malakali o’yinchilarni tarbiyalash har doim ham dolzarb muammo hisoblangan. Yuqori malakali gandbolchilarni jismonan etuk, texnik-taktik tomonlama tayyorlash voyaga etkazish, yoshlikdan sport maktablarida, internatlarida o’quv mashg’ulotlarini to’g’ri yo’naltirish bilan bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |