6-sinf uchun kichik guruhlar bilan ishlash metodi asosiida tashkil qilingan darsning ishlanmasi.
Mavzu: So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.
I. Darsning maqsadi: O‘quvchilarga 5-sinfda o‘tilgan so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari haqidagi bilimlari mustahkamlanadi, ularda so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlarini farqlash yuzasidan ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi.
II. Asosiy tushuncha va atamalar: So‘zlar, shakl va ma’no munosabati, ma’nodosh so‘zlar, zid ma’noli so‘zlar, paronimlar, shakldosh so‘zlar, uyadosh so‘zlar.
O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi:
Metod: Kichik guruhlar bilan ishlash, “Aqliy hujum” texnologiyasi.
Shakl: Guruhlarda ishlash.
Usul: Savol-javob, darslik bilan ishlash, mashq, musobaqa.
Vosita: Darslik, plakat, jadvallar, kompyuter, tarqatma materiallar.
III. O‘tilgan darsni takrorlash va uyga vazifani so‘rash:
Topshiriq: Uyga berilgan 27-mashq tekshiriladi. Rasm asosida “Kuzda” mavzusida matn tuzish va unda ko‘chma ma’noli so‘zlardan foydalanish talab qilingan. O‘quvchilardan bu vazifalar so‘ralib bo‘lingandan so‘ng, ular “Aris-tokrat”, “Intellekt” va “Everest” guruhlariga taqsimlanadi.
SHAHZOD_______________IV. Yangi mavzuning bayoni: Yangi mavzuni o‘rganish “Bilimlar oroliga sayohat” o‘yini bilan boshlanadi. O‘qituvchi orol manzarasi, ya’ni uchta kema, daraxtlar, qirg‘oq va dengiz tasviri tushirilgan plakatni doskaga ilib qo‘-yadi. Uch guruhga bo‘lingan o‘quvchilar o‘z kemalarida bilimlar oroliga sayo-hatga chiqadilar. Oroldagi “Savol-javob” va “Davom ettir” bekatlarida to‘xtab, undagi shartlarni bajarish lozim. Birinchi bekat: “Savol-javob” deb nomlanadi. O‘quvchilar berilgan savollarga guruh bilan kelishgan holda javob beradilar.
Savollar quyidagicha:
1. Sinonim so‘zlar deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring.
2. Qanday so‘zlarni antonim so‘zlar deymiz? Misollar keltiring.
3. Omonim so‘zlarga ta’rif bering va misollar keltiring.
Savollarga to‘g‘ri javob bergan guruh ikkinchi bekatga yo‘l oladi. Bu bekatda o‘quvchilar bosh qismi berilgan maqollarning, qolgan qismini mustaqil ravishda topishlari kerak.
Maqollar:
1. Avval o‘yla, … … (keyin so‘yla)
2. Baxilning bog‘i … (ko`karmas)
3. Dangasaning ishi bitmas, … … (yoz kelsa ham qishi bitmas)
4. Do‘sting ming bo‘lsa ham oz, … … (dushmaning bir bo‘lsa ham ko‘p)
5. Do‘stsiz boshim- … … (tuzsiz oshim)
6. Ota-ona … … (oltin qanot)
7.Yaxshilik qilsang yashir, … … (yaxshilik ko‘rsang oshir)
8.Yaxshi niyat- … … (yarim mol)
9. Yaxshi so‘z jon ozig‘i, yomon so‘z- … … (bosh qozig‘i)
Bekatlardagi shartlarni a’lo darajada bajargan guruh g‘olib deb e’lon qilinadi va rag‘batlantiriladi.
“Ilmga parvoz” o‘yinidan foydalaniladi. Bunda o‘qituvchi havo sharining maketini yasab, sinfga olib kiradi. Unda to‘rt tomon mavjud. 1-to-monida kirish eshigi bor bo‘lib, qolgan uch tomoniga konvertlarga joylash-tirilgan uchta shartning nomi yoziladi. Shartlarda test savollari berilgan bo‘lib, har bir guruh quyidagi bekatlarda uchtadan shartni bajarishlari kerak: 1-bekat: “O‘zingni sinab ko‘r”; 2-bekat: “Boshqotir”; 3-bekat: “Kamalak jilosi”. “O‘zingni sinab ko‘r” bekatida quyidagi test savollari beriladi:
1.Sinonim so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) yorishmoq-ochilmoq, naf-ziyon
B) xursand-xushvaqt, yaroqli-layoqatli
D) sayoz-chuqur, xulq-axloq
2. Qaysi qatorda o‘zaro antonym so‘zlar berilgan?
A) yangi-eski, to‘g‘ri-egri
B) tejamkor-isrofgar, g‘alaba-zafar
D) tayyor-muhayyo, jahl-g‘azab
3. Takabbur-kamtar so‘zlari o‘zaro …
A) sinonim
B) omonim
D) antonim xulq-axloq
Do'stlaringiz bilan baham: |