Ruhiy tayyorgarlik
Ruhiy tayyorgarlikning asosiy vazifasi - yuqori ruhiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalash.Ruhiy tayyorgarlik vazifalarini rivojlantirish:- jarayonlarni idrok qilishni(to’pni,vaqtni,bo’shliqni his qilishni) rivojlantirish;kuzatishni rivojlantirish;
kuzatishni rivojlantirish (qiyin o’yin sharoitida orientasiya);
- eslash qobiliyati (pamyat), fikrlashni (o’yin faoliyati xususiyatlari) rivojlantirish;
o’zini tuta bilishni (emosiya) boshqarishni rivoj-lantirish;
taktik fikrlashni rivojlantirish (o’yin holatini baholash va samarali natijani qabul qilish demakdir.
Ruhiy tayyorgarlik jarayonida futbolchida nomaqbul holat yuzaga kelishi mumkinligi hisobga olinadi (tush-kunlik, «start bezgagi», o’z-o’ziga ishonish, demobilizasiya).
Murabbiy futbolchida alabaga intiluvchanlikni . tarbiyalashi lozim. O’yinga tayyorlashda har bir futbol-chining individual xususiyatlarini hisobga olish lozim. Shu bilan birga, o’yinning ahamiyati, turnirdagi, chempionatdagi alabaning tub mohiyatini etkaza bilish lozim.Suhbatlarning (ustanovkaning) cho’zilishi, murabbiy-ning bezovtalanishi o’yinchilar ruhiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, hayajonini kuchaytiradi. Odatda, begona shaxslar-ning aralashuvi, ularning maslahatlari jamoaning o’yinga tayyorgarligini susaytiradi.Har bir futbolchida iroda sifatlari rivojlangan bo’lishi lozim.Iroda sifatlarining rivojlanishi jismoniy, texnik, taktik, nazariy tayyorgarliklar bilan boliq. Iroda sifatlari o’yin holatiga mos mashqlar uzluksiz ravishda bajarilganda tarbiyalanadi. Uz kuchiga ishonchni tarbiyalash, mas’uliyatni sezish, maqsad va vazifalarni tushuntirish, murabbiyning talabchanligi, kundalik o’z-o’zini nazorat qilish - bularning barchasi iroda sifatlarini tarbiya-lashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Nazariy tayyorgarlik
Nazariy mashulotlarni o’yindan yoki jismoniy mashulotdan oldin o’tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki aks holda futbolchilar toliqqan bo’ladi va bu kerakli samara bermaydi.Mashulotdan oldin qisqa nazariy darslar o’tish mumkin, bunda murabbiy oldindagi maqsad va vazifalarni ochib berish, maketlar yordamida mashqlar mazmuni bilan tanishtirish, har bir o’yinchiga topshiriq berish, oldingi xatolarni to’rilash yo’llarini tushuntirishi lozim.Nazariy tayyorgarlikda o’yinlarga ko’rsatmalar berish va o’yinchilarni muhokama qilish eng muhim ishdir.Bu murabbiydan har bir o’yinchi, jamoaning o’ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, raqib jamoa futbolchilari o’yin faoliyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini o’rga-nishni talab qiladi.
O’yinni muhokama qilish rejasi quyidagilardan iborat:
- o’yinning vazifalari;
- raqib jamoasiga tavsif (xarakteristika);
- o’yinchilarga topshiriq;
- jamoa chiziqlariga topshiriq;
- o’yinning taktik rejasi.
Murabbiy raqib kuchini hisobga olgan holda har bir o’yinchita topshiriq beradi, so’ng guruh o’yinchilari, ya’ni himoya, yarim himoya va hujum chizii o’yinchilari topshiriq oladi. Bu topshiriqlardan murabbiy o’yinda foydalanishi lozim bo’lgan reja hosil bo’ladi.O’yinga ko’rsatma o’yin kuni beriladi. Bo’limlar oralii tanaffusida murabbiy o’yin rejasiga qo’shimchako’rsatmalar kiritishi mumkyn. Tanbeh berishdan oldin murabbiy o’yinchilar o’zini bosib olishi uchun 2-3 daqiqa vaqt berishi kerak. SHundan so’nggina jamoaga umumiy tanbeh beriladi, so’ng alohida o’yinchilarga ko’rsatma berish mumkin.O’tkazilgan o’yinning muhokamasi va tahlili murab-biydan atroflicha tayyorgarlikni talab qiladi. O’yin muhokamasi o’yinni video tasmasiga yozish, pedagogik kuzatish bayonnomasi va maydon maketini qo’llash orqali tayyorlanadi. Bularsiz o’yin muhokamasi yuzaki va samarasiz bo’lib qoladi.
O’yin muhokamasi quyidagi bo’limlardan iborat:
o’yinni umumiy baholash;
taktik rejaning bajarilishi;
- jamoa chiziqlarini baholash (himoya, yarim himoya,hujum);
- har bir o’yinchi harakatini baholash;
- umumiy yakun;
- xatolar muhokamasi;
- xulosalar.
O’yin muhokamasini keyingi kun (dam olish kuni) yoki mashulotdan oldin qilish maqsadga muvofiq.O’yin muhokamasi juda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu darsda futbolchi o’zining harakatlariga baho oladi, o’zini va sheriklari harakatlarini baholashi mumkin.O’yinning nazariy muhokamasida murabbiy faqat xatolarni ko’rsatibgina qolmay, ularni bartaraf qilish yo’llarini tushuntirib berishi lozim. SHuning uchun murabbiy doim o’z nazariy bilimlarini boyitib borib, o’yinchilarga yangi, qiziqarli, barchaga manzur bilimlarni etkazib borishi kerak.Shu sababdan o’quv-mashulot sharoitida bu jismoniy tayyorgarligini texnik tayyorgarlik bilan birga olib borishga qaratilgan mashqlarimiz katta axamiyat kasb etishi aniqlandi. Shu sababdan ularni rivojlantirishda yosh darvozabonlarning texnik-taktik harakatlarini o’sishiga ta'sir etadigan vosita va usullarni tanlab olgan va ularga joriy etilishi kerak deb o’ylaymiz.
Xulosa
Yosh futbolchilarni tayrlash ko’p bosqichli murakkab pedagogik jarayon bo’lib, mashg’ulotlarni ilmiy asosda tashkil qilishni taqazo etadi. Mashg’ulotlarda qo’llaniladigan jismoniy va texnik taktik mashqlar xajmi va shidati shug’ullanuvchi bolalarning yoshi, jismoniy va funkstional mikoniyatlariga moslab rejalashtirishi qo’llanilishi muxim.
Ilmiy adabiyotlar taxlilida futbol sportiga endi kirib kelgan 10 12 yosh futbolchilarning mashg’ulotlarida xaraktli o’yinlardan foydalanish, ularning xar tomonlama rivojlanishiga ta’sir qilishi mutaxassislar tomonidan takidlangan. Futbol turiga mos ravishda to’g’ri kelgan xarakatli o’yinlar esa yosh futbolchining futbol texnikasini tez o’zlashtirishi ilmiy tadqiqotlarda isbotlangan.
Bizning futbol maktablaridagi mashg’ulot jarayonlarini kuzatganimizda xarakatli o’yinlardan foydalanish 30 % li natijani ko’rsatdi. Murabbiylar asosan mashg’ulotning tayyorlov qismida xarakatli o’yinlardan foydalanishlarni bildirishgan. Aynan futbol turiga xos xarakatli o’yinlardan foydalanish, mashg’ulotlarda dyarli o’tilmaydi.
Sport amaliyotida shunday holatlar ham uchraydigi, bir biriga o’xshash muntazam beriladigan mashqlar sport bilan endi shug’ulanishni boshlagan bolada qiziqishni so’ndiridi, unda sportga bo’lgan ixlos yo’qoladi, pirovardida u sport bilan shug’ulanmay qo’yyadi. Shuning uchun yosh sportchilarni tayyorlashda ayniqsa dastlabki o’rgatish bosqichda jismoniy sifatlarni rivojlantirish, texnik taktik mahoratni shakllantira borish uchun harakatli o’yinlardan foydalanishtjuda foydali va o’ta muhimdir.
Taxlili ishlaridan futbol mashg’ulotlarda aynan futbolga xos xaraktli o’yinlar ko’pgina adabiyotlarlada aniq bayon etilgan. Ushbu xarakatli o’yinlar mazmuni futbolga endi kirib kelgan shug’ulanuvchilarning sport tayyorgarligni rivojlantirishda katta axamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |