Ўсиб келаётган ёш авлод жисмоний тарбияси ва спортда инновацион технологиялар
Халқаро иштирокчилар ҳамкорлигида республика илмий-амалий анжумани материаллари
223
3.Абдурасулов Р.А. Ўқувчи-спортчиларнинг спорт интилиш-лари. //Халқ таълими
журнали. 2009/2. -Б.62-65.(19.00.06; №17).
4.Гайнутдинов Р.З. К вопросу изучения некоторых личьност-ных свойств студентов
института физической культуры. / Теория и методика физического воспитания (сборник
научных статей. ТГПИ им. Низами, том 160). -Ташкент. 1976. -С.127-132.
5. Мельников В.М., Ямпольский Л.Т. Введение в экспери-ментальную психологию
личности.-М.: Просвещение. 1986. 319с.
JISMONIY TARBIYA TIZIMIDA ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIGA
YO’NALTIRILGAN GIMNASTIKA MASHQLARINI QO’LLASH
Islomov E.Yu., o’qituvchi, Buxoro davlat universiteti, Buxoro, O’zbekiston
Annotatsiya: Maqolada ishlab chiqarish korxonalarida bajariladigan jismoniy tarbiya va
sportni ayniqsa gimnastika mashqlari komplekslarini xar doim olib borish ish unumdorligini 2-3 foizga
oshirishi shu bilan birga gimnastika mashqlari kompleksi va jismoniy mashq daqiqalari komplekslari
haqida malumotlar keltirilgan.
Kalit so`zlar: Organizm, gimnastika, kompleks, instruktor, dispecher, jismoniy mashq,
fabrika.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish borasida
keng imkoniyatlar yaratdi. Natijada ko’plab ish o’rinlari yaratildi. Bu korxonada turli ish o’rinlari
mavjud bo’lib bu yerda ishchilar har-xil vazifalarni bajaradilar. Ishlash jarayonida toliqishlar va
charchashlar natijasida mehnat unumdorligi pasayishiga olib keladi.
Jismoniy tarbiyaga yo’naltirilgan gimnastika mashqlarini ishlab chiqarish korxonalarida joriy
etilishi bu yo’nalishda ishlayotgan oddiy kishilarning sog’lig’ini saqlash va mustahkamlash borasida
davlatimiz qaratayotgan e’tiborning yorqin ifodasidir. Ishlab chiqarish korxonalarida jismoniy
tarbiyaga yo’naltirilgan gimnastika mashqlaridan foydalanish ish unumdorligini 2-3 foizga oshiradi.
Ishlab chiqarish korxonalarida jismoniy tarbiyaga yo’naltirilgan gimnastika mashqlarining
o’tkazilishi orqali quyidagi vazifalar hal qilinadi:
- kishilarning ishlab chiqarish faoliyatiga kirishishiga ko’maklashadi;
- organizmning bir maromdagi ish qobiliyati yaxshilanadi;
- kishilarning sog’lig’i va jismoniy rivojlanishiga yordam beradi;
- jamoaviylik, uyushqoqlik, intizomlilik kabi sifatlarni shakllantiradi.
Ishlab chiqarish korxonalarida bajariladigan jismoniy tarbiyaga yo’naltirilgan gimnastika
mashqlari kompleksi kasblar turiga qarab tuziladi. Kasblar aqliy yoki jismoniy yuklamalarga qarab 4
guruhga ajratiladi:
1.
Asabga zo’r berish, jismoniy yuklamaning kamligi, ish harakatlari bir xil bo’lgan
kasblar, mayda mexanizm yig’uvchilar, elektr chirog’i yig’uvchilar, perfaratorchi ayollar, tikuvchilar,
konveyerda, masalan: soatsozlik zavodlari, poyabzal fabrika ishchilari;
2.
Jismoniy va aqliy mehnat birga ishtirok etadigan har xil harakatlar bajariladigan o‘rtacha
yuklamali ish turlari (tokorlar, randalovchilar, motor yig‘uvchilar);
3.
Katta jismoniy zo‘r berishni talab etadigan turli kasblar (qolipchilar, shaxtachilar,
qurilish ishchilari);
4.
Doimiy aqliy zo’r berishni talab etadigan kasblar (hisobchi xodimlar, dispecherlar,
shifokorlar, injenerlar).
Jismoniy mashq daqiqalarini butun sex uchun tashkiliy ravishda o‘tkazishning iloji
bo‘lmaganda yoki ayrim ishchi va xizmatchilar ishidan 5-7 minutga uzila olmasalar, 2-3 mashqdan
tashkil topgan jismoniy mashq pauzalarini o‘tkazishni amalga oshirish mumkin. Smena davomida
salmoq jihatidan yengilroq ishlarni bajaradigan kishilar uchun jismoniy tarbiyaga yo‘naltirilgan
gimnastika mashqlarini ish oldidan va jismoniy mashq pauzalarini smena tugashidan 1,5-2 soat oldin
o‘tkazish kerak.
Jismoniy tarbiya mashqlari kompleksining o‘tkazish sxemasi:
1-mashq –bosh uchun, 2-5 – mashqlar gavda va qo‘l-oyoqlar uchun, 6-mashq – harakat
uyg‘unligi uchun mashqlar, 7-mashq – yakunlovchi mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |