Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi. Barchaga ma`lumki, o`zbek futbolchilarining shon-shuhrati olamga taralmoqda, mahorati o`smoqda, Osiyo kubogi uchun olib borilgan kurashda o`zbek futbolchilarining final musobaqasida qatnashgani buning yorqin dalilidir.
Albatta kelajakda hozirgi ajoyib futbolchilarimizning o`rnini bosadigan, o`zbek futboli sharafi uchun kurashadigan futbolchilar etishtirish eng asosiy masalalardan biri xisoblanadi.
O`zbek futbolchilari mahoratining yil sayin o`sib borishi o`rinbosarlarni tayyorlashda trenerlarning o`smirlar bilan ish olib borish malakasiga boliq. SHuning uchun ham futbol buyicha masterlar komandalari hamda O`zbekiston terma komandalari uchun yuqori malakali o`rinbosarlar tayyorlashda o`quv mashulotlariga zamon talablari asosida yondoshmoq, yosh futbolchilar bilan ishlash jarayonida yangi shakl va metodlarni joriy qilish zarur, busiz muvaffakiyatga erishib bo`lmaydi. Futbol hozirgi kunda butun dunyo bo’yicha birinchi raqamli o’yin xisoblanib, kundan kunga rivojlanib bormokda. O’yinni uslublari takomillashib, futbolchini harakat faoliyati murakkablashmoqda. Futbol o’yini asosiy harakat sifatlarini - harakat tezligi va aniqligini, chaqqonlikni, kuchni, chidamkorlikni rivojlantirishga ko’maklashadi. Ko’p sonli yosh bolalarni futbolga bo’lgan katta qiziqishlarini nafaqat jismoniy rivojlantirishda, balki pedagogik ta'sir etishda va tarbiyalash jarayonida asosiy omil bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Jamoaning umumiy mashg’ulotidan sung darvozabon bir qancha vaqt mustaqil o’z ustida ishlaydi, sungra maydon o’yinchilarining aniq va kuchli zarbani mashq qilishiga mo’ljallangan to’plarini qaytarish uchun darvozaga turadi. To’ri, o’quv-mashulotlarini bunday tashkil qilishda maydon o’yinchilari va darvozabonning maxoratini ottirish kerak. Biroq darvozabonlik mahoratining har tomonlama rivojlanishi uchun faqat umumjamoa mashulotlarida qatnashish va darvoza oldida turib mashq qilish yetarli emas. Chunki darvozabonning o’yindagi faoliyati maydon o’yinchilarining o’yindagi faoliyatidan jismoniy, texnik, taktik va qatta psixologik tayyorgarlik jixatdan keskin farq qiladi.
Jumladan darvozabon uchun chidamlilik maydon o’yinchisi uchun zarur bo’lgan darajada kerak emas, chunki darvozabon maydon o’yinchilari kabi o’yin davomida butun maydon bo’ylab harakat qilmaydi. O’z o’rnida darvozabon chaqqon, enchil, sakrovchan, egiluvchan, yaxshi boshlanich tezlikka, akrobatik harakatlar-u, maydoni yaxshi ko’ra bilish sifatlarga ega bo’lishi kerak. Bundan tashqari hozirigi kunda darvozabon baland bo’yli, jismonan baquvvat bo’lishi shart.
Texnik ko’rsatkichlarga keladigan bo’lsak, darvozabon o’zining ixtisosligiga xos bo’lgan sifatlardan tashqari maydon o’yinchilari kabi oyoqda o’ynash texnikasining barcha turlarini egallagan bulishi kerak. Bu ayniqsa o’zining jamoadoshi oyoi bilan uzatgan to’pni qo’li bilan ushlashi taqiqlangan yangi qoidani joriy etilishi bilan katta ahamiyat kasb etadi. Darvozabonlarning o’ziga xos sof ixtisoslashgan bir joyda turgan xolda sakragan, tashlangan holda qo’l bilan bajariladigan o’nlab harakatlari mavjud. Taktik harakati haqida ham xuddi shunday usullarni aytish mumkin. Xar bir mashulotlarida bunga aloxida e'tibor berish kerak. Iloji boricha masterlar jamoasida va ayniqsa yosh o’smirlar jamoasida darvozabonlarni tayyorlaydigan maxsus murabbiylarning bo’lishi shart. Agar, bu murabbiylar o’tmishda darvozabon bo’lgan bulsalar yanada maqsadga muvofiq buladi. Osiyoning yetakchi futbol jamoalari (Yaponiya, Janubiy Koreya, BAE) ning mashulotlarini kuzatish shuni ko’rsatdiki, darvozabonlar mashulotining ko’p qismini maxsus murabbiy diqqat bilan darvozabonlarning jismoniy sifatlari va texnik - taktik harakatlarini mashq qildirish bilan harakatlanadi.
Yuqorida qayd qilinganlardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bizning darvozabonlar tayyorlash tizimimizda ko’pgina kamchiliklar mavjud. BO’SMlarda darvozabonlikka tanlashning malakasizligi, BO’SM va yetakchi birinchi va oliy ligalaridagi futbol jamoalarida darvozabonlar tayyorlovchi malakali murabbiy xodimlarning yuqligi, darvozabonlarning bajaradigan vazifalari maydon o’yinchilarinikidan keskin farq qilishiga qaramasdan ular mustaqil o’zlarining jismoniy va texnik- taktik tayyorgarligiga qaratilgan maxsus mashulotlarini alohida o’tkazmasliklari. Darvozabonlar tayyorlash uchun maxsus maщqlar keltirilgan hamda ularning sport faoliyatida uchraydigan vaziyatlar turisidagi adabiyotlarning yetarli emasligi.
Futbol mutaxassislari va futbol murabbiylarining fikrlaricha, malubiyatlarimizni sababi ham, bu yosh darvozabonlarning jismonan, texnik va taktiksi ancha orqada ekanligi deb ta'kidlashayapti. O’zbekiston futbol mutaxassislari va yetakchi murabbiylarining fikricha, bizning yosh darvozabonlarning zarur natijalarga erisha olmasliklari, ularning jismoniy, texnik - taktik tayyorgarliklari maromiga yetkazilmaganligidir. Shuni xisobga olganda murabbiylarimiz va futbolchilarimiz bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun anchagina ishlashlariga to’ri keladi.
Zamonaviy futbolda darvozaga xavf solingan paytda darvozabon o’zinig bir necha bor mas'uliyatli his qilishlari shartligi to’risida mutaxassislar ta'kidlashgan. Chunki u bunday daqiqalarda jamoaning oxirgi tayanchi darvozabonlar hisoblanadi. Ammo, yosh darvozabonlarni mahoratni nafaqat bir musobaqa siklida, balki bir o’yin davomida takomillashtirish mumkin emas. Sha sababdan yosh darvozabonlarni yuksak texnik-taktik tayyorgarliklarini oshirishdi, ayni kungacha yuqori malakali futbolchilarni tayyorlash amaliyotida qo’llanilib kelinayotgan ilor tajribalar va tadqiqotlar natijalari hech qanday shubha uyotmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |