VIII bob.
MODDA AGREGAT HOLATINING O'ZGARISHI
ч
M odda tuzilishining m olekulyar-kinetik nazariyasi faqat m od-
dalam inggaz, suyuq va qattiq holatlarda bo'la olishini tushuntiribgina
qolm asdan, balki ularning bir agregat holatdan boshqa agregat
holatga o'tishini ham izohlab beradi. Quyida biz m oddalarning bir
holatdan boshqa holatga o'tishi bilan bog'liq b o'lgan hodisalarni
ko'rib chiqam iz.
122- §. M oddaning suyuq holati
M oddalar uch agregat (gaz, suyuq, qattiq) holatda bo'lib,
ularning fizik xususiyatlari holat param etrlari o'zgarishi bilan bir-
biriga o'xshash bo'lishi ham yoki tubdan farq qilishi ham mum kin.
S uyuqliklarning boshqa agregat holatlardan farq qiluvchi eng
m u him xususiyatlari quyidagilardir:
1.
N orm al sharoitda gaz molekulalari orasidagi masofa ularning
o'lchamlariga nisbatan juda katta bo'lib, zichligi kichik va siqiluvchan
b o 'lad i, ya’ni gaz m olekulalari orasidagi o 'z a ro tortishish kuchi
juda kichik bo'lganligidan u o'zi solingan idish hajmini to'la egallaydi
va idish shaklini oladi.
Suyuqlik molekulalari esa bir-biriga juda yaqin joylashgan bo'lib,
ular orasidagi o 'z a ro ta ’sir kuchi gaz m olekulalari orasidagi o 'zaro
ta ’sir kuchidan b ir necha yuz m arta katta bo'ladi. Suyuqliklarning
zichligi gazlar zichligidan an ch a katta, binobarin, ular juda kam
siqiluvchandir. Shuning uch un suyuqlik gaz kabi o 'zi quyilgan
idish shaklini olsa-da, lekin qattiq jism kabi o 'z hajmiga ega bo'ladi.
G azlarda m olekulalar betartib harakatda b o 'lad i, ular tartibsiz
joylashgan. Q attiq jism da molekulalar o 'z muvozanat holati atrofida
faqat te b ra n m a h ara k a t q ilad i, q a ttiq jism m o lek u lalarin in g
joylashishida aniq tartib m avjuddir.
366
Suyuqlik m olekulalari q attiq jism m olekulalari kabi zich
joylashgan b o 'lsa-d a, uning ixtiyoriy idish shaklini cgallashi, ya'ni
oquvchanligi suyuqlik m o lek u lalarin in g (gaz m olckulalaridek
b o 'lm a sa -d a ) o z m i-k o ‘pm i b ir-b irig a n isbatan erkin h arakat
qilishini ko‘rsatadi. Shunday qilib, gaz holat (molekulalari tartibsiz
harakatda bo'ladi) bilan qattiq holat (m olekulalar muvozanat holati
atrofida tebranadi) oralig'idagi m o d da holati suyuq holatdir.
2. Tajribalar ko'rsatadiki, suyuqliklarning hajm iy kengayish
koeffitsienti gazlarnikiga nisbatan ju d a kichik bo 'lib, xarakterli
tom oni shundaki, bosim ortishi bilan ham m a suyuqliklar uchun
bu koeffitsient deyarli bir xil b o 'lad i.
3. Suyuqliklarning yopishqoqligi gazlarnikiga nisbatan juda katta
b o'lib, tem peratura ortishi bilan kam ayadi. H ar xil suyuqliklar
u ch un yopishqoqlik koeffitsienti b ir-biridan katta farq qiladi.
M asalan, uy tem peraturasida suvning yopishqoqligi glitserinning
yopishqoqligidan 250 m arta kam dir.
4. Suyuqliklarning o 'zi solingan idish devori bilan chegara-
lan m a g an e rk in sirtga ega b o 'lis h i m u h im x u su siy atlard an
b iridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |