Ўсиб келаётган ёш авлод жисмоний тарбияси ва спортда инновацион технологиялар


O`SMIR QIZLARNI TARBIYALASHDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING ROLI



Download 3,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/312
Sana24.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#191213
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   312
Bog'liq
Инновационные технологии в спорте и физическом воспитании подрастающего поколения (1)

 
O`SMIR QIZLARNI TARBIYALASHDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING ROLI 
Narzullayev F.A., o’qituvchi, Buxoro davlat universiteti, Boxoro, O’zbekiston 
Sharq xalqlarining, ayniqsa hozirgi O‘zbekiston hududlarida yashab o‘tgan xalqning ijtimoiy-
madaniy turmush madaniyati davrlar osha boyib, rivoj topgan. Bularni Abu Ali Ibn Sino, Farobiy, Al-
Xorazmiy, Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy va boshqa juda ko‘p mutaf-fakkir 
olimlarning hayoti hamda ularning qoldirgan ilmiy meroslaridan bilish mumkin. Ularda xotin-qizlar 
timsoli g‘oyat ulug‘langan va go‘zalliklari, iffat va axloqlari badiiy jihatdan tavsiflangan. Ajdodlarimiz 
haqidagi afsonalar, tarixiy manba’lar va ilmiy tadqiqot-larning natijalariga asoslanilsa, xotin-qizlar 
erkaklar va yigitlar bilan ijtimoiy mehnat, ov va turli marosimlarda teng ishtirok etishgan. «Avesto», 


Ўсиб келаётган ёш авлод жисмоний тарбияси ва спортда инновацион технологиялар 
Халқаро иштирокчилар ҳамкорлигида республика илмий-амалий анжумани материаллари
 
119 
«Alpo-mish», «Go‘ro‘g‘li», «To‘maris», «Qirq qiz» kabi tarixiy asarlar va xalq og‘zaki ijodi 
qahramonlarini eslashning o‘zi bunday dalillarni isbotlab beradi. 
Respublika Prezidenti va hukumatning tashabbuslari hamda bevo-sita g‘amxo‘rliklari tufayli 
«Sog‘lom ona-sog‘lom bola», «Sog‘ tanda-sog‘lom aql», «Barkamol avlod tarbiyasi» kabi muhim 
shiorlar ostida turli-tuman madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etilmoqda. Ular-ning negizida 
asosan, xotin-qizlarning salomatligi, madaniy turmush farovonligini oshirish, o‘quvchi va talaba 
qizlarning kasb-hunar egal-lashlari, sog‘lom turmush tarzini qurishlari kabilaryotadi. Ommaviy axborot 
vositalari, teleradio va ulkan sport inshootlarida xotin-qizlar faoliyati, ularning jismoniy tarbiya va 
sportdagi yutuqlari doimo o‘z ifodasini topmoqda. Ta’kidlash lozimki, umumta’lim maktablari, 
akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, turli xil o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan 
qariyb 6 mln. yoshlarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etadi. Ularning 75-80% esa mahalliy 
millat vakillaridir. Lekin ular orasida jismonan zaif, kasalmand, tug‘ma nogironlar ham bor. Jismoniy 
tarbiya darslarida muntazam shug‘ullanuvchilarning 50-60% dastur talablarini o‘z vaqtida o‘zlashtira 
olmaydi yoki keyinchalik ham to‘la bajara olishmaydi. Barcha turdagi o‘quv yurtlarida tashkil etilgan 
sport to‘garaklarida muntazam shug‘ullanuvchilar umumiy qizlar soniga nisbatan 5-10 % dan 
oshmaydi. «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» va boshqa turli sport musobaqalarida 
faol ishtirok etuvchi xotin-qizlar soni 25-30% atrofidadir. Ayniqsa «Alpomish» va «Barchinoy» 
maxsus testlari talablari bo‘yicha tayyorgarlik mashg‘ulot-lari hamda musobaqalarida bevosita 
qatnashayotganlar soni va sifati (texnik natijalar) qanoatli darajada emas edi. Keyingi yillarda sportni 
rivojlantirishga qaratilgan katta e’tibor tufayli mamlakatimiz ayollari bu sohada qizgin jalb etiladi. 
Hozir kurash, suzish, gimnastika, engil atletika, ayniqsa sharqona yakka kurashlar, tennis, voleybol 
hatto futbol jamoalarida, sport maktablarida shug‘ullanayotgan o‘zbek qizlari ko‘p. 
Masalan, Iroda To‘laganova (katta tennis), Saida (Suvda suzish), Yulduz Hamroqulova 
(shohmot) va b.q. ko‘plab iste’dodli sportchi qizlar Osiyo va Jahonga tanilgandir. Shuningdek, 
mustaqillik yillariga-cha O‘zbekistonda keng tanilgan Rixsi Qoziyeva (gimnastika, jismoniy madaniyat 
tarixi), Ozoda Rixsiyeva (stol tennisi, sport tibbiyoti), Klara Shokirjonova (Rahimjonova, yengil 
atletika) kabi ayollar ham sport va sport fanlari olamida katta xizmat qilib kelayotgan olimlardir. 
Hozirgi Olimpiya o‘rinbosarlari kollejlari, sport maktablari, jismo-niy tarbiya fakultetlarida tahsil 
olayotgan qizlarimiz yuqorida nomlari qayd etilgan olimlar izidan borishga harakat qilishlari lozim. 
Qolaversa, barcha turdagi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o‘quv yurtlarida ta’lim 
olayotgan o‘zbek qizlari ham jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari, o‘z 
salomatliklarini saqlash yo‘llarini chuqur o‘rganib olishlari lozim. 
Аdаbiyotlаr: 
1.Аbdullаеv А., Хоnkеldiеv SH. Jismоniy mаdаniyat nаzаriyasi vа mеtоdikаsi Tоshkеnt., O’z DJTI, 
2005 yil - 300 b 
2.Аbdullаеv А., Хоnkеldiеv SH. Jismоniy mаdаniyat nаzаriyasi vа mеtоdikаsi Tоshkеnt., O’z DJTI, 
2005 yil - 300 b 
3. Аshmаrin B.А. Tеоriya i mеtоdikа fizichеskоgо vоspitаniya.- Mоskvа., “Prоsvеshеniе”, 1990, 289 
str.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish