1.1. Leksikologiyaga oid bilimlarni o‘qitish muammosining ilmiy-metodik adabiyotlarda yoritilishi
Leksikologiya bo‘limini organish o‘zbek tilini o‘qitishning muhim qismidir. Azal-azaldan tilshunoslar va metodist olimlar ta’lim jarayonida leksikologiya va uning mavzularini o‘rganishga doir qator ilmiy ishlar monografiyalar yaratishgan. Leksikologiya bo‘limi ta’limda qator murakkabliklar keltirib chiqayotgan ham bejiz emas. Leksikologiyaning asosiy muammolaridan biri so‘zning mustaqil til birligi sifatida mavjudligi masalasidir. Leksikologiyada so‘zlarning ma’no jihatdan o‘zaro bog‘langan, ya’ni monosemiya, polisemiya, sinonimiya, antonimiya, so‘z ma’nolarining erkin yoki bog‘liq holda bo‘lishi kabi masalari ham o‘rganiladi. Leksika muayyan bir tizim sifatida ko‘rilganda, so‘z ma’nolari va tushuncha-larning o‘zaro bog‘liq holda bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Leksikologiya lug‘at tarkibi-ning amalda ishlatilishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini, so‘zlarning uslubiy jihatdan tasnifiy tamoyillarini ishlab chiqadi. Shuningdek, so‘zlashuv va adabiy tillarda foydalanish me’yorlarini, prefessionalizm, dialektizm, arxaizm, neologizm, leksi-kalashgan so‘z birikmalarini me’yorlashtirish kabi masalalarni tahlil etadi hamda bular haqida muayyan xulosalar chiqaradi.6 O‘zbek tilshunosligida ham leksiko-logiya bo‘limini o`rganishga doir bir qator tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar olib borilgan va bu ishlar hali-hanuz davom etmoqda. O‘zbek tili leksikasini o‘rganish qadim-qadimdan boshlangan. M.Qoshg‘ariy o‘zining “Devoni lug‘otit-turk” asari-da ilk leksikolog olim sifatida ko‘zga tashlansa, keyinchalik A. Navoiy bu borada dadil qadam tashladi. Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida o‘zbek tili va arab tilining lug‘atini yaratish jarayonida har bir o‘zbekcha so‘zning ma’nolarini ham batafsil berib o‘tadi. A.Navoiyning barcha asarlarida so‘zlar bilan aloqador juda ko‘p manbalarga duch kelish mumkin. O‘zbek tili leksikologiyasining nazariy tahlili esa XX asrda ishlab chiqildi. Bu izlanishlar bevosita Abdurauf Fitrat nomi bilan bog‘liq. Fitrat tadqiqotlari davomida so‘zlarning polisemantik xususiyatlarini, ularning ma’no qirralarini bayon etdi.
O‘zbek adabiy tili leksikologiyasini o‘rganish keyingi davrlarda ham davom etdi. Bu yillar davomidan V.V.Reshetov, H.Sulaymonov, A.Hojiyev, N.Karimov, Sh.Raxmatullayev kabi olimlar leksikologiyani o‘rganishga doir ilmiy ishlar qilishdi. 2 jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” yaratildi. Keyinchalik esa 1 va 4 jildli “Navoiy asarlari lug‘ati”, “O‘zbek xalq shevalari” lug‘ati o‘zbek tilshunos olimlarining mashaqqatli mehnatlari natijasida yig‘ib, o‘rganilib, nashr etildi. Akademik A.Hojiyev leksikologiya, leksikografiya sohalarini o‘rganishga o‘z umrini bag‘ishlagan. Uning 1981-yilda nashr etilgan “O‘zbek tili leksikologiyasi” ilmiy asari bu soha rivojidagi katta yutuqdir. Sh.Raxmatullayev esa “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” asarida leksikologiya bo‘limini o‘rganishga doir barcha nazariy bilimlarni umumlashtirdi, yangi ma’lumotlar bilan boyitdi. Aynan shu olim tomonidan “O‘zbek tili omonimlarining lug‘ati” va “Etimologik lug‘at” ham yaratildi. Bu manbalar leksikologiya bo‘limini o‘rganish va tadqiq etishda ko‘mak-lashadi. Hozirgi kunga kelib ham leksikologiya sohasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Chunki jamiyatdagi o‘zgarishlar eng oldin tilshunoslikning leksikologiya bo‘limida namoyon bo‘ladi. Hozirda tilshunoslikning bu bo‘limi yuzasidan ilmiy izlanish olib borayotgan, fan uchun yangilik qilgan olimlar soni ham talaygina. Masalan, H.Jamolxonov, G.Mahbubova, O.Bozorov, B.Qilichev, Z.Yunusova singari olimlarni alohida e’tirof etish zarur. Leksikologiya sohasi o‘zbek tilshunosligida ham ko‘p bora o‘rganilgan va o‘rganilib kelinmoqda. Ammo bu borada amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar ham talaygina.
O.Oxunjonovaning “Ta’lim bosqichlarida sinonimlar mavzusini o‘qitish metodikasi” nomzodlik dissertatsiyasida o‘rta umumta’limmaktablarining “Ona tili” va akademik litseylarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darslarida sinonimlarga, ya’ni ma’nodosh so‘zlarni o‘qitish-o‘rgatish masalalari batafsil yoritib berilgan7. Mavzuni o‘rgatishga doir bir qancha dars ishlanmalari berilgan bo‘lib, asosan, unda yangi pedagogik texnologiyalarning tatbiqi o‘z ifodasini topgan. Diqqatni tortgan texnologiyalardan biri – bu “Hokimiyat bekati” deb nomlanuvchi o‘yin texnologiyasi hisoblanadi. Unda o‘quvchilardan har bir bekatda to‘xtab, undagi so‘zlarga ma’nodoshlar topish va har bir so‘zdagi ma’no nozikliklarini farqlash talab qilinadi.
Ona tili darslarini samarali tashkil etish masalasi har doim ham yuksak ahamiyat kasb etgan va hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ona tili darslarining samaradorligi masalasi tadqiq etilgan ilmiy tadqiqotlardan biri bu – Sh.J.Yusupovaning “Ona tili ta’limi samaradorligini oshirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish (noan’anaviy usullar va kompyuterdan foydalanish)”8 nomli nomzodlik dissertatsiyasi hisoblanadi. Ishda “Aqliy hujum” metodidan, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘tilgan darslardan namunalar va ularni tashkil qilish yo‘l-yo‘riqlari bayon qilingan. Shuningdek, ishda “Bu bizniki” usulidan foydalanish yo‘llari ko‘rsatilgan.
B.To‘xliyev, Sh.Yusupova, Z.Rayimberdiyevalarning hammuallifligida tayyorlangan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida yuksak ma’naviyatli shaxs tarbiyasi” nomli uslubiy qo‘llanmasi tom ma’noda akademik litsey hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarining tashkil etilishiga bag‘ishlangan9. Uslubiy qo‘llanma, asosan, akademik litseylarning 1-bosqichi mavzularini shaxs kamoloti tarbiyasi bilan bog‘liq holda tashkil etish masalalarini hal qilishga qaratilgan. Undan akademik litseylarning 2- va 3- bosqichi materiallarini ham o‘qitishda bemalol foydalanish mumkin.
A.G‘ulomov, M.Qodirov, N.Alautdinova, M.Enazarova va V.Karimjono-valarning “Ona tili o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasida ham leksikologiyani o‘qitish-o‘rgatish masalalari juda batafsil yoritilgan10. Kitobda, asosan, maktab “Ona tili” darslarida leksikologiyani o‘qitish masalasiga oydinlik kiritilgan. Maktab “Ona tili” dastur va darsliklarida “Leksikologiya” bo‘limiga oid bilimlarning berilishi tahlilga tortilgan. Maktabda “Leksikologiya” bo‘limini o‘qitishdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad o‘quvchilarni o‘zbek adabiy tilining so‘z xazinasiga olib kirish, ularning so‘z zaxirasini oshirish va so‘zdan to‘g‘ri hamda o‘rinli foydalanish malakalarini rivojlantirishdan iboratdir, – uqtiriladi kitobda. Shuningdek o‘quv qo‘llanmada “Leksikologiya” bo‘limini o‘qitishda o‘quvchi-larning so‘z boyligini oshirish va nutqini rivojlantirish imkoniyatlari haqida ham fikr yuritiladi. Ayniqsa, so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolari ustida ishlashga doir fikrlar juda yaxshi tahlil qilingan. Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, kitbda “Leksikologiya” bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarni aqliy faoliyat usullariga o‘rgatish masalasi ham tadqiq qilingan. Aqliy faoliyat usullariga kuzatish, taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish usullarini kiritadi. Ular o‘zaro chambarchas bog‘langan shunday aqliy faoliyat usullaridirki, ta’lim jarayoni ularning barchasini zaruriyatga aylantiradi, – kitobda11.
Leksikologiya haqida suhbat. So‘zning atash ma’nosi. So‘z va so‘zshunoslik. So‘zlarni narsa-buyumlar, belgi-xususiyatlar, miqdor, harakat singari ma’nolarni fodalashiga ko‘ra guruhlarga ajratish. Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar.
So‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosi. So‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolarini qiyoslash, berilgan so‘z birikma.la.rida. so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolarini aniqlash. So‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolari yuzasidan xulosa chiqarish, nasriy va she’riy matnlami o‘qib, undan so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolarini aniqlash; so‘zlarni o‘z va ko‘chma ma’noda qo‘llab gaplar tuzish.
Shakldosh so‘zlar. Shakldosh so‘zlarning badiiy tasvirdagi ahamiyati. Shakldosh so‘zlar lug‘ati va uning tuzilishi. Shakldosh so‘zlarning badiiy san’atdagi o‘rni. Tuyuqlarda shakldosh so‘zlar. Uyadosh so‘zlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |