156- rasm.
157- rasm.
jism ni aylanib oqayotganida unga ta ’sir qiladigan kuchlar y ig 'in
disi nolga teng bo'lm aydi.
Bunga ish onch hosil qilish u ch u n , faraz qilaylik, cheksiz
uzun yarim silindrni (sim m etriyaga ega em as) suyuqlik aylanib
o'tayotgan bo'lsin (156- rasm). Oqim chiziqlari jism ning С sirtiga
parallel bo'ladi va unga ta ’sir qiladigan bosim pc statik bosimga teng
bo'ladi. Jism ning В nuqtasiga yaqin sirtiga ko'rsatilayotgan p B
bosim kichikroq bo'ladi, chunki silindrning В sirti tom onida oqim
tezligi kattalashadi. D em ak, pc > p n b o 'lad i. Bu hoi noldan farqli
F natijaviy kuchni yuzaga keltiradi. F kuch qo'zg 'atilm ag an
oqim chiziqlariga tik yo'nalgan bo'lib jism ni shu yo'nalishda silji-
tishga intiladi.
Agar qovushoq suyuqlik no sim m etrik jism ni aylanib oq a-
yotgan bo'lsa, jism ga ta ’sir qilayotgan kuch F oqim chizig'iga tik
bo'lm aydi, chunki qovushoqlik tufayli vujudga keladigan qarshilik
kuchi bu kuchga qo 'sh ilad i ( 1 5 7 - rasm ). N atijaviy F ku ch n i
ikkita tashkil etuvchiga-ajratish m um kin. U lardan biri Fpq kuch
oqim b o 'y ich a yo'nalgan b o'lib, peshana qarshilik deb ataladi,
ik k in ch isi Fk ku ch o q im c h iz iq la rig a tik y o 'n a lg a n b o 'lib ,
ko'tarish kuchi deyiladi. Sam olyot qan o tin in g ishi shu k u ch lar
ning mavjud bo'lishiga asoslangan.
S am olyotni havoda k o 'tarib turuvchi kuch bu uning q an o tla-
riga ta ’sir etuvchi kuchdir. Peshana qarshilik samolyot uchishiga
zararli ta ’sir ko'rsatadi. Sam olyotning qanotiga va fyuzelyajiga
suyri shaklni berib, peshana qarshilikni kam aytiriladi. Peshana
278
qarsh ilik ni p a rrak n in g to rtish kuchi yengadi. Agar k o 'ta rish
kuchi sam olyotning og'irligidan katta b o 'lsa, sam olyot havoga
ko'tariladi. Shu m aqsadda qanotning profili (tik kesimi) yetarli
kattalikda ko'taruvchi kuch yuzaga keltiradigan qilib yasaladi.
S am olyot qan oti k o 'ta rish ku ch inin g nazariyasini birinchi
m arta rus o lim i, aero d in am ik an in g asoschisi N .E . Jukovskiy
ishlab chiqqan.
Takrorlash uchun savollar
1. Oqim chiziqlari deb nimaga aytiladi? Oqim nayi deb-chi?
2. Suyuqlikning barqaror harakati nimasi bilan xarakterli?
3. Suyuqlikning lam inar oqimi deganda nimani tushunasiz?
Turbulent oqimi deganda-chi?
4. Uzluksizlik tenglamasini yozing va fizik mazmunini tushuntiring.
5. Bernulli tenglamasini yozing. Bu tenglamaning ta’rifini bering.
6. Bernulli tenglamasini havo oqimiga qanday sharoitda tatbiq etish
mumkin?
7. Ichki ishqalanish kuchlari qanday yuzaga keladi?
8. Ichki ishqalanish kuchlari uchun Nyuton qonunini yozing va
tushuntiring.
9. Puazeyl qonunini yozing va tushuntiring.
10. Puazeyl formulasini yozing. Bu formuladan foydalanib tajribada
qanday fizik kattalikni aniqlash mumkin?
11. Jism qovushoq suyuqlik ichida harakatlanganda vujudga keladigan
qarshilik kuchining ikki sababini tushuntiring.
12. Stoks formulasini yozing va tushuntiring.
13. Nima uchun samolyotning fyuzelyaji (korpusi) va qanotlari suyri
shaklda quriladi?
14. Samolyot qanotining ko'tarish kuchini tushuntiring.
M asala yechish nam unalari
Do'stlaringiz bilan baham: |