1 27- § . Q aynash
Agar to 'y in g an bug'ning elastikligi tashqi (atm osfera) bosimga
teng bo 'lsa, bug'lanish xarakteri o'zgaradi: b u n d a suyuqlikning
faqat sirtidagina em as, balki b u tu n hajm ida bug'lanish b o 'lad i.
Suyuqlik ichida uning sirtiga qalqib chiqadigan va yoriladigan bug'
pufakchalari hosil b o 'la boshlaydi. Bunday intensiv bug'lanish
jarayoni qaynash deyiladi. Suyuqlikning pufakchalar hosil qilib
qaynashini quyidagicha tu sh untirish m um kin.
A niqlanishicha, gazlar suyuqlikda eriydi. Jum ladan, suvning
ichida ham m a vaqt havo bo'ladi. Suyuqlikning temperaturasi ortganda
gazning eruvchanligi kam ayadi.
Shuningdek, qattiq jism sirt qatlamidagi m olekulalar atrofidagi
gaz (havo) m olekulalarini o 'zig a tortadi (tutinish kuchlari tufayli)
va ularni q attiq jism sirtida m ustahkam ushlab turadi. Q attiq jism
sirt qatlamidagi molekulalarga gaz molekulalarining tortilib ushlanib
turishi adsorbsiya deyiladi, q attiq jism sirti bilan bog'liq bo'lgan
gaz esa adsorbsiyalangan gaz deyiladi. D em ak, suyuqlik solingan
idish devorlarida har doim adsorbsiyalangan havo bor, deyish
tabiiydir.
A na shunday idishga suv solib isitaylik, b u n d a suvdagi erigan
havo adsorbsiyalangan havoga qo'shilib, idishning yon devorlarida,
tubida m ayda pufakchalar hosil qila boshlaydi. Bu pufakchalar suv
bilan o'ralganligi tufayli, ular ichida havodan tashqari suv bug'lari
h a m b o 'l a d i . S u v n in g te m p e r a t u r a s i o r tg a n sa ri m a y d a
pufakchalam ing o'zaro qo'shilishi ham da pufakchada bug'lanadigan
suv m olekulalarining soni ortib borishi sababli ularning hajmi
k a tta la sh ib b o ra d i. P u fa k c h a la m in g h ajm i shu d a ra ja g a c h a
k a tta la sh a d ik i, b u n d a suv to m o n id a n u la rg a k o 'rsa tila d ig a n
A rx im ed k u ch i d ev o r b ilan p u fa k c h a la r o ra sid a g i tu tin is h
kuchidan katta bo'lib qoladi, natijada pufakchalar devordan uzilib,
asta-sekin shig'illab (,,kuy“ chiqarib), yuqoriga, suv sirtiga chiqa
boshlaydi, suyuqlik qaynay boshlaydi.
Suyuqlik to'yingan bug'ining elastikligi suyuqlik sirtiga bo'layot-
gan ta sh q i bosim ga ten g b o 'lg a n d a g i te m p e ra tu ra qaynash
temperaturasi deyiladi, chunki shu te m p eratu rad a suyuqlik qay-
naydi. Suyuqlikning qaynash tem peraturasi tashqi bosimga bog'liq
b o 'ladi. N orm al bosim da suyuqlikning qaynash tem peraturasi
qaynash nuqtasi deyiladi. Turli suyuqliklarning qaynash nuqtasi
turli qiym atga ega bo'ladi. M asalan, suvning qaynash nuqtasi 373
К ga, skipidarniki 430 К ga, sim obniki 630,5 К ga teng va
hokazo. B undan tashqari, qaynash tem peraturasi suyuqlikning
tarkibidagi aralashm alarga ham bog'liq. O d atd a, aralashm alar
konsentratsiyasi ortganda qaynash tem peraturasi ko'tariladi.
Suyuqlikdagi pufakchalar bug' hosil bo'lish m arkazlari rolini
o'ynaydi, bu m arkazlar bo'lm asa, qaynash jarayoni boshlanm aydi.
S huning uch u n bunday m ark azlar b o 'lm a g a n d a suyuqlikning
qaynay boshlaydigan tem p eratu rasi qaynash tem p eraturasid an
baland bo'ladi. Bunday suyuqlik о ‘ta qizigan suyuqlik deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |