14.4- rasm. silindrik bir qatlamli devor
Silindrik devor. Issiqlik mashinalari va Issiqlik almashinuv apparatlari devorlarining sirtlari, ko’pincha,konsentrik joylashgan ikkitassilindrik sirt (trubalar, apparatlarning korpuslari, dvigatellarningssnlindrlari
va shunga o’xshashlar) bilan chegaralangan bo’ladi.ssilindrik devorda ham Issiqlik o’tkazuvchanlik yo’li bilan Issiqlikning uzatilishi yassi devordagi Issiqlik uzatilishi qonunlari bo’yicha amalga oshadi. Bu erda farq faqat shundaki, yassi devorda sirtlarning yuzasi bir xil bo’ladi,ssilindrik devorda esa ichki sirtning yuzasi tashqi sirtning yuzasidan doimo kichik bo’ladi.ssilindrning devori qanchalik qalin bo’lsa, ya’ni tashqi va ichki diametrlari orasidagi farq qanchalik katta bo’lsa, tashqi va ichki sirt yuzalarining farqi ham shunchalik katta bo’ladi.
14.4- rasmda uzunligi / bo’lgan truba bo’lagi ko’rsatilgan. Trubaning tashqi va ichki sirtlarining temperaturalari tegishlicha t1 va t2. Temperatura radial yo’nalishda kamayadi. Issiqlik oqimi 0 ichkaridan tashqariga tomon truba sirtiga normal bo’yicha (uning kesimlari radiuslari bo’ylab) yo’nalgan. Uning qiymati devorning barcha qatlamlari uchun bir xilligicha qoladi. Trubaning tashqi va ichki diametrlari tegishlicha d1 va d2 ga teng.
YAssi devor uchun chiqarilgan Furьe formulasidan (14-4) foydalanish uchun devor ichida radiusi r va qalinligi dr bo’lgan elementarssilindrik qatlam ajratamiz. U holda ajratilgan shu qatlamni yassi devor sifatida qarash mumkin. Uning t vaqt ichida 0 miqdor issiqligi o’tadigan chekka sirtlarini uning yuzasiga teng, ular orasidagi temperaturalar farqi dt ni esa cheksiz kichik deyish mumkin.
Elementar qatlam uchun (14-4) formula quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
Trubaning uzunligini / bilan belgilaymiz, u holda Furьe formulasida R qiymatni 2πr ifoda bilan almashtirish mumkin. Truba uzunligining 1 metriga nisbatan olingan solishtirma Issiqlik oqimi q' ni topamiz:
Tenglikni integrallab va qator o’zgartirishlar kiritib,ssilindrik devordan o’tuvchi Issiqlik oqimini (truba uzunligining 1 m ga nisbatan) aniqlash formulasini olamiz;
Trubaning uzunlik birligiga nisbatan olingan Issiqlik oqimi Issiqlik oqimini.ng chizig’iy zichligi deyiladi. (14-15) tenglikning o’ng qismidagi kasrning maxraji chizig’iy termin qarshilik deyiladi va Rλ bilan belgilanadi:
(14-16) formuladan ko’rinib turibdiki,ssilindrik devor uchun termik qarshilik RλI n.i aniqlash ancha murakkab. SHu sababli taqribiy hisoblash uchunssilindrik devorning termin qarshiligi yassi devorning ancha oddiy formulasi bilan aniqlanadi:
Diametrlar nisbati d2/d1 qanchalik kichik bo’lsa, termik qarshilikni soddalashtirilgan formula (14-17) bo’yicha hisoblashdagi xato shunchalik kam bo’ladi. d2/d1q2 bo’lganda (14-17) formula xatosi 4% ga teng bo’lishi, d2/d1q1,5 da esa xato 1,4% gacha kamayishi aniqlangan.
Odatda trubali Issiqlik almashinish apparatlarida truba diametrlarining nysbati 1,5 dan katta bo’lmaydi. SHuning uchun bunday hollarda Issiqlik o’tkazuvchanlikni hisoblashda yassi devor formulalaridan foydalanish mumkinganda, konvektiv Issiqlik almashinuvi bir vaqtning o’zida ikki usul: konveksiya va Issiqlik.o’tkazuvchanlik nuli bilan amalga oshiriladi.
Daraqatlanuvchi muhit va uning boshqa muhit (qattiq jism, suyuqlik yoki gaz) bilan chegara sirti orasidagi konvektiv Issiqlik almashinuvi Issiqlik berish deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |