Issiqlik almashinish usullari. Issiqlik o’tkazuvchanlik.
Reja:
Issiqlik o’tkazuvchanlik.
2. Ko’p qatlamli Issiqlik o’tkazuvchanlik.
Tayanch so’z va iboralar:
Issiqlik o’tkazuvchanlik, Furьe qonuni, Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti, birligi, harorat maydoni, Issiqlik oqimi, Issiqlik zichligi, qatlam, bir qatlamli Issiqlik o’tkazuvchanlik, ko’p qatlamli Issiqlik o’tkazuvchanlik.
7.1. Issiqlik o’tkazuvchanlik
Issiqlikning temperaturasi yuqori bo’lgan jism sirtidan temperaturasi pastroq bo’lgan jismga o’tish hodisasi Issiqlikning uzatilishi deyiladi. Termodinamikaning ikkinchi qonuniga muvofiq bu hodisa o’z-o’zidan sodir bo’ladi, ya’ni Issiqlik issiqroo’ jismdan sovuqroq jismga o’tadi. Bunda Issiqlik oqimining vektori T2 dan T1 ga yo’nalgan bo’ladi, chunki T2>T1. Issiqlik hamma turdagi muhitda (suyuq, qattiq gaz, vakuum) tarqaladi. Natijada issiq jism soviydi,sovuq jism isiydi. Bunday hodisa Issiqlik almashinuv deyiladi. Demak hamma jismlarda Issiqlik energiya shaklida,jismni tashkil etgan zarrachalarning harakati hisobiga uzatiladi.Bunday hodisa Issiqlik o’tkazuvchanlik deyiladi. Issiqlik o’tkazuvchanlik jismlar o’rtasida temperaturalar farqi bo’lganda muhitda uzatiladi. Bunday Issiqlik o’tkazuvchanlikda Issiqlikni zarralar va molekulalar tashiydi, deb qaraladi. Issiqlik tashuvchi agent jism ichida, uning qismlari orasida, o’zaro tegib turgan issiq va sovuq jismlar orasida harakatlanadi deb faraz qilinadi.
Uzatilgan Issiqlik miqdori tegib turgan sirt kattaligiga va Issiqlikning o’tish vaqtiga bog’liq bo’ladi. Bu kattalik Issiqlik oqimining quvvati deyiladi va u SI o’lchov birligi sistemasida j/s, ya’ni Vt da o’lchanadi.
Hamma nuqtalarda temperaturasi bir xil (Tqconst) bo’lgan sirt izotermik sirt deyiladi. Temperatura maydonining vektori izotermik sirtga tik yo’nalgan bo’ladi. Temperaturaning eng katta o’zgarishi normal (tik) yo’nalishda kuzatiladi. Izotermik sirtga tik tushirilgan normal bo’yicha temperatura o’zgarishining nmasofaga nisbati temperatura gradienti deyiladi,ya’ni
(7.1)
Fransuz olimi Furьe qonuniga muvofiq Issiqlik o’tkazuvchanlik bo’yicha uzatilgan Issiqlik oqimi zichligining vektori temperatura gradentiga mutanosib:
(7.2)
bunda - jismning Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsenti (Vt/mk);
- koeffitsent moddalarning Issiqlik o’tkazuvchanlik xossasini ifodalaydi, tenglamadagi ”minus” ishorasi esa Issiqlik oqimi bilan temperatura gradienti vektorlarining yo’nalishlari qarama-qarshi ekanligini bildiradi, ya’ni temperaturaning eng katta pasayishi tomonga yo’nalganligini anglatadi. Issiqlik oqimining zichligi qn istalgan biror yo’nalishdagi qn vektori bilan normal o’rtasidagi burchak ko’paytmasiga teng;
(7.3)
Ma’lumki, gradTcosq asosida yozamiz:
(7.4)
Elementar dS yuzadan o’ta perpendikulyar yo’nalishda o’tadigan Issiqlik oqimi quyidagiga teng bo’ladi:
(7.5)
Bu ifodani integrallab istalgan S yuzasidan o’tayotgan to’liq Issiqlik oqimini aniqlash mumkin:
(7.6)
Moddalarning Issiqlik o’tkazuvchanligi turlicha va o’z navbvatida, ularning Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsenti keng oralig’idagi kattaliklarni qabul qiladi.
maydoni bir o’lchamli, temperatura gradienti esa sK/Nx ga teng
14,2- rasm. YAssi bir katlamli devor
2- Devorning Issiqlik o’tkazuvchanligi
Devor orqali o’tadigan Issiqlik oqimining zichligini topamiz va temperaturaning devor qalinligi bo’yicha o’zgarish xarakterini aniqlaymiz.
Devor ichida ikkita izotermik sirt bilan chegaralangan, qalinligi ix bo’lgan elementar ^atlamni ajratamiz. Bu qatlam uchun Furьe tenglamasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
O’zgaruvchilarni bir-biriga bo’lib, quyidagini olamiz:
Bu tenglamani integrallasak,
Integrallash doimiysi S chegaraviy shartlardan aniqlanadi.
Binobarin, tenglama quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
Bu tenglamadan ko’rib chiqilayotgan devor orqali o’tuvchi Issiqlik oqimining zichligini aniqlash mumkin. (14-6) tenglamaga x q8 qiymatni qo’ysak bundan
YAssi devorda Issiqlik oqimining zichligi Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti X ga. temperaturalar farqi (tt—t2) ga to’g’ri proporsional va devor qalinligi 8 ga teskari proporsional bo’ladi. SHuni nazarda tutish kerakki, Issiqlik oqimi temperaturaning absolyut qiymati bilan emas, balki ularning farqi— Issiqlik bosimi bilan aniqlanadi. YAssi devorning Issiqlik o’tkazuvchanligini hisoblash formulasidir. U to’rtta kattalikni o’zaro bog’laydi:
Istalgan uchta kattalikning qiymatini bilgan holda To’rtinchisini hamma vaqt topish mumkin. X/8 nisbat devorning Issiqlik o’tkazuchanligi deyiladi; uning o’lchamligi g’vt|(m2•grad)g’.
Agar (14-7) tenglikni boshqacha ko’rinishda yozsak, quyidagicha bo’ladi:
Devor qalinligining Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsientiga nisbati 8/*. devorning termin qarshiligi. deyiladi.
(14-8) tenglikdan ko’rinib turibdiki, nisbiy Issiqlik oqimi temperaturalar farqiga to’g’ri proporsional va devorning termik qarshiligaga teskari proporsional. Haqiqatan ham (14-8) tenglamada kasrning maxraji, ya’ni 8/X qanchalik katta bo’lsa, Issiqlik oqimining zichligi d shunchalik kichik bo’ladi. Demak, devorning qalinligi 8 ortishi yoki Issiqlik o’tkazuvchanligi kamayishi bilan Issiqlik oqimining zichligi q kamayadi.
(14-7) formuladan Issiqlik oqimining zichligini topib, devorning yassi sirti /τ orqali -s vaqt ichida uzatilgan umumiy Issiqlik miqdori 0 ning joullarda ifodalangan qiymatini topish mumkin:
Agar (14-6) formulaga (14-7) formuladan q ning qiymatini keltirib qo’ysak, temperatura egri chizirining tenglamasini olish mumkin:
YAssi ko’p qatlamli devor. Amalda Issiqlik o’tkazuvchanligi turlicha bo’lgan materiallardan yasalgan bir necha qatlamli
Bu tenglama to’g’ri chiziq tenglamasi deyiladi. SHunday qilib, Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsientining qiymati o’zgarmas bo’lganda temperatura bir jinsli devor qalinligi bo’ylab chizig’iy o’zgaradi. Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti temperaturaga bog’liq bo’lgan hollarda u o’zgaruvchan kattalik hisoblanadi va hisoblash formulalari birmuncha murakkab bo’ladi
YAssi devor orqali Issiqlik uzatish protsessining ahamiyati ancha muhim. Masalan, bug’qozonining tashqi tomonidan shlaklar bilan, ichki tomonidan esa quyqa bilan qoplangan metall devori uch qatlamli devor bo’ladi.
YAssi uch qatlamli devor (14.3-rasm) orqali Issiqlik o’tkazuvchanlik yo’li bilan Issiqlik uzatilish protsessini kurib chiqamiz. Bunday devorning barcha qatlamlari bir-biriga zich yopishib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |