Ўсиб келаётган ёш авлод жисмоний тарбияси ва спортда инновацион технологиялар
Халқаро иштирокчилар ҳамкорлигида республика илмий-амалий анжумани материаллари
121
XOTIN – QIZLAR JISMONIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH
Do’stov B.A., katta o’qituvchi
Buxoro davlat universiteti, O’zbekiston
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga juda katta e`tibor qaratilmoqda. Buning uchun ham
barcha imkoniyatlar yaratib berilgan. Yoshlarning bu borada erishayotgan yutuqlarini misol qilib
keltirishimiz mumkindir.
Qolaversa, xotin-qizlar sportiga ham “e`tibor yo`q” deb bo`lmaydi.
Faqatgina, biz bu imkoniyatlardan oqilona foydalana olishimiz kerak, xolos. Jumladan, ba`zi
viloyatlarda ayollarni sport bilan shug`ullanishlari uchun turli xildagi oilalararo tashkillashtirilgan sport
musobaqalari ham o’tkazildi. Bunda oila a`zolari soni teng bo’lib, ya`ni ota-ona ikkita bolasi
bilan
chiqadi. So`ngra bir necha oilalar o`rtasida shartlar asosida musobaqalar uyushtiriladi. G`olib bo`lgan
oila mukofotlanadi. Bunday mahallalararo o`tkazilgan musobaqalar, albatta, o`zining samarasini berdi.
Bunday ko`rsatuvlardan so`ng boshqa oilalar ham oilaviy sport bilan shug`ullana boshlashdi. Aslini
olganda bu ko`rsatuvda maqsad ham bitta bo`lgan, ya`ni oilalarni bittagina a`zosi emas, balki barchasini
sport bilan shugullanishga undash edi. Maktabgacha ta`lim, maktab yoshidagi bolalar, kollej,
litsey
yoshidagi qizlarning sportning istalgan sohasi bilan shug`ullanish imkoniyatlari mavjud.Faqatgina
qizlarning sportga bo`lgan qiziqishlarini vaqtida anglab ularga yo’nalishlar berish, qizlarni har
tomonlama qo`llab quvvatlashlash, ularga shu imkoniyatlardan foydlanishlari uchun yo`l
ochib
berishlari kerak. Hozirgi kunda yurtimizning istalgan go`shasiga borsangiz, yoshlar uchun sport
maydonchalari va har xil turdagi sport anjomlari borligiga guvoh bo’lasiz.
Biz yoshlar bu
imkoniyatlardan foydalana bilishimiz kerak. Hozirgi kunda ota-onalar o`z farzandlarini sport bilan
shug`ullanishlari uchun ularni yoshligidanoq sport murabbiylari yoki shifokorlar bilan maslahatlashib
bolaning yoshiga, qobiliyatiga mos sport turiga jalb qilmoqdalar. Bu bolalarni ham jismonan, ham
ruhan kamol topib voyaga yetishlari uchun yaxshi imkoniyatdir. Mamlakatimizda xotin-qizlar sportiga
va ularning salomatligiga ham e`tibor kuchaytirilmoqda. Buning samarasi o`laroq
qizlarimiz
yoshligidan sportning, asosan, badiiy gimnastika, taekvando, kurash, yengil atletika va boshqa ko`plab
turiga qatnashib, nafaqat O`zbekiston chempioni qolaversa, mamlakatlararo o`tkaziladigan
jahon
chempionatlariga ham qatnashib muvofaqqiyatli o`rinlarni egallab kelmoqdalar. Bundan
tashqari,yurishda qiynaladigan (nogiron) qizlarimiz ham sportning aqliy turi bilan shug`ullanib bir
qancha yutuqlarni qo’lga kirityaptilarki,bular tahsinga sazovordir.
Ma’lumki, yurtimizda xotin-qizlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ular o`rtasida
sog`lom turmush tarzini targib etish borasida ahamiyatga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa,
sportning ayollrga xos nafis va nozik turlarini yanada rivojlantirish, sport bilan shug`ullanishni
aholining kundalik hayot tarziga aylantirish va shu orqali
ayollar salomatligini saqlash, ayolda o`z
sog`ligiga bo`lgan masulligini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o`zining amaliy
natijasini bermoqda. Natijada, oilaviy sport, ayollar sporti tobora ommalashib bormoqda. Sportsevar
xotin-qizlar uchun 39 sport turi bo`yicha 35 ming seksiya tashkil qilingan bo`lib, ulardan 3,5 mindan
ziyod xotin-qiz jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug`ullanmoqda.
Ayyolar o`rtasidagi sportning rivoji mustaqillik yillarida sog`lom tuirmush tarzini targ`ib etish,
aholi o`rtasida jismoniy madaniyatni shakillantirish, oilaviy sportni rivojlantirish ayollar va bolalarni,
qishloq joylarida sportni yanada ommalashtirish, ayol murabbiylarni rag`batlantirish
borasida
olamshumul ishlar amalga oshirildi. Umumiy 1,9 mln nafar soni sport bilan shug`ullanayotganm
ayollardan ibiorat, shundan muntaazam shug`ullanayotganlar 680,4 ming nafarni tashkil etmoqda.
Адабиётлар:
1. Ashmarin B.A., Zavyalov L.K., Kuramshin Yu.F. Pedagogika fizicheskoy kulturo':
Uchebnoe posobie dlya studcntov uchebno'x zavedeniy. SPb.; LGOU, 1999.
2. Matveev L.P. Teoriya i metodika jfizicheskoy kulo'turo'. Uchebnik dlya institutov. fiz.
kulturo'. M. FiS. 1991
3. Teoriya i metodika sporta: Ucheb.posobie dlya uchilih olimpiyskogo rezerva g" Pod obkred.
F.P.Suslova, J.K.Xolodova. - M., 1997.