Инновационные технологии в спорте и физическом воспитании подрастающего поколения
Материалы республиканской научно-практической конференции с международным участием
128
тамоман хайрлашади. Бироқ шундан кейин ҳам ўзининг тажовузкорлик ҳаракатларини
тўхтата олмаганидан руҳий қийинчиликларга кўп учрайди. У ўзининг хулқ-атворини ўзгартира
олмаганидан, бошқа одамлардек, осойишта ҳаёт кечира олмай жуда қийналади. Шунинг учун
мураббий спортчиларни тажовузкор ҳаракатларини фақат рақибга қарши спорт мусобоқа
қоидаси асосида қўллашга одатлантириши лозим.
Мураббий спортчининг руҳий сифатларини, спортда диққатнинг аҳамиятини яхши билса,
юқорида айтилган камчиликка йўл қўймайди. Демак, спортда диққат алоҳида аҳамиятга молик,
диққат типлари, диққат ва ҳаракт уйғунлиги билиш ҳам спортчи, ҳам мураббий учун жуда
муҳимдир.
Адабиётлар:
1. Брайент Дж. Кретти. Психология в современном спорте. –м. Физкультура спорт, 1978
г, стр 16.
2. Джамгарова Т.Т, Пуни А.Ц, Психология физического воспитания и спорта..М.
Физкультура и спорт, 1979 г, стр 8.
3. Мальникова В,М. Психология .- М.: Физкультура и спорт , 1978 г, стр 195.
4. Роберт М. Найдиффер. Психология сорев. спортсмена.-М. 1979 г.
5. Машарипов. Й. Рафиев Х.Т. спортчининг тажовуз ва дуқ- пўписа
холатининг психологик сабабларини ўрганиш. Психологиянинг баъзи масалалари. Бухоро:
1996 йил,
O`SMIRLAR VA XOTIN-QIZLAR UCHUN SPORT MASHG’ULOTLARINI
TANLASHNING MUHIM TASNIFLARI
Safarov F.F. Sattorov A.Ch.
Kogon maktabgacha ta`lim va xizmat ko`rsatish kollej, Kogon, O’zbekiston
Xotin-qizlarda tirsak bo‘g‘inining ortiqcha yozilishi va ko‘pincha oyoqlarning X shaklida
bolishi, erkaklarga nisbatan ko‘proq uchrab turishi kuzatilgan. Bu omillar yugurishda, sakrashda
yuqori natijalarga erishishni, uzoq vaqt tayanib turishni qiyinlashtiradi, jaro - hatlanish
ehtimolini ko‘paytiradi. Shu sababli mazkur mushak guruhlari uchun maxsus tanlab olingan
mashqlar orqali yuqorida aytilgan bo‘g‘inlarni mustahkamlash zarur.
Xotin-qizlar erkaklardan yana yurak hajmining kichkinaligi, uning sistolik va minutlik
hajmi kam, maksimal qon bosimi baland, o‘pkaning havo sig‘imi kichkina, tomir urishi va nafas
olishning tez bolishi bilan farq qiladi. Xotin-qizlar ko‘proq ko‘krak bilan yoki aralash nafas
olishadi, erkaklarda esa ko‘proq diafrag‘lali nafas olish kuzatiladi. Qayd qilinganlar ularning
uzoq vaqt zo‘r berib ishlashlari uchun, shuningdek, jismoniy charchashdan keyin tez fursatda
tiklanishlari uchun noqulay sharoit yaratadi.
Biroq jismoniy larbiya yoki sport bilan doimiy shug
c
ullanadigan xotin-qizlarning soglig'i
va jismoniy holatining ko‘rsatkichlari sport bilan shug'ullanmaydigan xotin-qizlarnikidan ancha
yuqori. Xotin- qizlarning mushak hajmi rivojlanish jihatidan erkaklarnikidan ancha orqada
qoladi. Shilbkor nazoratida qabul qilingan mushak kuchini o’lchash usuli mushak tizimining
umumiy holatini to’liq ifodalamaydi. Biroq, shu ko‘rsatkichlar bo'yicha ham farq kattadir.
Xotin-qizlar organizmi o‘zining tuzilishiga ko'ra, erkaklarnikidan bo‘y va oyoq qismlarining
nisbatan kalta va gavdaning uzun bomishi, yelka bo‘g‘inining torligi, tosning kengligi va teri
ostida katta yog‘ qatlamining mavjudligi bilan farq qiladi.
Ayollar uchun qorin pressi mushaklarining rivojlanish darajasi katta ahamiyatga ega. Ichki
qiya va chuqur joylashgan ko‘ndalang mushaklarning tolalari bachadonning aylana
bog‘lamchalariga aylanadi va skelet mushaklarini ichki jinsiy organlar bilan tutash- tiradi.
Bachadonning to‘g‘ri holati ko‘p jihatdan bachadonning aylana boglamlarining
mustahkamligiga bogliq. Ilmiy kuzatishlar shuni ko‘rsaiadiki, qorin pressi mushaklari yaxshi
rivojlangan sportchi xotin-qizlarda bachadonning siljishi deyarli kam uchraydi.
So'nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar bo‘yicha slui narsa
aniqlandiki, bachadonning to‘g‘ri joyla- shishi va tug‘ishning normal o‘tishi oldin faraz
qilinganidek, faqatgina tos tubining holatiga bog‘liq bommasdan, balki ko‘proq tos orasi
mushaklarining rivojlanganligiga ham bog‘liq ekan. Bu mushaklar son orasini kengayishida va
Do'stlaringiz bilan baham: |