Инновационные технологии в спорте и физическом воспитании подрастающего поколения
Материалы республиканской научно-практической конференции с международным участием
248
amaliy faoliyatda qo‘llashlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Hakamlarning oldida turgan eng asosiy vazifalaridan biri- bu tarbiyaviy jarayondir. O‘yin
qanchalik shiddatli bo‘lib, o‘yin davomida jismoniy yuklama qanchalik katta bo‘lmasin, hakamlar uni
engib o‘tishlari shart. Hakamning tashqi ko‘rinishi, uning jismoniy tayyorgarligi, kasbiy mahorati
o‘yinchilarga, murabbiylarga va tomoshabinlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Hakamlarning o‘yinga tayyorgarligi, musobaqa davrida o‘zlarini tutishlari, yurishlari,
o‘yingacha rasmiy kishilar, murabbiylar va o‘yinchilar bilan muloqotda bo‘lishlarida ularning
tajribalari qo‘l keladi. Ular har qanday vaziyatda ham o‘yinchilar, murabbiylar, rasmiy shaxslar va
tomoshabinlar bilan muloqotda ularga nisbatan odob saqlagan holda muomala qilishlari lozim.
SHuningdek, hakamlarning tashqi ko‘rinishlari sportchilarga faqat ruhiy ta’sir qilib qolmasdan, balki
namuna bo‘lib ham xizmat qilishi kerak.
Hakamlar kundalik hayotlarida jamoatchilik ichida o‘zlarini tuta bilishlari, bolalar va yoshlarni
qo‘l to‘pi o‘yiniga jalb qilish, uni ommaviylashtirish, sportchilarni sport mahoratini oshirish va
sportning rivojlanishi hamda tozaligi kabi jiddiy masalalarni hal qiluvchi kishilar ekanliklarini
ko‘rsatishlari kerak. O‘z jamoasiga nafaqat mehnatini, bilimini, balki butun qalbini berishga tayyor
bo‘lgan murabbiylar bilan muloqotda hakamlar juda ham odobli bo‘lishlari kerak. Ularni janjalga
yo‘naltirmasdan, aksincha, ular yordamida bellashuvlardagi qo‘polliklarni bartaraf etib, jarohatlarni
oldini olib, o‘yinchilar o‘rtasida qatta tartib intizom o‘rnatishlari lozim.
Ohirgi paytlarda ko‘p jamoalarning o‘yinchilari muvaffaqiyatga erishish uchun qo‘pol harakat
qilishmoqda. Bu, o‘z navbatida, raqib o‘yinchilarining jarohat olishiga olib kelmoqda. SHuning uchun
tajribali hakamlar o‘yin boshlanishidan oldin jamoa murabbiylarini, sardorlarini qo‘pol xarakatlar
qilmaslik to‘g‘risida ogoxlantirishadi.
O‘yin qoidalarini buzilishning oldini olish- har bir hakamning asosiy vazifasi. Hakam avvalo
pedagog-tarbiyachidir. Ulardagi kamtarinlik, o‘zini tuta bilishlik, muloyimlik va talabchanlik ularga
nisbatan xurmatni yanada oshishining asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi .
Sport musobaqalarini boshqarishga jalb etilayotgan yosh hakamlarga qo‘yidagilarga e’tibor
berishlarini tavsiya etamiz:
1. O‘yin qoidalari va ularga ta’luqli ko‘rsatmalarni doimiy ravishda o‘rganish va
mustaxkamlab borish.
2. O‘yin qoidasi buzilganda o‘z vaqtida aniq signal, ishora berish.
3. Hushtak chalingandan so‘ng o‘yinni davom ettirgan o‘yinchini, albatta, jazolash.
4. To‘p darvozaga kiritilgandan so‘ng o‘yin qoidasini buzgan o‘yinchini kechirmaslik.
5. Tomoshabinlar, murabbiylar va o‘yinchilar tazyiqida biron-bir qaror qilmaslik.
Shunday qilib hakamlik - bu o‘yinchilarda sport mahoratini oshirishni tarbiyalashga qaratilgan
tarbiyaviy jarayondir. Bu jarayonga vijdonan yondashgan har bir hakam yosh sportchilarni etuk
sportchi bo‘lib etishishlarida o‘z hissasini qo‘shgan bo‘ladi.
Adabiyotlar:
1. V.YA.Ignateva «Gandbol» Uchebnoe posobie Moskva 1983. FiS
2. SH.K.Pavlov «Qo’l to’pi» (musobaqalar qoidalari) 1987 y.
3. SH.K.Pavlov «Qo’l to’pi» (darslik) UzDJTI nashriyoti 1990 y.
4. SH.K.Pavlov, F.A.Abduraxmanov, I.N.SHelyagina «Gandbol mutaxasisligi talabalarining
o’quv-tadqiqot ishlari. Metodik tavsiyanoma». UzDJTI nashriyoti 1991 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |